MAVZU 21. QUTURISHNING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI 1. Mashg’ulotning maqsadi:
Quturishning etiologiyasi, epidemiologiyasi, profilaktikasi va epidemiologik
nazoratini o’rganish.
2.O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy
mashg’ulot va mustaqil ish kafedrada o’tkaziladi.
3.Talabalar quyidagilarni bilishi zarur:
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi, tasnifiy holati va epidemiologik
ahamiyatini.
3.2.Epizootik jarayon rivojlanish mexanizmini.
3.3.Tabiiy va antropurgik o’choqlarni.
3.4.Epidemik jarayon rivojlanish mexanizmi, omillari va ko’rinishlari.
3.4.Antirabik emlash kursini.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma;
4.1. Profilaktik tadbirlar samaradorligi va sifatini baholashni.
4.2.Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni va epidemik jarayon
ko’rinishlarini tahlil etishni.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1.Kirish.
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning bazis bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallar va adabiyotlarni o’rganish.
5.4. Shartli va to’liq antirabik emlash kursini, jarohat sodir qilgan hayvonlar
toifasini muhokama qilish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
Quturishga qarshi tuman sanitariya epidemiologiya nazorati markazining
yillik ish rejasini tuzish.
Axborot uchun ma’lumot
Quturish zoonoz tabiatli, o’ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiruvchi, o’tkir
virusli yuqumli kasallik bo’lib, qo’zg’atuvchining kontakt mexanizm orqali
yuqishi, markaziy asab tizimining shikastlanishi va o’lim bilan xarakterlanadi.
Tarqalganligi: Quturish Avstraliya, Okean va Antraktidadan tashqari barcha
kontinentlarda enzootik hisoblanadi. Ayrim Orol davlatlar (Buyuk Britaniya,
Malta, Yangi Zelandiya, Yaponiya) hududiga kiritilayotgan itlar, mushuklar va
boshqa hayvonlarga nisbatan qatiy kurashish tadbirlari tufayli quturishdan deyarli
xolidir. Shuningdek, quturish Shimoldagi (Norvegiya, Shvetsiya) va Evropaning
Janubidagi (Ispaniya, Portugaliya) qator mamlakatlarda uchramaydi.
Odamlar va hayvonlar o’rtasida quturish tarqalishi haqidagi ma’lumotlarning
taqqoslanishi shuni ko’rsatadiki, hayvonlarda quturish hollarining o’rtacha yillik
ko’rsatkichi Evropa va Janubiy Amerikada yuqoriroq va eng past Afrikada
bo’lgani holda, odamlarning kasallanish ko’rsatkichi Osiyoda yuqoriroq va
Shimoliy Amerikada eng kamdir. Hayvonlar kasallanishini yetarlicha hisobga