217
MAVZU 25. BEZGAKNING EPIDEMIOLOGIYASI,
PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIOLOGIK NAZORATI
1. Mashg’ulotning maqsadi:
Bezgak kasalligining epidemiologiyasi,
etiologiyasi, profilaktikasini hamda
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlari va laboratoriya tekshirish usullarini o’rganish.
2. O’qish joyi va vaqti: 4 soat amaliy mashg’ulot, 2 soat mustaqil ish. Amaliy
mashg’ulot
epidemiologiya kafedrasida, mustaqil ish kafedraning parazitologiya
laboratoriyasida o’tkaziladi.
3. Talabalar quyidagilarni bilishi kerak:
3.1. Kasallikning umumiy tavsifi va bezgakning
tasnifiy ahamiyati va
endemik hududlar, aholining kasallanish darajasini.
3.2. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi va omillari.
3.3. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarning samaradorligini.
3.4. Profilaktik chora-tadbirlar samaradorligini.
3.5. Epidemiologik diagnoz asosida kasallanishni tahlil qilishni.
3.6. Laboratoriya usuli yordamida plazmodiumni aniqlash (qalin tomchi,
yupqa surtma usuli).
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikma:
4.1. Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi va xavfli omillarini tahlil
qila bilishi kerak.
4.2. Laboratoriyada qalin tomchi va yupqa surtma usuli bilan to’g’ri diagnoz
qo’ya bilishi kerak.
5. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
5.1. Kirish.
5.2. Ushbu mavzu yuzasidan talabalarning ba’zi bilimlarini muhokama qilish.
5.3. Axborot uchun mo’ljallangan materiallarni va adabiyotlarni o’rganish.
5.4. Bezgakda bemorlarning va plazmodium tashuvchilarning
epidemiologik
ahamiyati.
5.5. Bezgakning profilaktikasi.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
6.1. Laboratoriya usullarini mukammal o’rganish.
6.2. Bezgakka qarshi yillik joriy reja tuzishni o’rganish.
6.3. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti bezgakni tugatish to’g’risida ishlab
chiqqan reja bilan tanishish.
Dostları ilə paylaş: