64
Qo’zg’atuvchilarning ko’zga ko’rinmas teri orqali o’ta olishi xususiyati tufayli
o’latning bezli shakli insonga infeksiyaning manbai bilan muloqoti orqali ham
yuqishi mumkin.
Bu holat, ya’ni ushbu mexanizm asosan kemiruvchilarni
(yumronqoziq, sug’urlar) ov qiluvchilar, ularning
terilarini qayta ishlovchilar,
kosiblar yoki qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari sifatida qirg’in qilish
paytlarida yuzaga keladi.
O’lat bilan kasallangan tuya so’yilganda, terisi shilinganda, go’shti
nimtalanganda ham bevosita muloqot yo’li bilan odamlarga o’tishi mumkin. Bunda
ifloslangan qo’l
orqali infeksiya konyuktivaga, og’iz va burun shilliq pardasiga
kirishi sodir bo’ladi. Shunday qilib, teri (bubon) o’lati
yuqishining asosiy
mexanizmi - zararlangan burganing chaqishi hisoblanadi.
O’latning profilaktikasida asosan tabiiy o’choqlarda odamlarga infeksiyaning
yuqishiga yo’l qo’ymaslik hamda chet mamlakatlardan infeksiyani olib
kelinmasligiga erishish lozim.
Dostları ilə paylaş: