O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


MAVZU 5. YUQUMLI KASALLIKLAR QO’ZG’ATUVCHILARINI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə43/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

MAVZU 5. YUQUMLI KASALLIKLAR QO’ZG’ATUVCHILARINI
TARQATUVCHI BO’G’IMOYOQLILARNING EPIDEMIOLOGIK
AHAMIYATI. BO’G’IMOYOQLILARGA QARSHI KURASHDA 
DEZINSEKSIYANING MOHIYATI VA UNI TASHKIL QILISH. 
INSEKTITSIDLAR VA REPELLENTLAR, ULARNI QO’LLASH 
USULLARI
I. Maqsad:
1.1. Epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan kanalarning biologiya va
ekologiyasini o’rganish.
1.2. Epidemiologik ahamiyatga molik pashsha, chivin, so’nalarning biologiya
va ekologiyasini o’rganish.
1.3. Burga va bitlarning biologiya va ekologiyasini o’rganish.
1.4. Kana, pashsha, chivin, so’na, burga va bit kabi bo’g’imoyoqlilarga qarshi
kurashish yo’llarini o’rganish.
1.5. Suvarak va qo’ng’ir chumolilar bilan kurash usullarini o’rganish.
1.6. Dezinseksiyaning mohiyati va uni tashkil qilish hamda insektitsidlarni
qo’llash usullarini o’rganish.
2. Darsga ajratilgan vaqt - 4 soat.
3. Darsning rejasi:
3.1. Kirish so’zi va talabalarning boshlang’ich bilim darajasini tekshirish.
3.2. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bo’g’imoyoqlilar morfologiyasini
o’rganish.
3.3. Bo’g’imoyoqlilarni yig’ish usullarini o’rganish.
3.4. Mexanik, fizik, biologik, kimyoviy usullarining bo’g’imoyoqlilarni
qirg’in qilishdagi ahamiyatini o’rganish.
3.5. Kontakt insektitsidlar guruhining umumiy tavsifini o’rganish.
a) DCT - dixlordifeniltrixlormetilmetan moddasining xususiyatlari va
qo’llanish usullari.
b) Geksaxlorsiklogeksan (GXCG, geksoxloran).
3.6. Fosfororganik insektitsidlarni o’rganish:
a) xlorofos
b) dixlofos
v) karbofos
g) metilacetofos
d) metafos
v) trixlofos
3.7. Bo’g’imoyoqlilarga nafas olish organlari orqali ta’sir qiluvchi
insektitsidlarni o’rganish.
a) piretrum kukuni
b) fumigantlar (oltingugurt angidridi, xlorpikrin, metilbromid, cian
birikmalar).
3.8. Ichak orqali ta’sir qiluvchi insektitsidlarni o’rganish (S natriy ftorid,
tanakan, borat kislota).
3.9. Repellentlarni o’rganish (dietiltoluolamid, benzimin, dimetilftalat).



68
3.10. Har xil sharoitlarda dezinfeksiya o’tkazilishini o’rganish. Tarqatuvchi -


bo’g’imoyoqlilarning (kana va boshqa hashorat) ekologiya va biologiyasini
hisobga olgan holda aholi turar joylarida, insonning o’zini va kiyimlarini
dezinfeksiya qilish usullarini o’rganish.
4. Mavzuga oid savollar.
4.1. Bo’g’imoyoqlilar - yuqumli kasalliklar tarqatuvchisi.
4.2. Argaz va iksod kanalarning xususiyatlari.
4.3. Burgalarning ekologiyasi va biologiyasi.
4.4. Bo’g’imoyoqlilar bilan kurash usullari.
4.5. Dezinseksiya moddalari, ta’sir mexanizmlari.
5. Ushbu mavzu bo’yicha talaba bilishi lozim bo’lgan savollar:
5.1. Parazit va xo’jayin oralaridagi o’zaro munosabat, epidemik o’choqlarning
paydo bo’lish shart-sharoitlari, epidemik jarayonning mohiyati.
5.2. Epidemiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligi.
5.3. Dezinseksiya usullari.
5.4. Dezinseksion vositalarning xususiyatlari va ularni qo’llash usullari.
5.5. Dezinseksiyaning texnik vositalari.
6. Amaliy ko’nikmalar.
6.1. Yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi bo’g’imoyoqlilar bilan kurash
choralarini ekologik jihatdan asoslash.
6.2. Dezinseksiya o’tkazishda ishlatiladigan moddalar va texnik vositalar.
6.3. O’tkazilgan dezinseksiyaning sifatini (samaradorligini) baholash.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin