O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə46/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Bitlash (pedikulyoz) odamning qoni hisobiga kechadigan o’ziga xos
parazitlik hodisasidir. Bitlashniig asosiy belgilari:
1. Qichish, qichinish, ba’zilarda allergiya belgilari bo’lishi.
2. Bitlarning tinmay chaqishi hamda ularning teriga ta’siri natijasida terining
dag’allashishi.
3. Melanodermiya - bitlarning so’lagi ta’siri natijasida hosil bo’lgan
to’qimadagi qonash va yallig’lanish hisobiga sodir bo’lgan pigmentatsiya.
4. Patak (yag’ir) juda kam uchraydigan, boshni qichish tufayli, soch
tolalarining yiringli va serozli ajralmalarga yopishib so’ngra qotib kepak va
bularning ostida nam qatlam hosil bo’lishidir. Qichinishlar, dermatit, ekzema kabi
ikkilamchi teri kasalliklarini keltirib chiqaradi. Odamda kiyim-bosh va qov
bitlarining uch turi mavjud. Kiyim-bosh bitlari toshmali tif, volin isitmasi va
qaytalama tif kasalliklarida tarqatuvchi hisoblanadi.
Kiyim bitlari katta epidemiologik xavf tug’diradi. Chunki ular toshmali va
qaytalama tiflarning qo’zg’atuvchilari mavjud qonni so’rib olgach, 4-7 kundan
so’ng qo’zg’atuvchini bemordan sog’lom odamga yuqtirish qobiliyatiga ega
bo’ladi.
Toshmali tifda qo’zg’atuvchi bit oshqozonning yoki ingichka ichagining
epiteliy xujayralariga joylashib ko’payadi va najas orqali tashqariga chiqadi.
Odamga toshmali tif va volin isitmasining yuqishi chaqishdan so’ng qichinish
natijasida bo’lgan yulingan joylarda, bitning najasi tushganda yoki bitning o’zi
ezib yuborilganda yuz beradi. Kiyimga o’tgan bitning najasida Provachek
rikketsiyalari patogenlik xususiyati 3 oy va undan ko’p muddatgacha saqlanib
turadi.
Qaytalovchi tifda spiroxetalar qon orqali bitning me’dasiga, so’ngra tanasiga
o’tadi. Tanasida spiroxetalari bor bit qichish paytida ezib yuborilganda ushbu
spiroxetalar odam terisining yuza qatlamlariga va shilliq pardalariga o’tadi.
Toshmali tif, qaytalama tif, volin isitmasi kabi bitlar orqali yuqadigan
infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari bitning urg’ochisidan naslga transovarial
o’tmaydi.
Qov biti amalda katta epidemiologik ahamiyatga ega emas. Ammo bosh va



71
kiyim biti singari kuchli qichish beradi. Shuning natijasida bemorning tinchligi


buziladi. Kuchli qichinish natijasida paydo bo’lgan mayda tilinishlar tufayli har xil
yiringli kasalliklar paydo bo’lishi mumkin. Odamda uning kiyimi, ko’rpa-
yostiqlarida va boshqa narsalarida bit bo’lishi Shu oilada yoki jamoada sanitariya-
ozodalik holati qoniqarsiz ekanligidan darak beradi.
Bitlar-hashoratlarning qon so’ruvchi turkumiga kiradi, odam va boshqa sut
emizuvchilarga ektoparazit (tashqi manqurt) hisoblanadi.
Ushbu turkumning asosiy belgilari: tanasi ovalsimon yoki cho’zinchoq bo’lib,
qorin va elka yo’nalishda yo’g’onlashgan kulrang jigar-rang tusda, yangi qon
so’rgan bitlar qizg’ish qora rangga ega, boshi mayda bo’lib old tomoni
ingichkalashgan ko’rinishli, besh bo’g’imli mo’ylovli, og’iz apparati sanchib
so’ruvchi, ko’krak qismi silliq, qorin qismi 9-ta bo’g’imga bo’lingan,
urg’ochilarida oxirgi qismi ikkiga ayrilgan, erkak bitlarda suyri shaklda bo’lib
oxirgi uchta bo’g’im bo’ylab ustini xitin qoplagan, konussimon jinsiy a’zosi
ko’rinib turadi. Oyoqlari kuchli besh bo’g’imli, tizzasi qabariq, panjasining uchida
o’roqsimon shakldagi tirnoqlar bo’lib ular tizza qabarig’i tomon egilgan, o’z shakli
bilan ombirni eslatadi va kiyimga yopishish imkonini beradi.
Erkak bitlar urg’ochilarga nisbatan kam bo’ladi. Bitlar tuxum qo’yuvchi
hashoratdirlar. Tuxumlari (sirka) uzinchoq-ovalsimon shaklli, tepa qismi tekis
qopqoq bilan berkitilgandek, sarg’ish, oq rangli, pastki qismi bilan soch tolasiga
yoki matoning ip uchlariga tuxum qo’yish paytida urg’ochi bitning ajralmalari
bilan yopishgan bo’ladi.
Rivojlanishning nojinsiy bosqichlari nimfalar - yetilgan bitlardan kichik
jussasi, tashqi jinsiy a’zolarining yo’qligi bilan farqlanadi. Rivojlanishning
tuxumlik davridan boshqa barcha bosqichlarida ho’jayin to’qimasi hisobiga
yashaydi.
Bosh biti soch tolasining teriga yaqin qismiga yopishgan bo’lsa, kiyim biti
asosan kiyimda bo’ladi. Odamlarga bitlagan odam bilan muloqotda bo’lganda
o’tadi. Masalan: bolalar jamoasida (bolalar bog’chasi, internat, lager), yo’lovchisi
zich bo’lgan ulovda (transportda), kiyim, ko’rpa-yostiq, choyshab, taroq va cho’tka
kabi ashyolardan bir necha kishi umumiy foydalanganda ham o’tishi mumkin.
Katta yoshdagi odamlarga qov biti asosan jinsiy muloqot (yaqinlik) paytida,
bolalarga kattalarning kiyimi, parvarish paytida o’tishi kuzatiladi.
Bosh va kiyim bitlari tashqi ko’rinishdan bir-biriga juda o’xshash bo’lib bir
oilaga mansubdir.
Bosh biti boshning chakka, qanshar va tepa kabi sochli qismlarida yashab
ko’payadi. Sovuqqa chidamsiz, tuxumi 5-9 kunda, o’rtachasi (lichinkasi) 15-17
kunda yetiladi. Yetilgan bosh biti 27-30 kun yashaydi. Urg’ochisi bir kunda 2-7
gacha, umri davomida 88 tadan 120 tagacha tuxum qo’yishi mumkin. Xo’jayin
tanasini tark etgan bit bir kunga qolmay o’ladi.
Profilaktik va qirg’in keltiruvchi choralarga muntazam badanni toza tutish
(kamida har 7-10 kunda 1 marta cho’milish), ichki kiyimni va ko’rpa-yostiq
jildlarini almashtirib turish yoki ularni kir bo’lib ketishiga yo’l qo’ymasdan yuvib
turish, muntazam ravishda sochni oldirish va har kuni tez-tez sochni tarash, Shu



72
bilan birga ustki kiyim-boshlarni, ko’rpa-yostiqlarni, uy-ro’zg’or buyumlarni


hamda xonalarni tozalikda ozoda saqlash kabi muolajalar kiradi.
Bitning (qaysi bosqichdaligidan qatiy nazar) borligi aniqlanganda
dezinseksiya o’tkaziladi, ya’ni odamning tanasidagi, kiyimidagi ko’rpa-
yostiqlaridagi va boshqa uy-ro’zg’or buyumlaridagi bitlar o’ldirilishi kerak.
Bit va uning tuxumlarini yo’qotishda o’tkaziladigan dezinseksiyada mexanik,
fizik va kimyoviy usullari qo’llaniladi.
Bitlash darajasi kuchli bo’lmay, odamda (tuxumlari bilan birga
hisoblanganda) 10 tacha bosh biti uchrasa, ularni yo’qotish uchun tishlari zich
taroq bilan sochni tarash, sochni oldirish, tuk va junlarni qirish kabi mexanik
usullarni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Olingan sochlarni bitlari bilan birga yoqib yuborish maqsadida soch
olinayotgan paytda kleyonka yoki qog’oz to’shab yig’iladi.
Sirkalardan tozalash uchun sochlarni tarashdan oldin boshni yaxshilab yuvish
hamda uni ichimlik sirkasi yoki 5-10% sirka kislotasining ilitilgan eritmasi bilan
chayish kerak. So’ngra tishlariga sirka eritmasi shimdirilgan paxtalik pilik yoki ip
o’tkazilgan mayda taroq bilan soch bit sirkasidan tozalanadi.
Odam tanasida bit topilganda uning badani mochalka (surtgich) yordamida
sovun surib issiq suvda yuviladi va bir yo’la ichki kiyimlar, ko’rpa-yostiq jildlari
qaynatilib, qaynatilishi mumkin bo’lmagan kiyim-kechak va ko’rpa-yostiqlarning
qaytarilgan joylariga issiq dazmol yurgiziladi.
Odamning sochli va tukli joylariga karbofosning 0,15% suvli eritmasi (bir
kishiga 10-50 ml), benzilbenzonatning suvdagi sovunli 20%li suspenziyasi (10-30
ml), borat kislotasining 5% li surtmasi (10-25 %), kerosinning 10% suvli-sovun
emulsiyasi (5-10 min) kabi insektitsidlar bilan ishlov beriladi. Bu ishlov berish
payti 20-30 daqiqani tashkil etishi kerak.
Insektitsidlar bilan ishlov berilgach va yuvilgach soch sirka kislotasining 5-
20% li suvli eritmasi bilan chayilishi lozim.
Bosh va kiyim biti bilan bitlagan paytda kasalliklar o’chog’ida boshqa
vositalar topilmasa sun’iy davo moddasi hisoblangan butadionni qo’llash tavsiya
etiladi. Butadion qabul qilgan odam qoni bosh va kiyim bitlariga 14 kungacha
zaharli ta’sir qiladi. Katta yoshdagilarga butadion ichishga ovqatdan so’ng ikki kun
ichida 0,15 dan 4 mahal belgilanadi. Sutkalik miqdori 0,6 dan oshmasligi kerak, 4
yoshgacha bo’lgan bolalarga butadion berilmaydi. 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga
butadion 0,05 dan, 8 yoshdan 10 yoshgacha 0,08, 10 yoshdan yuqori bo’lgan
bolalarga 0,12 ichish tavsiya etiladi. Yuqoridagi miqdorni ikki kun davomida
kuniga 3 mahal belgilanadi.




73


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin