O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


DEZINFEKSIYA ISHINI TASHKIL ETISH



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə54/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

DEZINFEKSIYA ISHINI TASHKIL ETISH.
MARKAZLASHGAN STERILIZATSIYA BO’LIMLARINING
FAOLIYATI BILAN TANISHISH 

1. Mashg’ulotning maqsadi: Dezinfeksiya xizmatining tashkiliy tuzilishini


o’rganish, markazlashgan sterilizatsiya bo’limlari ishini tashkillashtirishni va
ularning faoliyatini o’rganish.
2. Mashg’ulotga ajratilgan vaqt: 5 soat.
3. Darsni o’tkazish tartibi:
3.1. So’z boshi, talabalarning ushbu mavzu bo’yicha bilim darajasini
tekshirish.
3.2. Dezinfeksiya xizmatini boshqaruvchi idoralarni o’rganish.
3.3. Dezinfeksiya stansiyasi va tuman DSENMning dezinfeksiya bo’limi
tuzilishi va vazifasini o’rganish.
3.4.
Dezinfeksiya,
dezinseksiya,
deratizatsiya
chora-tadbirlarini
rejalashtirishni o’rganish.
3.5.
Dezinfeksiya,
dezinseksiya,
deratizatsiya
chora-tadbirlarining
samaradorligi va sifatini aniqlashni o’rganish.
3.6. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limi, uning mohiyati va tuzilishini
o’rganish.
4. Talabalar bilishi lozim bo’lgan savollar:
4.1. Aholiga dezinfeksiya xizmati ko’rsatishni ta’minlash va bu tizimining
epidemiyaga qarshi kurashish ishlaridagi ahamiyati.
4.2. Turli toifali (darajali) dezinfeksiya stansiyalari, vazifasi va tuzilishi.
4.3. Tuman DSENMning dezinfeksiya bo’limi, tuzilishi va uning vazifasi.
4.4.
Dezinfeksiya,
dezinseksiya
va
deratizatsiya
chora-tadbirlarini
rejalashtirish.
4.5. Dezinfeksiya, dezinseksiya va deratizatsiya chora-tadbirlari sifatiga baho
berish va natijalarini tahlil qilish.
4.6. Sterilizatsiya. Bu haqda umumiy tushuncha. Buyumlarga sterilizatsiyadan
oldingi ishlov (tozalash) berish.
4.7. Sterilizatsiya usullari: qaynatish, bug’, havo bosimi bilan, kimyoviy (gaz
va suyuqliklar bilan) usullar yordamida sterilizatsiya qilish.
4.8. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limida sterillash va sterilizatsiyadan
oldingi ishlov sifatini tekshirish. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limlari (MSB) va
uni tashkil etish, tuzilishi va mohiyati. Davolash muassasalarida uchraydigan
yuqumli kasalliklarning oldini olishda sterilizatsiyaning ahamiyati.
4.9. Turli yuqumli kasalliklar o’chog’ida epidemiyaga qarshi chora tadbirlar
o’tkazayotganda dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiyaning o’rni va ahamiyati.
4.10. Dezinfeksiya xizmatining tashkiliy tuzilishi.
5. Talabalar o’rganishi lozim bo’lgan amaliy malakalar:
5.1. Yuqumli kasalliklar o’choqlarida epidemiologik sharoitni hisobga olib
dezinfeksiya, sterilizatsiya, dezinseksiya va deratizatsiya tadbirlarini asoslash.
5.2. Dezinfeksiya bo’limlari ish rejalarini tuzishni o’rganish.



82
6. Talabalarning mustaqil ishi.


6.1. Dezinfeksiya xizmatining tashkiliy tuzilishi haqida axborot ma’lumotlari
bilan tanishish.
6.2. Dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya va sterilizatsiya o’tkazishda
qo’llanadigan rasmiy hujjatlar va uslubiy ko’rsatmalarni amaliyotda qo’llay bilish.
6.3. Muammoli mavzuiy va funksional tarmoqli rejalar tuzish.
6.4. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limining ishi bilan tanishish.
6.5. Mavzuga taalluqli masalalarni yechish.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin