O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə55/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Axborot uchun ma’lumot 

Dezinfeksiya o’zi nima? Dezinfeksiya bu tashqi muhit ob’eklaridan patogen


mikroorganizmlarni yo’qotishdir. Sog’liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-
epidemiologiya nazorati Departamenti mamlakat miqyosida dezinfeksiya ishlariga
rahbarlik qiladi.
Dezinfeksiya o’tkazuvchi muassasalar yuqumli kasalliklar bilan og’rigan
bemorlarni kasalxonalarga yotqizish hamda yuqumli kasalliklar o’chog’ida
dezinfeksiya ishlarini olib borish va tashkillashtirish kabi tadbirlarni amalga
oshiradi.
Meyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ularni amalda joriy qilish,
ularning bajarilishini nazorat qilish, kadrlar tayyorlashni tashkillashtirish,
dezinfeksiya ishlariga va dezinfeksiyalovchi vositalarga sarf qilinadigan
mablag’larning to’g’ri taqsimlanishini nazorat qilish, dezinfeksiya ishlari bo’yicha
uslubiy rahbarlik qilish, shu sohadagi yangi uslublarni joriy qilish va ularni
tashkillashtirish, ushbu soha bo’yicha ilmiy tekshirishlarning borishini nazorat
qilish va rejalashtirish bilan shug’ullanadi.
Viloyatlarda dezinfeksiya ishlarini boshqarish joylardagi viloyat DSENM
dezinfeksiya bo’limlari orqali amalga oshiriladi. Shahar va tumanlarda esa shahar
va tuman DSENMlari orqali ularning tarkibiga kiruvchi dezinfeksiya bo’limlari
yoki dezinfeksiya stansiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Dezinfeksiya xizmati amalga oshiradigan ishlarning bir qismini profilaktik
dezinfeksiya tashkil qiladi, profilaktik dezinfeksiya u yoki bu hududlarda yuqumli
kasalliklarning tarqalishi va kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan.
Kasallikning oldini olish uchun o’tkaziladigan dezinfeksiya ishi yashash joylarida,
xizmat binolarida, omborxona va boshqa binolarda buyumlarni dezinfeksiya qilish
va zararsizlantirish hamda ayrim hudud va uchastkalarda, uy xo’jaliklarida
sanitariya va epidemiologik ahamiyatga ega bo’lgan ob’ektlarda (bozor, umumiy
ovqatlanish ob’ektlari, ovqat mahsulotlari va hayvonlardan olinadigan xom
ashyoni saqlash va qayta ishlash joylari, axlatxonalar va Shunga o’xshashlar)
pashshalarni, kemiruvchilarni yo’q qilish bo’yicha o’tkaziladigan chora-
tadbirlardir.
Dezinfeksiya stansiyasi mustaqil maxsuslashtirilgan tashkilot bo’lib
dezinfeksiyaning barcha turlarini bajaruvchi muassasa hisoblanadi. Dezinfeksiya
stansiyasi mavjud bo’lgan shaharlarda dezinfeksion bo’limlar DSENM



83
strukturasida ko’zda tutilmaydi. Dezinfeksiya stansiyasi dezinfeksiya va


sterilizatsiya ishlari bo’yicha yuqori va o’rta tibbiyot ma’lumotiga ega bo’lgan
kadrlarni tayyorlovchi baza bo’lib ham hisoblanadi.
Hozirga vaqtda ish joylari normalariga, maxsus jihozlariga qarab, bajaradigan
ishlar hajmiga qarab, aholiga xizmat ko’rsatish soniga qarab shahar dezinfeksion
stansiyalari 2 ta toifaga bo’linadi. 350 dan to 600 minggacha aholisi bo’lgan
shaharlarda I — toifa, 200 dan to 350 minggacha II - toifa. Mamlakatimizning
yirik shaharlaridagi dezinfeksiya stansiyalar (aholisi 1 milliondan ko’p bo’lgan) bu
toifalarga kirmaydi, chunki ularning tuzilishi alohida xususiyatlarga ega. Tumanlar
DSENM dezinfeksiya bo’limlari va dezinfeksiya stansiyalarining asosiy vazifalari
quyidagilar:
1. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni kasalxonalarga olib borish,
yuqumli kasalliklar o’choqlarida dezinfeksiya ishlarining hamma turlarini
o’tkazish.
2. Kasallik o’chog’ida dezinfeksiya o’tkazishda olingan buyumlar hamda
davolash-profilaktika bo’limlari tomonidan olib kelingan zararlangan materiallarni
kamera yordamida zararsizlantirish.
3. Yuqumli kasallik o’chog’ida bemorlar bilan muloqatda bo’lgan kishilarni
sanitariya ko’rigidan o’tkazish.
4. Davolash-profilaktika hamda bolalar muassasalarida, yuqumli kasalliklar
o’choqlarida kundalik dezinfeksiya ishlarini tashkil qilish va ularni bajarishda
metodik yordam berish.
5.
Sanitariya-epidemiologiya
muassasalarida
va
davolash-profilaktika
muassasalarida sterilizatsiya ishlariga metodik yordam ko’rsatish va ularning
bajarilishini nazorat qilish.
6. Profilaktik dezinfeksiya ishlarini tashkil qilish.
7. Kasallik o’choqlarida dezinfeksiya, sterilizatsiya ishlarining sifatini tekshirish
va Shu bilan birga bu maqsadda ishlatiladigan dezinfeksiya vositalarining,
jihozlarining sifatini tekshirish.
8. Xizmat ko’rsatilayotgan hududlardagi sterilizatsiya jihozlarini, dezinfeksiya
kameralarini to’g’ri ishlatish, sifati va texnik ahvolini tekshirish.
9. Infeksiya o’chog’idagi bemorni, buyumlarini va boshqa yuqumli materiallarni
tashishda ishlatiladigan transport vositalarini dezinfeksiya qilish.
10. Dezinfeksiya, sterilizatsiya, dezinseksiya va deratizatsiya masalalari
bo’yicha maslahatlar berish. Aholi orasida dezinfeksiya, dezinseksiya va
deratizatsiyada ishlatiladigan vositalar va buyumlar, ularni ishlatishning qulay
usullari haqida sanitariya-oqartuv ishlarini amalga oshirish.
11. Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo’yicha hisobot
ishlarini olib borish.
12. Bu vazifalardan tashqari dezinfeksiya xizmati xodimlari yuqumli
kasalliklarning hisoboti va qayd qilish ishlarini ham olib borishlari va Shu bilan
birga yuqumli kasalliklar shifoxonalarida epidemiyaga qarshi kurash va
dezinfeksiya rejimini tekshirib borishlari mumkin.
13. Dezinfeksiya xizmatining asosiy vazifalaridan yana biri dezinfeksiya



84
stansiyalarining faoliyatini yanada rivojlantirib takomillashtirishdan iboratdir.


Yuqumli kasalliklar o’chog’idagi xizmatni bir markazdan turib boshqarish
tizimi dezinfeksiya stansiyalarga qo’shimcha vazifalarni yuklaydi: aniqlangan
barcha yuqumli kasalliklar va yuqumli kasalliklarga gumon qilinganlar haqida
telefon orqali beriladigan xabarlarni kecha-kunduz qayd qilish, tumanlar
DSENMni barcha yuqumli kasallik hollari haqida zudlik bilan ogohlantirish.
Davolash profilaktika muassasalaridan yuqumli kasalliklar diagnozining
tasdiqlanishi yoki o’zgarishi haqida doimiy ma’lumot olib turish va yuqumli
kasalliklarni statistik tahlil qilish. Yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi holatlarida
kasallik o’choqlarida zudlik bilan epidemiyaga qarshi choralarni o’tkazishga
yordam beradi.
Dezinfeksiya stansiyasining asosiy bo’linmalari quyidagilar: yuqumli
kasalliklarni qayd etish va evakuatsiya qilish bo’limi, kasallik o’chog’ida o’choqli
dezinfeksiya o’tkazish bo’limi, kamerali dezinfeksiya va sanitariya qayta ishlov
berish bo’limi, profilaktik dezinfeksiya bo’limi, kimyoviy, biologik va
entomologik tekshirishlar o’tkazuvchi laboratoriya.
Qishloq joylarda o’choqli dezinfeksiya tadbirlarini tashkil etish va qo’llash
tuman DSENM tarkibidagi dezinfeksiya bo’limlari tomonidan olib boriladi.
Qishloq vrachlik punktida, ambulatoriya yoki bo’limda, kasalxona dezinfektori
dezinfeksiyani o’tkazadi. Bundan ko’rinib turibdiki, dezinfeksiya tadbirlarini
o’tkazishda feldsherlik-doyachilik punktlari, qishloq vrachlik punktlari ham
qatnashadi. Dezinfeksiya tadbirlari natijalariga baho berish va tahlil qilish uchun
sifat ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Dezinfeksion chora-tadbirlarni tahlil qilish
va baholash uchun sifatiy ko’rsatkichlar mavjuddir. Yakuniy dezinfeksiyani
baholashda asosiy ko’rsatkichlar bo’lib quyidagilar xizmat qiladi: dezinfeksiyani
bajarish muddatlari, ishlov berishning to’liqligi, kamerali dezinfeksiya o’tkazish,
vizual va laboratoriya nazoratini o’tkazish. Joriy dezinfeksiyada asosiy e’tibor
epidemik o’choqlarda, davolash-profilaktika muassasalarida bemorlar va bakteriya
tashuvchilar tarqatayotgan zararli ajratmalarni zararsizlantirishni o’z vaqtida
tashkil etishga qaratiladi.
Dezinseksiya bo’yicha asosiy sifat ko’rsatkichlari quyidagilar: hasharotlardan
tozalangan maydonlarning ko’payishi, ishlov berilayotgan ob’ektlarda o’z vaqtida
to’liq dezinseksiya samarasining ta’minlanishi, pashshalarga qarshi kurashishda
esa lichinkalarning bo’lmasligi va qanot chiqargan pashshalar sonini eng kam
miqdorigacha kamaytirish.
Deratizatsiya bo’yicha sifat ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
kemiruvchilardan tozalangan maydonlarning ko’payishi, ishlov berilayotgan
maydondagi kemiruvchilar sonini kamaytirishdir.
Sterilizatsiya fizik va ximik usullar yordamida barcha mikroorganizmlar va
ularning sporalarini yo’qotishdir. Kasalxona ichida tarqaluvchi infeksiyalarning
oldini olishda ham sterilizatsiya muhim ahamiyatga ega. Shuningdek sterilizatsiya
bir qator yuqumli kasalliklarning oldini olishda, ayniqsa qon orqali o’tadigan
kasalliklarga (gepatit V, S, bezgak, OITS) qarshi kurashishda katta ahamiyatga
ega. Sterilizatsiya qaynatish, bug’li, havoli, kimyoviy aralashmali preparatlar,



85
gazlar yordamida amalga oshiriladi. Usul tanlash ishlov beriluvchi ob’ektning


xususiyatiga, u yoki bu apparaturaning mavjudligiga, uning nima uchun
qo’llanishiga bog’liq ishlov bir necha bosqichdan iborat.
Yara yuzasi bilan, qon va infeksiya preparatlari bilan aloqada bo’lmagan
tibbiyot buyumlari dezinfeksiya qilinadi. Yara yuzasi, qon va infeksiya
preparatlariga tegadigan tibbiy buyumlar oldin dezinfeksiya qilinib, keyin
sterilizatsiya qilinadi. Yiringli jarrohlik va yuqumli kasalliklar bemorlariga
qo’llaniladigan tibbiy ashyolar (masalan: V gepatitda) avval dezinfeksiya qilinadi,
keyin esa sterilizatsiya oldi ishlovi berilib, so’ngra sterilizatsiya qilinadi. Yuqorida
aytib o’tilganlar V va S gepatit kasalliklarini boshidan kechirganlar va ushbu
kasalliklar qo’zg’atuvchilarini tashuvchilarga qo’llaniladigan ashyolarga ham
taalluqlidir.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin