86
eritmasi, 30% li sirka kislotasi va 3% li vodorod peroksid eritmasi olinib
aralashtiriladi. Nazorat qilinayotgan buyumga birlamchi reaktiv tomiziladi. Agar u
ifloslangan bo’lsa ko’k yashilga bo’yaladi.
FENOLFTALEINLI SINAMA quyidagicha qo’yiladi: fenolftalinning 1% li
spirtli eritmasi tayyorlanib buyumlar yuzasiga 1 tomchi suriladi (tomiziladi). Agar
buyum yuzasida yuvuvchi vosita qoldig’i bo’lsa eritma pushti rangga bo’yaladi.
Sterilizatsiyadan oldin ishlov berilgan buyumlarning har bir turining 1%
nazoratdan o’tishi shart. DSENM va dezinfeksiya xodimlari davolash-profilaktika
muassasalarida sterilizatsiyadan oldingi ishlovni kamida har 3 oyda 1 marotaba
nazorat qilishlari kerak.
T. I. ISKANDAROV SINAMASI. Iskandarov sinamasining yuqorida
ko’rsatilgan sinamalardan (amidopirin, orto-tolidin) keskin farq qilib, tibbiy asbob-
uskunalarda qon yoki uning elementlari qoldiqlari qolgan yoki qolmaganligini
aniqlab ko’rsatib beradi. Yangi usulning afzalligi yana shundaki, unda nafaqat
yangi qon qoldiqlari, balki plazma va zardoblar qoldiqlari ham samarali aniqlanadi.
Bu esa gepatit V, OITS (SPID) kabi kasalliklarning tarqalishining oldini olishda
epidemiologik jihatdan juda katta ahamiyat kasb etadi.
T. I. Iskandarov sinamasining yutuq tomonlaridan yana biri shuki, bunda
tekshirilayotgan asbob anjomlar, ularning yuzalari sinama uchun ishlatiluvchi
eritmalar bilan muloqatda (kontakt) bo’lmaydi, shuning uchun bu anjomlarni
sinama o’tkazilgandan so’ng qayta ishlovdan o’tkazish shart emas.
Sinamani qo’yish uchun dastlab 3 ta eritma tayyorlab olinadi, ya’ni
qiyoslovchi eritma.
№1 eritma — asosiy indikator eritma (T. I. Iskavdarov eritmasi);
№2 eritma - musbat natijalarni qiyoslash uchun;
№3 eritma - manfiy natijalarni qiyoslash uchun.
Plastinkaga №2 eritmadan 1 tomchi va №3 eritmadan 1 tomchi tomiziladi
hamda ularga 1 tomchidan №1 eritmadan qo’shiladi.
Musbat sinama (№2eritma + №1eritma)
- ko’k rangda.
Manfiy sinama (№3eritma + №1eritma)
- pushti rangta bo’yaladi.
Taqqoslovchi sinamalar tayyor bo’lgach, asosiy sinamaga o’tish mumkin.
Tekshirilayotgan shprislarga 3-4 tomchi distillangan suv quyiladi va qolgan qon
qoldiqlarini aralashtirish uchun shpris porsheni silindr ichida bir necha bor
harakatlantiriladi. Bu suyuqlikdan №1 eritmaga 1 tomchi tomiziladi. Natija musbat
bo’lsa ko’k ranga bo’yaladi.
Bug’ bilan sterilizatsiya qilish usuli: To’yingan suv bug’i bosim ostida
qo’llanilganda barcha turdagi mikroblarni yo’qotishda yaxshi natija beradi. Bug’
bilan sterilizatsiya uslubi bug’ sterilizatorlarida amalga oshiriladi. Bug’ bilan
sterilizatsiyalash
kasalxonalar va poliklinikalarning turli bo’limlarida,
mikrobiologiya laboratoriyalarida, farmasevtika va boshqa muassasalarda
qo’llaniladi.
Bug’li sterilizatsiyaga yara yuzasiga teguvchi, qon va uning preparatlariga
hamda shilliq qavatga tegib, uni jarohatlantirish holati bo’lgan asbob-uskunalar
beriladi. Bug’li sterilizatorlar tuzilishi, hajmi, ishlash bosimi va boshqa
87
ko’rsatkichlariga qarab farqlanadi, sterilizatorlar turi: yumaloq, to’g’ri, burchakli.
Bug’li sterilizator ishining nazorati. Elektr yordamida isitiladigan tik holdaga
bug’li sterilizatorlar quyidagilardan iborat: sterilizatsiya kamerasi, vodoprovod
kamerasi va himoya qiluvchi g’ilof. Ish tartibi: bug’ bosimida (atmosfera
bosimidan yuqori) (1 kg/sm
2
) va harorati 120°S 45 daqiqa ushlanadi, bosimi
(2kg/sm
3
) va harorati 132 °S bo’lganda 20 daqiqa ushlanadi.
Bug’li sterilizatsiya sifatini bakteriologik sinovdan o’tkazishda tarkibida
120°S haroratli bug’ ta’siriga 3-5 daqiqa davomida chidash bera oladigan sporali
saprofitlari bor bo’lgan bog’ tuprog’i sinamasi qo’llaniladi. Nazorat paytida bironta
sinamada sporalar o’sishi kuzatilsa, sinama qaytariladi. Maboda yana o’shanday
natija olinsa, sterilizatorning sifatsiz ishlash sabablari aniqlanib tuzatilguncha
to’xtatib qo’yiladi. Markazlashgan sterilizatsiya bo’limlarida bug’li sterilizatorlar
ishi yil mobaynida kamida 2 marta tekshiriladi. Sterilizatorlarning umumiy sonidan
tanlab 30% tekshiruvdan o’tkaziladi.
Bug’li sterilizatsiyani sifatini termik nazorat yordamida ham o’tkazish
mumkin. Bu usul ayrim moddalarni turli haroratlarda rangini o’zgarishi yoki erish
xususiyatlariga asoslangan. Bu usullardan biri Mikulich usulidir. Eng samarador
usullardan bo’lgan bu usul kukunsimon moddalar bilan o’tkaziladi. Bu moddalar
turli haroratlar ta’sirida erish xususiyatiga egadir. Kukunsimon moddalarni kichik
shisha probirkalarga solinib berkitiladi va sterillanayotgan biksni ichiga solinadi.
Asosan quyidagi moddalardan foydalaniladi: oltingugurt (erish harorati 111-
120°S), antipirin (113°S), rezorsin (110-119°S), benzoy kislotasi (121°S), naftol
(120-122°S), fenasetin (134-135°S).
Dostları ilə paylaş: