Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi
Epidemik jarayonning rivojlanish mexanizmi, ya’ni o’zgaruvchan ijtimoiy va
tabiiy muhitda xo’jayin va parazitlar populyatsiyasi munosabatlarining rivojlanishi
uchta nazariya asosida: yuqish mexanizmi, kasallikning tabiiy o’choklilik va
epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi to’g’risidagi nazariyalar asosida
o’rganiladi.
Infeksiyaning yuqish mexanizmi - bu kasallik qo’zg’atuvchilarning
evolyutsiya jarayonida yuzaga kelgan bir organizmdan ikkinchi organizmga o’ta
olishi va shu bilan qo’zg’atuvchining tur sifatida saqlanib qolishini ta’minlovchi
xususiyatlaridir.
Shuning uchun zoonoz kasalliklarda "kasallikning yuqish mexanizmi" degan
tushunchani kasallik chaqiruvchilarning hayvonlar orasida aylanib yurish
jarayonigagina
qo’llash
to’g’ri
bo’ladi.
Bunday
hollarda
kasallik
qo’zg’atuvchilarning aylanib yurish jarayoniga odamlar ham kirib qolganda
kasallikning yuqish mexanizmi to’g’risida gapiriladi.
Yuqish mexanizmining 3 davri tafovut qilinadi:
a) Qo’zg’atuvchining zararlangan organizmdan ajralib chiqishi.
b) Qo’zg’atuvchining tashqi muhitda bo’lish davri.
v) Qo’zg’atuvchining sog’lom organizmga kirish davri.
Bu davrlarning birinchi va ikkinchisida yuqtirish omillari kasallikning bir
organizmdan ikkinchisiga o’tishida ishtirok etadigan tashqi muhit elementlari
hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida ba’zi kasallik qo’zg’atuvchilari ma’lum
o’tkazish omillariga moslashishgan. Bu omillar ular uchun maxsus muhit
hisoblanadi. Yuqish mexanizmining birinchi davrida kasallik qo’zg’atuvchilari
tushib qolgan tashqi muhit elementlari birlamchi omil hisoblanadi. Kasallik
qo’zg’atuvchilarini navbatdagi organizmga o’tkazuvchi omil yakunlovchi omil
hisoblanadi. Agar yuqish mexanizmida ishtirok etuvchi birlamchi omil
qo’zg’atuvchini oxirigacha etkaza olmasa, u holda birlamchi va yakunlovchi omil
15
o’rtasida oraliq omil ham ishtirok etadi.
Epidemik jarayonning ma’lum hollarida kasallik qo’zg’atuvchilarining bir
organizmdan ikkinchi organizmga o’tishini ta’minlovchi tashqi muhit elementlari
yoki ularning yig’indisi yuqish yo’lini belgilaydi. Yuqish mexanizmi va kasallik
qo’zg’atuvchilarining odam organizmida asosiy joylanishi bir-biri bilan uzviy
bog’liqdir.
L.V.Gromashevskiy
barcha
yuqumli
kasalliklarni
kasallik
qo’zg’atuvchilarining odam organizmida joylashgan asosiy o’rniga va yuqish
mexanizmiga binoan 4 guruhga bo’lgan. Yuqori nafas yo’llari shilliq qavatida
joylashgan kasallik qo’zg’atuvchilarining yuqish mexanizmini "havo-tomchi"
orqali yuqish mexanizmi deb ataladi. Haqiqatda esa odam organizmining turli
organlarida joylashgan kasallik qo’zg’atuvchilari aerozolning uchala fazalari:
tomchi, yadrocha va chang orqali ham o’tishi mumkin.
Kasallik qo’zg’atuvchilari yuqish mexanizmining birinchi bosqichida
gaplashish, nafas chiqarish, yo’talish va aksirish jarayonida tashqi muhitga havoga
ajralib chiqadi.
Yuqish mexanizmining ikkinchi bosqichi aerozolning tomchi, tomchi-
yadrocha va chang fazalari orqali amalga oshadi. Kasallik qo’zg’atuvchilarining
yangi sog’lom organizmga o’tishi nafas olish jarayonida yuz beradi.
Yuqish mexanizmining fekal-oral turida kasallik qo’zg’atuvchilarning tashqi
muhitga ajralib chiqishi (1-bosqich) defekatsiya akti bilan bog’liq bo’ladi. Kasallik
qo’zg’atuvchilarining yangi sog’lom organizmga tushishi (3-bosqich) infeksiya
bilan zararlangan ovqat yoki suvni is’temol qilganda ro’y beradi. Birlamchi omillar
bemorning yoki bakteriya tashuvchisining ifloslangan qo’li, uy-ro’zg’or buyumlari
bo’lishi mumkin.
Asosiy yakunlovchi omillar bo’lib suv, oziq-ovqat mahsulotlari, yosh bolalar
qo’li va uy-ro’zg’or buyumlari hisoblanadi. Oraliq omillar bo’lib pashshalar,
ifloslangan qo’l, tuproq hisoblanadi. Yuqish mexanizmining bu turida yuqish suv
orqali, oziq-ovqat mahsulotlari orqali amalga oshadi.
Kasallik qo’zg’atuvchilarining qonda joylashishini yuqish mexanizmining
transmissiv turi belgilaydi. Bu yerda birinchi bosqich qon so’ruvchi
hashoratlarning odamni chaqishida, bemor qonini so’rishida amalga oshadi. Bu
hashoratlar organizmida kasallik ko’zg’atuvchilarining maxsus ko’payish,
rivojlanish jarayoni o’tadi (2-bosqich).
Kasallik qo’zg’atuvchilarining teri va tashqi shilliq qavatida joylashishida
ba’zan qo’zgatuvchilar bemor kishidan sog’lom kishiga to’g’ridan-to’g’ri yuqadi
(tanosil kasalliklar). Bunday holda yuqish mexanizmi (kontakt) bevosita muloqot
orqali yuqish deb ataladi. Hozirgi vaqtda vertikal yuqish mexanizmi mavjud bo’lib,
bunda kasallik qo’zg’atuvchilari onadan tug’ilayotgan bolaga yo’ldosh orqali
yuqadi.
Zoonoz yuqumli kasalliklarda epidemik jarayonning qanday rivojlanishini
o’rganish uchun kasalliklarning tabiiy o’choqlilik to’g’risidagi nazariyasini bilish
kerak bo’ladi. E. N. Pavlovskiyning ushbu nazariyasi hayvonlar orasida aylanib
yurgan kasallik qo’zg’atuvchilari odamlar organizmiga o’tib qolganda epidemik
16
jarayon qanday rivojlanishini ochib beradi.
Kasallikning tabiiy o’chog’i - areali kasallik qo’zg’atuvchilar uchun haqiqiy
xo’jayin organizm hisoblangan hayvonlar arealiga to’g’ri keladi.
Kasallikning tabiiy o’chog’i deb yirtqich hayvonlar, kemiruvchilar orasida
kasallik ko’zg’atuvchilari yashashi uchun ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lgan
er kurrasining ayrim hududlariga aytiladi.
Kasallikning tabiiy o’chog’i bilan bir qatorda sinantrop va antropurgik
o’choqlar ham mavjud. Sinantrop kasallik o’chog’i deb - kasallik qo’zg’atuvchilari
sinantrop (xonaki) hayvonlar orasida aylanib yuradigan hududga, antropurgik
o’choq deb esa odamlarda uchraydigan kasallik o’choqlariga aytiladi. Sinantrop va
antropurgik o’choqlar orasida aniq bir chegara yo’q.
Epidemik
jarayoninig
rivojlanishini to’liq tushunish uchun L.V.
Gromashevskiyning yuqish mexanizmi va E. N. Pavlovskiyning tabiiy o’choklilik
to’g’risidagi ta’limotlari bilan bir qatorda, 1975 yilda V. D. Belyakov tomonidan
yaratilgan epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi to’g’risidagi ta’limoti ham
muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni
mikrobiologik
tekshirish
natijasida
aniqlangan
mikroorganizmlar
populyatsiyasining bir xilga o’xshab ko’rinishi, tekshirilayotgan mikroorganizmlar
sonining ko’pligidan ularning tekshirilayotgan belgilarining geterogenligini
(xilma-xil ekanligini) aniqladi.
Kasallik qo’zg’atuvchilar populyatsiyasi tarkibining tahlil qilinayotgan
belgilar bo’yicha doimiy o’zgarish mavjudligi epidemik jarayon rivojlanishining
ichki populyatsiyalari yuzaga chiqishidir.
Kasallik qo’zg’atuvchilarining antigenlik variantlarining o’zgarishi aholi
immunologik qatlamining o’zgarishi bilan tushuntiriladi. Antibiotiklarga chidamli
shtammlar antibiotiklarni qo’llash natijasida to’planib boradi. Xo’jayin
populyatsiyasining parazitlarga moyillik darajasi genotip bilan bog’liq holda
geterogen bo’ladi. Shuning uchun bir xil sharoitda ba’zi bir kishilar kasallanib,
boshqalari esa kasallanmasliklari mumkin, kasallik esa har xil kishilarda klinik
ko’rinishlari bilan turlicha kechadi.
Xo’jayin populyatsiyasi immunitet hosil qilish va saqlash xususiyatlari
bo’yicha ham har xildir. Kasallikka moyillik belgisi bo’yicha jamoadagi
odamlarning o’zgarishi, Shu jamoadagi odamlarning yoshiga, moyillikning vaqtga
qarab o’zgarishiga, migratsiyaga va organizmning chidamliligini (qarshiligini)
pasaytiruvchi boshqa muhit ta’sirlariga bog’liq.
Kasallik qo’zg’atuvchilarining o’z-o’zini boshqarish jarayonidagi rezervatsiya
va epidemik tarqalish fazalarining almashib turishi, epidemik jarayonning
borishida tuzilishi, har xil va o’zgaruvchan bo’lgan parazitlar va xo’jayin
populyatsiyalarining o’zaro munosabatlari bilan tushuntiriladi.
Kasallik qo’zg’atuvchilarining rezervatsiya fazasida bo’lishi o’ziga xos
immunologik gomeostazi bo’lgan odamlar orasida tashuvchilikning har xil
ko’rinishi hisobiga hamda kasallikning subklinik, belgisiz turlari hisobiga bo’ladi.
Epidemik shtammning yuzaga kelishi va rezervatsiya fazasidan epidemik
tarqalish fazasiga o’tishi odamlar moyilligining ma’lum chegarasidan o’tgandan
17
so’ng boshlanadi.
Epidemik fazasi parazit va xo’jayin organizmining o’zaro munosabatlarida
qo’zg’atuvchilar virulentligining oshishi hisobiga kasallikning manifest
ko’rinishlari yuqori darajada bo’lishi bilan tushuntiriladi.
Bunday holat kasallikning tarqalish imkonini beradi (yangi joylarni
"egallash"). Boshlang’ich va potensial geterogenliklari esa ularga yashash
sharoitining o’zgarish jarayonida o’z faoliyatini yana qayta o’zgartirish imkonini
beradi.
Epidemik jarayonning o’z-o’zini boshqarishi, har qanday tirik jonzot
faoliyatining ichki mexanizmi hisobiga o’zaro ta’sir qiluvchi elementlarni ular
yashab turgan sharoitning o’zgarishiga qarab moslashishi hisobiga amalga
oshiradi.
Epidemik jarayon rivojlanishining hududlar bo’yicha, aholining turli
guruhlari orasida va vaqt mobaynida turli xil taqsimlanishi bilan ifodalanuvchi
miqdor va sifat o’zgarishlari o’zgarib turuvchi ijtimoiy, tabiiy sharoitlar, biologik
omillar ichki mexanizmi ta’siri natijasidir.
Har xil yuqumli kasalliklarda epidemik jarayon rivojlanishi uchun zarur
bo’lgan ijtimoiy va tabiiy muhit elementlari o’zgaruvchan va nisbatan turlichadir.
Bu kasallik qo’zg’atuvchining organizm bilan o’zaro ta’siri ma’lum ko’rinishlarda
bo’lishiga, har qaysi kasallik qo’zg’atuvchilar genofondiga va ekologik saqlanish
joyiga bog’liq bo’ladi. Kasallikning alohida nozologik turida epidemik jarayonning
o’z-o’zini boshqarishi va uning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan ijtimoiy va tabiiy
sharoitlar ko’lami kasallik profilaktikasidagi yo’nalishni belgilaydi. Oxiri borib bu
yo’nalish zanjirning eng "kuchsiz halqasini" topish va bilimlarni hozirgi zamon
darajasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni qo’llashga olib keladi. Epidemik
jarayon to’g’risidagi ta’limotning 2 ta o’zaro bog’liq bo’lgan qismini: bu
jarayonning omillari va rivojlanish mexanizmini, ya’ni yuzaga kelish va rivojlanish
sababi va sharoitlarini ko’rib chiqdik. Epidemik jarayonning 3 qismi uning qanday
namoyon bo’lishidir.
Dostları ilə paylaş: |