1. Mashg’ulotning maqsadi: Ich terlama va paratiflarda epidemik jarayon
rivojlanish mexanizmlari va namoyon bo’lishini o’rgatish va Shu asosda
epidemiologik nazoratni tashkil etish.
2. Mashg’ulot uchun ajratilgan vaqt: Amaliy mashgulot 5 soat, mustaqil ish 2
soat.
3. Mashg’ulotni o’tkazish rejasi:
3.1.Ich terlama va paratiflarda epidemik jarayonni o’rganish.
3.2. Epidemik jarayonga ta’sir qiluvchi qo’zg’atuvchining xususiyatlarini va
kasallikni yuqtiruvchi omillarni o’rganish.
3.3. Infeksiya tarqalishida surunkali bakteriya tashuvchilarning epidemiologik
ahamiyati.
3.4. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali kasallikning birdan epidemik avj
olish hususiyatlari.
3.4. Kasallikning hudud bo’yicha, aholining har xil guruhlarida va har xil
yoshdagi kishilar orasida tarqalishining o’ziga xos hususiyatlari.
3.5. Ich terlamaga qarshi kurashishning mazmuni va uni tashkil qilish.
4. Mashg’ulotda muhokama qilinadigan savollar:
4.1. Kasallikning umumiy tavsifi, aholining kasallanish darajasi hamda
kasallikning epidemiologik xususiyatlari.
4.2. Epidemik jarayon omillari va rivojlanish mexanizmi.
4.3. Epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tizimi.
4.4. Epidemiologik nazoratni tashkil etish.
5. Talabalar bilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar:
5.1. Epidemik jarayon omillarini tahlil qila bilish, uning rivojlanish
mexanizmlarini ocha bilish.
5.2. Epidemiologik nazoratni tashkil qila bilish va uni amalda qo’llay olish.
6. Talabalarning mustaqil ishi:
6.1. Ich terlamaning operativ epidemiologik tahlili bilan tanishish.
6.2. Ich terlama kasalligi profilaktikasining joriy yil uchun rejasi bilan
tanishish.
6.3. Buyruqlar, uslubiy qo’llanma va yo’riqnomalar bilan tanishish.
6.4. Masalalarni yechish.