O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə85/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Dispanser nazorati. Qorin tifi bilan og’rib o’tgan barcha shaxslar kasbidan
qat’iy nazar 3 oy davomida dispanser sharoitida nazoratda bo’ladilar. 1-oyda
haftada 1 marta, keyingi oylarda 2 haftada harorati o’lchab turiladi. Harorati
ko’tarilganda yoki bemorning umumiy ahvoli og’irlashganda yana bir bor
tekshiriladi. Oziq-ovqat korxonasi ishchisi bo’lgan rekonvalessentlar 1 oy asosiy
ishdan chetlashtirilib, boshqa ishga qo’yiladilar, ko’rsatilgan muddat oxirida ularda
najas va siydik 5 marotaba tekshiriladi:
a) bir oydan keyin ham bakteriya tarqatsalar, ular oziq-ovqat bilan bog’liq
bo’lmagan ishga o’tkaziladilar. 3 oy o’tgach, unday shaxslar chuqur bakteriologik
tekshiruvdan o’tadilar. Ularda 1 -2 kunlik oraliq bilan 5 marta najas va siydik, bir
marta safro tekshiriladi. Manfiy natija bo’lsa, ishga qo’yiladi. 2 yil davomida
bakteriologik tekshiruvdan o’tkazilib turiladi. 2 yil o’tgach ularda sistein bilan
passiv gemagglyutinatsiya reaksiyasi qo’yiladi. Agar bunda musbat natija chiqsa, 5
marta najas va siydik, manfiy bo’lsa, najas, siydik 1 marta safro tekshiriladi.
Serologik va bakteriologik manfiy natija bergan shaxslar ro’yxatdan
o’chirilmaydilar va butun ish faoliyati davomida har yili bir martadan najas va
siydiklari tekshiriladi.
b) bir oydan keyin o’tkazilgan tekshirishda manfiy natija bergan shaxslar o’z
kasblari bo’yicha ishga qo’yiladilar, 2 oy davomida najas va siydik tekshiriladi.
Uchinchi oy oxirida bir marta safro tekshiriladi. Qo’zg’atuvchilar qayta ajratib
olinmasa u shaxslar 2 yil davomida har chorakda (najas va siydik bir martadan)
tekshirib turiladi, keyinchalik yuqorida qayd etilgan sxema bo’yicha o’tkaziladi.
Agar 3 oydan keyingi tekshiruvning bittasida bo’lsa ham ich terlama va paratif
bakteriyalari ajratib olinsa, unday shaxslar surunkali bakteriya tashuvchi deb tan
olinadi va ishdan chetlashtiriladi, ular o’z kasbini o’zgartirishi kerak bo’ladi.
Barcha surunkali bakteriya tashuvchilar butun hayoti davomida yashash joylaridagi
DSENMlari ro’yxatida turadilar.
Rekonvalessent va tashuvchiga shaxsiy gigiyena va dezinfeksiya o’tkazish
tadbirlari qatiyligi tuShuntiriladi. Yashash joyi bo’yicha surunkali tashuvchilarni
o’zi yoki oila a’zolaridan biri choralarni o’tkazadi. Hamma epidemiyaga qarshi
chora-tadbirlarni nazorat qilish DSENM xodimlariga yuklatiladi, yashash joyi
bo’yicha bakteriya tashuvchini bir yilda bir marta borib ko’radilar.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin