127
oilalari xam yangi qurilish ob’ektlariga toza suv berilishini ta’minlangunga qadar
jalb qilinadilar. Agarda ma’lum bir tabaqaga tegishli aholi ich terlama va paratif
kasalliklari bo’yicha kasallanish yuqori darajadagi
joylarga mavsumiy ishlarga
ketayotgan bo’lsalar, ularga xam profilaktik emlash o’tkaziladi. Rejali ravishda
emlash kanalizatsiya tarmoqlari va aholi yashaydigan joylarda tozalash ishlarini
olib boruvchi ishchilarga, yuqumli shifoxonalar tibbiyot xodimlariga, bakteriologik
laboratoriya ishchilariga, shaharlararo suv transportida
ishlovchi xodimlarga,
umumiy ovqatlanish korxonalaridagi ishchilarga, ularning atrofida surunkali
tashuvchilar bo’lgan hollarda o’tkaziladi. Sanitariya epidemiologik jihatdan uzoq
muddat nosog’lom vaziyatda bo’lgan aholi punktlarida
barcha aholiga emlash
o’tkaziladi (epidemik xavflilik darajasi 16 balldan yuqori). Yuqori kasallanish
xavfi yuzaga kelgan hollarda har qanday hududlarda epidemiologik ko’rsatmalarga
binoan aholi orasida aktiv emlash ishlarini tashkil etish va o’tkazish zarur.
Masalan: tabiiy ofatlar yuz berganda epidemik avj olishlar yuz berishi mumkin.
Agarda ich terlamaning avj olishi yuz bergan bo’lsa, vaksinatsiya o’tkazish
maqsadga muvofiq emas. Immunitetning hosil bo’lish vaqtini hisobga olgan holda
emlash ishlarini mavsumiy ko’tarilishdan 3-4 hafta oldin boshlash maqsadga
muvofiq. Barcha emlanganlar 063/x shaklga va 064/x shaklga hisobga olinadilar,
bunda
albatta emlanish vaqti, dozasi ko’rsatilishi kerak. Ich terlamaga qarshi
emlash uchun hozirgi vaqtda ikki xil vaksina preparati qo’llaniladi: kimyoviy
sorbitlangan ich terlama vaksinasi (katta yoshdagilarni emlash uchun) va Vi-
antigen bilan boyitilgan spirtli ich terlama vaksinasi (kichik yosh dagilarni emlash
uchun).
Revaksinatsiya 1 yildan keyin o’tkaziladi, biroq epid.ko’rsatmalarga
binoan
bir necha oylardan keyin ham o’tkazilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: