O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg


Odamlar - salmonellyoz infeksiyasi manbai



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə94/169
tarix26.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#135416
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169
O. M. Mirtazaev epidemiologiyadan amaliy mashg-fayllar.org (1)

Odamlar - salmonellyoz infeksiyasi manbai:
Odamlar salmonellyoz infeksiyasini tarqatishda ishtirok etishini birinchi
navbatda bakteriya tashuvchilikning mavjudligi va kasal-likning turli davrlarida
salmonellalarning
organizmdan
ajralib
chiqishi
bilan
belgilanadi.
Salmonellyozning o’tkir va engil turi bilan kasallangan bemorlar, Shuningdek
oziq-ovqat korxonasida ishlovchi bakteriya tashuvchilarning o’rni nihoyatda
muhim ahamiyatga ega. Salmonellyoz tarqalishida tibbiyot xodimlari infeksiya
manbai bo’lib xizmat qilganligi aniqlangan. Salmonellyozdan sog’aygandan keyin
odam ko’pincha uzoq muddatgacha bakteriya tashuvchi bo’lib qoladi.
Salmonellyoz bilan kasallanganlar va bakteriya tashuvchilar ayniqsa bir yoshgacha
bo’lgan bolalar uchun epidemiologik jihatdan xavflidir. Bakteriya tashuvchilar
najasi bilan ko’plab salmonellalar ajralib chiqadi. Bunda salmonellalar o’zining
morfologik, kultural, fermentativ va serologik xossalarini, oq sichqonlarga
nisbatan patogenligini saqlab qoladi.

Salmonellyozlarni tarqatuvchi asosiy omillar 

Salmonellyozlar asosan oziq-ovqat orqali tarqaladi. Mikroblar oziq-ovqat


mahsulotlarida qulay sharoitda bir necha soat turadi va rivojlanadi. Hayvon,
parranda go’shti va uning mahsulotlari salmonellalarni yuqtiruvchi asosiy omildir.
Shuning uchun ham salmonellyozlar ko’pincha aholisi xom va chala pishgan
go’shtni iste’mol qiladigan mamlakatlarda ko’proq uchrab turadi.
Toshkent shahrida salmonellyoz o’choqlarida epidemiologik tekshiruv
o’tkazilganda yuqtirish omillarining 37,5-60% ni go’sht mahsulotlari tashkil etgani
ma’lum bo’ldi.
Go’shtdan tashqari, hayvonlardan olinadigan boshqa mahsulotlar, xususan sut
va sut-qatiq mahsulotlari ham salmonellyozlarni tarqatuvchi omil bo’lishi mumkin.
Sut salmonellalar bilan endogen va ekzogen yo’l bilan zararlanishi mumkin.
Salmonelez qatiq. suzma, qaymoq, tvorog, pishloq orqali ham yuqadi. Shunisi
qiziqki, salmonellalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarining tashqi
ko’rinishi va ta’mi o’zgarmaydi. Tuxum, tuxum mahsulotlari va tarkibida tuxum
bo’ladigan oziq-ovqatlarning salmonellyozlarni tarqatishdagi o’rni yildan-yilga
ortib bormoqda. Baliq, baliq mahsulotlaridan ancha kamroq yuqadi, ammo ayrim
joylarda ularning ahamiyati birmuncha muhimroq.
Turli o’simlik mahsulotlari salmonellyozlarni tarqatish omillari bo’lishi
mumkin. Axlat, go’ng, oqava suvlar, parranda axlati bilan ishlov berilgan
tuproqdan salmonellalar o’simlik mahsulotlariga o’tishi mumkin. Pashshalar ovqat
mahsulotlarini salmonellalar bilan zararlashda juda muhimdir. Ariq suvlarida ham



133
salmonellalar topiladi. Suvda bir yo’la 2 va bundan ko’p serotur uchraydi.


Zararsizlantirilmagan oqava suvda zararsizlantirilganiga nisbatan 2 barobardan
ortiqroq salmonella topiladi. Salmonellalar suvda yilning har xil mavsumlarida
ham bo’ladi. Shifoxonalarda salmonellyozlarning tarqalishida onalar va
xodimlarning salmonella yuqqan qo’llari, ro’zg’or buyumlari, sochiq, ich kiyim,
yo’rgaklash kursilari, manej, gilam, tuvak va boshqalar salmonellalarni maishiy-
muloqot yo’li bilan yuqtirishda muhim o’rin tutadi.
Salmonellyozlarga qarshi chora-tadbirlar O’zbekiston Sog’liqni saqlash
vazirligining "O’zbekiston Respublikasida salmonellyozlarning oldini olish
choralari" nomli 1993 yil 06.10. № 491 sonli buyrug’iga asosan olib boriladi.


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin