135
Umumiy ovqatlanish va ovqat mahsulotlari bilan savdo
qilish korxonalarida ko’riladigan choralar
Salmonellyoz tarqalishida ovqatlanish ob’ektlarining ahamiyati muhim
bo’ladi. Bunda aholini ovqat mahsulotlari bilan markazlashtirilgan holda
ta’minlash va umumiy ovqatlanish korxonalari sonining va salmog’ining o’sib
borishini hisobga olish lozim.
Umumiy ovqatlanish, savdo korxonalarida va bozorlarda xom go’sht
mahsulotlarini tayyor mahsulotlardan ajratib qo’yish,
ularni tashish, saqlash va
sotish talablariga qat’iy rioya qilish zarur.
Salmonellyozlarga yo’l qo’ymaslik uchun umumiy ovqatlanish va savdo
korxonalarida tegishli sanitariya-gigiyena tartibini yaratish juda muhimdir.
Ovqatlanish ob’ektlarida ishlovchilar zarur sanitariya-gigiyena qoidalarini
bilishlari shart. Oziq-ovqat korxonalari xodimlarining yurish turish va shaxsiy
gigiyena qoidalariga rioya qilishi ustidan muntazam nazorat qilib borish zarur.
Go’shtni, ayniqsa go’sht qiymasini, Shuningdek go’shtdan
tayyorlangan
mahsulotlarni saqlashga va sotishga alohida talablar qo’yiladi. Bu mahsulotlarni
faqat sovitgich kameralarida va xolodilniklarda saqlash zarur. Bunday sharoitlarda
go’sht qiymasi 1 kecha kunduz mobaynida sotib yuborilishi lozim. Tayyor go’sht
mahsulotlari 3 soat saqlangandan keyin ularda salmonellalar to’planib qolgan
bo’lishi mumkin, Shuning uchun bu go’sht takror qovuriladi yoki pishiriladi.
Sut va sut-qatiq mahsulotlariga texnologik ishlov berish, ularni saqlash va
sotish ustidan nihoyatda qatiy sanitariya nazorati o’rnatish zarur. Sut
mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish jarayonida
ortiqcha ishlov berish man
qilinadi, chunki bunda texnologik jarayon buziladi, ya’ni me’yoridan ortiqcha
mahsulotlarning mikroblar bilan zararlanishiga olib keladi. Oziq-ovqat
korxonalarini nazorat qilganda kemiruvchilar,
pashshalar, suvaraklarga qarshi
kurashishga e’tibor berish zarur.
Umumiy ovqatlanish ob’ektida salmonellyozning oziq-ovqat orqali
tarqalishining oldini olish kerak.
Bu choralar quyidagi 4 ta asosiy yo’nalish bo’yicha amalga oshirilishi zarur.
1. Oziq-ovqat mahsulotlarining salmonellalar bilan zararlanishini bartaraf
qilish.
2. Salmonellalarning ovqatda ko’payishiga yo’l qo’ymaslik.
3. Oziq-ovqat mahsulotlarini pishirish yo’li bilan undagi salmonellalarni
yo’qotish.
4. Tayyor mahsulotlarni to’g’ri saqlash va
ularni sotishni belgilangan
muddatda olib borish.
Dostları ilə paylaş: