136
Go’sht va go’sht mahsulotlarining ifloslanishiga quyidagilar yordam beradi:
- ro’yirost kasal bo’lgan yoki klinik alomatlarsiz
bakteriya tashuvchi
hayvonlarni so’yish uchun yuborish;
-
so’yishdan oldingi tartibning buzilishi
hayvonlar organizmida
salmonellalarning endogen yo’l bilan tarqalib ketishiga yordam beradi; .
- nimtalarni va go’sht mahsulotlarini etarlicha sovutmaslik;
-
salmonella
tashuvchilarning
ish jarayonida go’sht va go’sht
mahsulotlarining sanitariya-veterinariya ekspertizasi qoidalariga rioya qilmaslik.
Qushxonalarda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishi zarur:
1. Qabul paytida ozg’in va kasal hayvonlarni sog’lom hayvonlardan ajratish,
ayni paytda buzoqlarga va yosh cho’chqalarga alohida e’tibor berish.
2. Salmonellyozlar tez-tez uchrab turadigan xo’jaliklardan
olib kelingan
hayvonlarni maxsus belgilangan kunlarda so’yish va keyin dezinfeksiya qilish.
3. Texnologik jarayonda go’sht va go’sht
mahsulotlarini qaytadan
salmonellalar bilan zararlanishiga yo’l qo’ymaslik, go’sht va go’sht mahsulotlarida
hamda ishchi xodimlarning qo’llarida salmonellalar bor-yo’qligiga oid
bakteriologik tekshiruvlar sonini ko’paytirish.
4. Qushxonalarda dezinfeksiya qilinishini tekshirib borish.
5. DSENMning veterinariya xodimlari bilan birgalikda sanitariya-gigiyena va
veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilinishini va bajarilishini tekshirish.
6. Ishga yangi qabul qilinadigan kishilarni
bakteriologik tekshirishdan
o’tkazish.
Dostları ilə paylaş: