O‘. R. Salomov, kelgusida “Xizmat ko‘rsatuvchi”



Yüklə 31,67 Kb.
səhifə1/3
tarix26.11.2023
ölçüsü31,67 Kb.
#135507
  1   2   3
TTJ Shartnoma20222023 (2)


Sh A R T N O M A №________
(turar joy bilan ta’minlash va foydalanish to‘g‘risida)

«_____» _______________ 202__ yil Farg‘ona shahar.


Farg‘ona politexnika instituti rektori O‘.R.Salomov, kelgusida “Xizmat ko‘rsatuvchi” deb yuritiladi, ikkinchi tarafdan “______________________ “ fakulteti ___________ guruh talabasi ____________________________________________, kelgusida “Mijoz” deb yuritiladi va uchinchi tarafdan uning ota yoki onasi _________________________________________________ quyidagi shartnomani tuzdilar.
I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. “Xizmat ko‘rsatuvchi” “Mijoz”ni yo‘llanmasiga muvofiq institut talabalari turar joyidan xona ajratadi va soz holatdagi mebel jixozlari bilan ta’minlaydi.
II. SHARTNOMA NARXI
2.1. Talabalar turar joyida yashash uchun bir talabaga 1 oyga 2022-2023 o‘quv yili uchun to‘lov miqdori shartnoma tuzilgan sanadan e’tiboran 100 000 (yuz ming) so‘m etib belgilanadi.
2.2. Talabalar turar joyi sentabr oyidan boshlab, 10 oy muddatga (asos: institut kengashi 2022-yil 30-avgust kungi 12-sonli yig‘ilish bayoni) foydalanish uchun beriladi.

III. HISOB-KITOB QILISH TARTIBI
3.1. “Mijoz” shartnomaning 100% to‘lov miqdorini ariza to‘liq imzolangach 1 kun muddat ichida to‘laydi. Bunda hisobchi tomonidan hisoblab berilgan summa mijoz tomonidan to‘lanadi.
3.2. “Mijoz” to‘lovni 100% ni amalga oshirgandan so‘ng “Xizmat ko‘rsatuvchi” tomonidan turar joy bilan ta’minlanadi.
3.3. To‘lov miqdorini qismlarga bo’lib to’lash masalasi tomonlarning o’zaro roziliklariga asosan amalga oshriladi.
IV. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
4.1. “Xizmat ko‘rsatuvchi” majburiyatlari:
- “Mijoz” ni o‘rnatilgan tartibda xona va mebel jixozlari bilan ta’minlaydi;
- “Mijoz” shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lovlarni amalga oshirmagan va biriktirilgan mebel va boshqa jihozlarni nosoz holga keltirganda talabalar turar joyidan chetlatish va yetkazilgan zararni undirish choralarini ko‘radi.
- “Mijoz” tomonidan to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini va biriktirilgan mebel hamda boshqa jihozlarni soz holatda saqlanishini nazorat qiladi.
4.2. “Mijoz” ning majburiyatlari:
- belgilangan tartibda xonani o‘ziga biriktirilgan mebel jihozlari bilan qabul qilib oladi. Mebel va boshqa jihozlarning nosozligi aniqlanganda bino komendantiga xabar beradi va kamchiliklarni bartaraf etilishini talab qiladi;
- o‘ziga ajratilgan xona uchun shartnomada belgilangan muddatlarda to‘lovlarni amalga oshiradi va talabalar turar joyidagi mebel va boshqa jihozlarga zarar yetkazgan chog‘ida qoplash choralarini ko‘radi;
- talabalar turar joyida umumiy foydalanishda bo‘lgan maishiy va santexnika jihozlaridan foydalanishda o‘rnatilgan tartibga rioya qiladi.
- Institut ichki tartib-qoidalari va TTJning tartib-qoidalariga muvofiq kun tartibiga qat’iy amal qiladi
- Kech soat 21-00da uzrli sabablarsiz TTJ hududidan chiqmaslik to’grisidagi talabga bo’ysinadi.

Yüklə 31,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin