O sharafiddinov Tanqidchilik kaspi haqida sharafiddinov ozod Obidovich



Yüklə 26,37 Kb.
tarix25.11.2023
ölçüsü26,37 Kb.
#134665
O sharafiddinov Tanqidchilik kaspi haqida


O sharafiddinov Tanqidchilik kaspi haqida
SHARAFIDDINOV Ozod Obidovich (1929.1.3, Qoʻqon sh. Oxunqaynar qishlogʻi) — adabiyotshunos olim, tanqidchi. Oʻzbekiston Kahramoni (2002). Filol. fanlari nomzodi (1954), prof. (1979). Oʻrta Osiyo untini tugatgan (1951). ToshDUning oʻzbek filologiyasi ftida dotsent, prof. (1955 — 95), «Tafakkur» jur. da bosh muharrir oʻrinbosari (1996—97), «Jahon adabiyoti» jur. bosh muharriri (1997-y. dan).
Sharafiddinov 20-a. ning 60y. laridan adabiyotshunos sifatidatanilgan. «Zamon. Qalb. Poeziya» (1962) kitobida adabiy asarlarni badiiylik qonuniyatlari nuqtayi nazaridan tadqiq etgan. Uning tadqiqotlari adabiyotni milliy gʻoyalar va adabiy qonuniyatlar asosida tahlil qilishga bagʻishlangan. «Adabiy etyudlar» (1968) kitobida ijodkor shaxsi va uning badiiy asardagi oʻrni masalalari talqinqilingan. «Yalovbardorlar» (1974), «Isteʼdod jilolari» (1976) toʻplamlariga kiritilgan ilmiy maqolalari adabiy ijoddagi anʼanalar, mumtoz adabiyotni oʻrganish vositalari va jahon adabiyotini oʻrganish muammolari haqida. Sharafiddinov oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligida milliy va jahon adabiyoti anʼanalarini uygʻun qabul qilish tamoyillarini boshlab berdi.
Sharafiddinov «Birinchi moʻjiza» (1979), «Talant — xalq mulki» (1979), «Adabiyot — hayot darsligi» (1980), «Hayot bilan hamnafas» (1983), «Goʻzallik izlab» (1985) asarlarida oʻzbek sheʼriyati, nasri va tanqidchiligining muqim muammolarini yoritgan.
Sharafiddinovning munaqqidlik faoliyatida 2 davr koʻzga tashlanadi. Birinchi davr shoʻro totalitar tuzumida kechgan boʻlib, unda adabiyotni totalitar mafkura gʻoyalaridan himoya qilish, adabiy qonuniyatlar asosida tadqiqotlar olib borish muammolari tadqiq etilgan («Zaharxanda qahqaha», 1962; «Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi», 1979; «Yurtin madhi boʻldi soʻnggi satri ham», 1979; «Sheʼr koʻp, ammo shoirchi?», 1983). Ikkinchi davr munaqqid faoliyatida asosiy davr boʻlib, u istiqlol yillaridagi ijodini qamrab oladi. Bu davrda Sharafiddinov milliy adabiyotni shakllantirish muammolari, oʻzbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligini qayta qurish, jahon adabiyoti anʼanalarini oʻzlashtirish hamda tarjima sanʼatini yuksaltirish masalalarini tadqiq etgan («Bir tilda gaplashaylik», 1987; «Magʻzi puch soʻzlardan bir tosh nari qoch», 2000; «Qaydasan, Moriko», 2002).
Sharafiddinov oʻzbek adabiyotini jahon adabiyoti bilan uygʻun tarzda oʻrganish anʼanasini boshlab bergan. Sharafiddinovning «Istikdol fidoyilari» (1993), «Sardaftar sarlavhalari» (1999), «Maʼnaviy kamolot yoʻllarida» (2001) kitoblarida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Choʻlpon, Usmon Nosir, Abdulla Qahhor, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Maqsud Shayxzoda, Otajon Hoshimov ijodi yangicha nuqtayi nazardan tahlil etilgan. «Choʻlponni anglash» (1993) asarida esa yangi oʻzbek tanqidchiligi 20-a. da bosib oʻtgan murakkab yoʻlni talqin, tahlil qilgan, koʻplab munaqqidlar ijodi, estetik prinsipini Choʻlpon ijodiga munosabat nuktai nazaridan yoritgan. Sharafiddinov «20asr oʻzbek adabiyoti tarixi» oʻquv dasturi (1997), «20asr oʻzbek adabiyoti» (1999) darsligi mualliflaridan.
Sharafiddinov ijodining choʻqqisi «Ijodni anglash baxti» (2004) kitobidir. Unda oʻzbek adabiyotiiing jahon adabiy jarayonida tutgan oʻrni va ilmiymaʼnaviy oʻzanlari tadqiq etib berilgan.
Sharafiddinov tarjima sanʼatiga tanqidchilik konsepsiyasini olib kirdi. L. Tolstoyning «Iqrornoma», P. Koeloning «Kimyogar», A. Sevelaning «Toʻxtating samolyotni, tushib qolaman» asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1970), «Mehnatshuhrati» (1997), «Buyuk xizmatlari uchun» (1999) ordenlari bilan mukofotlangan.
Ac: Mohiyat va muhabbat, T., 1994; Sardaftar sahifalari, T., 1999; Maʼnaviy kamolot yoʻllarida, T., 2001; Dovondagi oʻylar, T., 2004; Ijodni anglash baxti, T., 2004.

Zamonaviy milliy ziyolilarning jasur va faol, hozirjavob vakillaridan biri hisoblangan Ozod Sharafiddinov atoqli olim, murabbiy, publitsist va tarjimon sifatida mashhurdir. U ilmiy faoliyatida o‘z­bek filologiyasining dolzarb mavzularida qalam tebratdi. Jumladan, poeziya muammolari bilan shug‘ullandi, o‘zbek she’riyati haqida adabiy-tanqidiy maqolalar yozdi. O‘sha davrdagi ilmiy-ijodiy, adabiy-tanqidiy izlanishlari “Zamon. Qalb. Poeziya” (1962) asarida o‘z aksini topgan. XX asrning 60-80-yillarida Cho‘lpon hayoti va ijodini targ‘ib qilishga intildi.


Ozod Sharafiddinov o‘zbek adabiyotining Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Zul­fiya singari namoyandalari haqida adabiy portretlar yaratdi. Olim ijodida o‘zga adabiyotlar namoyandalari ijodi haqida yaratilgan “Yalovbardorlar” (1974) adabiy-tanqidiy ocherklar kitobi muhim o‘rin egallaydi. XX asrning 60-yillaridan XXI asrgacha bo‘lgan o‘zbek adabiy jarayonidagi holatlarni “Talant – xalq mulki” (1979), “Adabiyot – hayot darsligi” (1981), “Go‘zal­lik izlab” (1985), “Haqiqatga sadoqat” (1988), “Sardaftar sahi­falari” (1999), “Prezident” (2003) singari asarlarida aks ettirdi.
Mustaqillik yillarida Ozod Sharafiddinov ham adabiy tanqidchi, ham tarjimon, ham jamoat arbobi sifatida ulkan ishlarni amalga oshirdi. “Cho‘lpon” (1991), “Cho‘lponni anglash” (1994) kitoblari, “E’tiqodimni nega o‘zgartirdim” (1997) asarlarida munaqqidning estetik prinsiplari aks etgan. O‘z­bek adiblari, madaniyat-san’at arboblari, olimlar haqida o‘n­lab maqolalar yozdi.
U jahon adabiyotining ko‘plab namoyandalari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. “Ko‘lmak suvda quyosh parchasi” (Fransuaza Sagan), “Qadimgi xitoy nasri namunalari”, “Monu­mental targ‘ibot” (Vl. Voynich), “Alkimyogar” (Paulo Koelo) sin­gari asarlar shular jumlasidan.
Atoqli olim o‘tgan asrning 60-yillaridan adabiyotshu­nos sifatida tanilgan. “Zamon. Qalb. Poeziya” (1962) kitobida adabiy asarlarni badiiylik qonuniyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etgan. Uning tadqiqotlari adabiyotni milliy g‘oyalar va adabiy qonuniyatlar asosida tahlil qilishga bag‘ishlangan. “Adabiy etyudlar” (1968) kitobida ijodkor shaxsi va uning badiiy asardagi o‘rni masalalari talqin qilingan. “Yalov­bardorlar” (1974), “Iste’dod jilolari” (1976) to‘plamlariga kiritilgan ilmiy maqolalari adabiy ijoddagi an’analar, mumtoz adabiyotni o‘rganish vositalari va jahon adabiyoti tajribalarini tadqiq va tahlil qilishga bag‘ishlangan. Olim ijodining cho‘qqisi – “Ijodni anglash baxti” (2004) kitobida o‘zbek adabiyotining jahon adabiy jarayoni­da tutgan o‘rni va ilmiy-ma’naviy o‘zanla­ri tadqiq etib berilgan.
Ozod Sharafiddinov “XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi” o‘quv dasturi (1997), “XX asr o‘zbek adabiyoti” (1999) darsligi mual­liflaridan.
Mustaqil yurtimizda birinchi marta 1997-yilda “Jahon adabiyoti” jurnali tash­kil etildi. Dunyo badiiyatining eng yaxshi namunalarini o‘zbek kitobxonlariga yetka­zish mo‘ljallangan va milliy adabiyoti­miz tajribalarini jahon miqyosida omma­lashtirishni ko‘zda tutgan mazkur nashrning birinchi bosh muharriri sifatida adabiy jamoatchilik orasida katta mavqega ega bo‘lgan olim Ozod Sharafiddinov tanlandi. Ezgu niyatlar bilan tashkil qilingan jur­nal ilk sonlaridanoq o‘z mushtariylarini topdi. Hozirgacha chop etilgan sonlarida dunyo adabiyotining turli janrlariga xos ko‘plab namunalar ona tilimizda kitob­xonlarga taqdim etildi. Ayni kunlarda ham nashr jamoasi birinchi bosh muharrir, ustoz Ozod Sharafiddinov an’analarini davom ettirib, “Jahon adabiyoti” sahifala­rida yetti iqlimning eng nodir so‘z mo‘ji­zalarini e’lon qilib kelmoqda.
Yetuk adabiyotshunos olim va tarjimon Ozod Sharafiddinov umrining oxirlarida og‘ir xastalikni boshdan kechirdi. Taqdir­ning bu sinoviga ham mardona dosh berib, barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tdi. Qancha og‘ir bo‘lmasin, dolzarb mavzularda maqo­lalar yozib, adabiy jarayonda peshqadam ijodkorlardan bo‘ldi. Ayniqsa, ustozning tarjimonlik borasidagi ishlari alohi­da tahsinga loyiq. Bir zum ham qalamini qo‘ldan qo‘ymay, turli janrlardagi ko‘plab asarlarni o‘zbekchalashtirdi. Og‘ir bemor­likdagi bunday sermahsul, yuksak saviyadagi faoliyatni zamondoshlari yuksak matonat sifatida tan olishdi. Olimning hozirja­voblik, shavq va ilhom bilan yozilgan asarlari adabiyotshunoslikning o‘ziga xos namu­nalari bo‘lib qoladi.
Yüklə 26,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin