O ’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Horijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari ro‘yxati



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə13/43
tarix13.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#140194
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
Xorijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish

Horijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari ro‘yxati

Hindiston mamlakatidan

Qora murch

Piper nigrum L.

Qalampirmunchoq daraxti

Eugenia caryophyllata (Thunb)

Kardamon

Amomum meleguete Rosc

Kuchala daraxti

Strychnos nux vomica

Xitoy mamlakatidan

Tangut rovochi

Rheum palmatum L. var tanguticum Maxim.

Dolchin (koritsa)

Cinnamomum tamala Ness

Kamforali dolchin

Cinnamomum camphora (L.)

Amerikadan

Xin daraxti

Cinchona Succiruba Pav.

Kauchuk daraxti

Hevea brasiliensis Muell.

Kakao daraxti

Theobroma Cacao L.

Tamaki

Nicotiana tabacum L.

Kola daraxti

Cola nitida (Went.)

Afrikadan

Eritroksilon koka

Erythroxylon Coca Lam.

Strofant kombe

Strophanthus Kombe

Fizostigma

Physostigma venenosum Balf.

Sano

Cassia acutifolia Del.

Avstraliyadan

Evkalipt daraxti

Eucalyptus cinerea F.v. Muell.

1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Hindiston bilan savdo aloqani o‘rnatilishi arab davlatlari va Ovrupa tibbiyot amaliyotiga murch, qalampirmunchoq, kardamon, kuchala, chaulmug‘rol moyi va boshqalar, Xitoy bilan aloqa esa rovoch, dolchin, muskus, kamfora va boshqa shunga o‘xshash dorivor vositalarni berdi. Amerikani ovrupaliklar tomonidan kashf qilinishi tibbiyotni bir qancha yangi dorivor o‘simliklar, jumladan xin daraxtining po‘stlog‘i, kauchuk, kakao, chilim tamaki, qoqa va boshqalar bilan boyitdi; tropik Afrika davlatlaridan Ovrupa tibbiyot amaliyotiga kola yoig‘og‘i, strofant urug‘i, fizostigma mevasi, Avstraliyadan evkalipt barglari olib kelib qo‘shildi. Natijada arab tibbiyoti dorivor vositalar assortimenti Grek tibbiyotiga ma’lum bo‘lgan dorilardai tashqari Eron, Misr, Hindistonda ishlatiladigan hamda keyinchalik arablar yangidan bosib olib ishg‘ol qilgan davlatlar (Shimoliy Afrika davlatlari, Ispaniya va boshqalar) dorivor o‘simliklari hisobiga boyidi. So‘ngra, arablar hozirgi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston territoriyasida qadimdan joylashgan davlatlarni bosib olgandan so‘ng bu dorivor vositalar xazinasi shu xalqlarga ham xizmat qila boshladi.


Shunday qilib, uzoq davrlar davomida insonlar kasalliklarini davolash uchun o‘simliklarni tanlab olish masalasiga tayangan tajribalar asosida va ongli ravishda yondoshish hamda ota-bobolarimizning boy tajribalarini avaylab saqlash va ularni avloddan-avlodga etkazib berish natijasida hozirgi O‘rta Osiyo territoriyasida o‘zining an’analariga va dorilar vositasiga, jumladan dorivor o‘simliklariga ega bo‘lgan xalq tabobati vujudga keldi. Bu tabobat uzoq asrlar davomida, ehtimol boshlanish davrida grek tibbiyoti, keyinchalik arab an’anaviy tibbiyoti ta’sirida taraqqiy etgan. Shuning uchun ham u o‘z amaliyotida kasallarni davolashda mahalliy dorivor o‘simliklar bilan bir qatorda ko‘p miqdorda xindlar, arablar va boshqa chet xalqlarning dorivor vositalaridan foydalangan. Hozirgi kunda an'anaviy tibbiyot (xalq tabobati) xalq zakovati bilan sug’orilgan juda boy va ulkan tajriba bilimlar majmuasidir. U ilmiy (rasmiy) tibbiyotni yangi, samarali dorivor preparatlar bilan boyituvchi bitmas tuganmas manbadir. Xalq tabobatining bu soxadagi qimmati, tutgan o‘rni bebahodir. Buning uchun misol tariqasida hozirgi zamon tibbiyotida qo‘llaniladigan shifobaxsh o‘simliklarni ko‘pchiligi o‘z vahtida xalq tabobati dorivor vositalar xazinasidan olinganligini yoki xozirgi zamon ilmiy tibbiyotining o‘zi xalq tabobati asosida taraqqiy etganini eslash kifoyadir.
O‘zbekiston xalq tabobatida ishlatiladigan va Respublikada yovvoyi holda o‘sadigan hamda o‘stiriladigan o‘simliklardan bir qanchasining farmakologik ta’siri va kimyoviy tarkibi chuqur o‘rganildi. Natijada ularning ayrimlari rasmiy tibbiyotda dorivor vosita sifatida ishlatish uchun ruxsat etildi va ishlatilmoqda(2-jadval).
Oddiy isiriq, Turkiston arslonkuyrug‘i, Turkiston adonisi, teshik (oddiy) dalachoy, dag‘al dalachoy, Regel qo‘ziqulog‘i, gulbandli kiyiko‘t, gangituvchi buzulbang, maydagul tog‘rayhon va soxta yantoq o‘simliklarining o‘ti (yer usti qismi), dorivor tirnoqgul, sertuk xandeliya va Samarqand bo‘znochi gullari, do‘lana va itburun na’matak mevalari, sariq andiz va danakli oqquray ildizlari (yer osti organlari), anjir bargi va makkajo‘xori onalik ustunchasi og‘izchasi bilan, termopsis va boshqalar shular jumlasidandir
Keyingi bir necha o‘n yillar davomida butun dunyoda tibbiyot sohasida o‘simliklarga, ayniqsa, xalq tabobati dorivor o‘simliklariga bo‘lgan qiziqish tobora oshib bormoqda. Ko‘pchilik ilmiy markazlarda o‘simliklar har taraflama va chuqur o‘rganildi va natijada bir qancha yangi, yuqori samarali fitopreparatlar yaratildi.
1960-1990 yillar ichida sobiq Sovet davlatida 100 dan ortiq fitopreparatlar yaratildi va tibbiyot amaliyotiga joriy etildi. Shulardan bir qismi yuqorida aytilganlarga dalil sifatida bu yerda keltirildi: avisan, aymalin, alanton, askorutin, asmatin, befungin, beosid, gindarin, gossipol, kaleflon, kardiovalen, qarotolin, kellin, konvaflavin, laminarid, linetol, mukaltin, novoimanin, pastinatsin, plantaglyusid, raunatin, rozevin, rutin, salvin, solsolidin, flakorbin, floverin, xlorofillipt, esflazid va boshqalar.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin