O ’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə18/43
tarix13.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#140194
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43
Xorijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish

Uchinchi bosqichda tajriba- sanoat miqyosida o‘rganilayotgan o‘simlik turi mahsulotini ishlab chiqarish, ya’ni texnologiyasini iqtisodiy samaradorligini o‘rganiladi.
Tajriba-sanoat miqyosida o‘simlikni ishlab chiqarish sinovi, o‘simlikni o‘stirish texnologiyasini, o‘stirilayotgan joyga moslab ishlab chiqiladi. Tajriba maydoni odatda 0,1-0,5 ga. (gektor) tashkil qiladi. Bunda o‘simlikni sanoat miqyosida o‘stirishda qanday qishloq xo‘jalik texnologiyasini qo‘llash mumkinligi aniqlanadi. Bu esa o‘z navbatida yerni ekishga tayyorlash, sepiladigan va ekiladigan materialni tayyorlash, sepiladigan yoki ekiladigan muddat aniqlanadi, yig‘ish usuli va vaqti beligilanadi. Bu ishlar natijasi o‘simlikni ekishni texnologik kartasini tuzish hisoblanadi.
O‘simlik ekishni iqtisodiy tomondan narxi va olingan oxirgi mahsulot narxi, olib borilgan barcha ishlarga, ekish, yig‘ishni oxirigacha bo‘lgan texnologik jarayon (texnik agregatlar, ularni amortizatsiyasi, o‘g‘itlar va pestitsidlar narxi, urug‘ni tayyorlash, hosilni yig‘ish va boshqalarga qilingan sarf harajatlarni hisoblab belgilanadi. Bu ma’lumotlarni 1 sentr mahsulotga nisbatan hisoblanadi. Amaliyot ko‘rsatadiki hosildorlikni madaniylashtirib ekilayotgan o‘simlik mahsulotiga qilingan hisobni sanoat miqyosidagi narxini 50% ga kamaytirish zarur bo‘ladi, chunki sanoat miqyosida ishlab chiqarilayotganda, mahsulotni yig‘ishda mexanizatsiyani qo‘llashda, transportda tashishda va quritish va boshqa jarayonlardagi yo‘qotishlar (poteriya) tufayli. Iqtisodiy tomondan baholash tufayli, tayyor produktni-dorivor preparatni yoki substansiyani oldindan narxini baholash imkonini beradi.
Ko‘plab dorivor o‘simlik mahsulotlarini ekish texnologiyasini yirik maydonlarda, plantatsiyalarda ishlab chiqarishni harajatlari yuqori bo‘lganligi munosabati bilan sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni iloji bo‘lmadi, masalan tangut rovochi, podofill o‘simligi va boshqalar.
Shuning uchun birinchi navbatda ekish va shu bilan bog‘liq ishlarni quyidagi qator o‘simliklar bilan bir qatorda: igir, ko‘k bo‘tako‘z, vzdutoplodnik sibirskiy, astragal, datiska konoplevaya, tog‘rayhon, may marvaridgul va boshqa o‘simliklarni rejalashtirilmoqda. Shunday qilib dorivor o‘simliklarni introduksiyasi bilan bog‘liq ishlar kompleks xarakterga ega bo‘lib, u yoki bu etaplarda kerakli mutaxasislarni jalb qilishni (agronom, kimyogar, iqtisodchi (ekonomist) taqozo qiladi. Ammo ular asosida, o‘simliklarni o‘sishi uchun kerakligi ekologik muhitga asoslangan bo‘ladi.
Dorivor o‘simliklarni ekologiyasi farmakognoziyani ajralmas bir qismini tashkil qiladi, chunki atrof muhitdagi faktorlar biologik faol moddalarni to‘planishiga va shu orqali dorivor o‘simlik mahsuloti sifatiga qo‘yilgan talablarga mahsulot javob berishi yoki bermasligi bilan bog‘liq bo‘ladi. DO‘Mni tayyorlash ham o‘simlikni kimyoviy tarkibini dinamikasini aniqlash bilan bog‘liq bo‘ladi. Undan tashqari dorivor o‘simliklarni ekologiyasini o‘rganish natijalari ekilishi mo‘ljallanayotgan DO‘larni introduksiyasini fundamenti hisoblanadi.
Nazorat savollari

  1. Dorivor o’simliklar mahsulotini yillik miqdorini rejalashtirish qanday amalga oshadi.

  2. Dorivor o’simliklar mahsulotini yillik miqdorini hisoblash qanday amalga oshadi.


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin