XISOBOT TUZISH Hisobot, o‘zida metodikani tug‘riligini baholash uchun zarur bo‘lgan kerakli malumotlarni, bajarilgan ishni aniq va to‘g‘riligini, shuningdek bajarilgan ish natijalari tug‘risidagi axborotlarni to‘liq va har tomonlama bo‘lishini, bu esa foydalanishga qulay ekanligini o‘zida mujassamlashtirishi lozim. Hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
1. Ishga ta’luqli masalalarni, lozim bo‘lgan rayonlar ro‘yxatini. zahirasini o‘rganish kerak bo‘lgan dorivor o‘simliklar turini, shuningdek amalga oshiriladigan ishning kelishilgan bahosini.
2. O‘rganiladigan rayon haqida qisqacha ma’lumot; bunda rayonning asosiy yo‘llari; o‘rmon (qaysi o‘rmon turi ko‘rsatiladi), qishloq xo‘jalik yerlari va o‘tloq- yaylovlar egallab to‘rgan maydonning protsentli ifodasi ko‘rsatiladi va hokazo.
3. Ishning to‘liq uslubi qo‘yidagilar hisobga olgan xolda ko‘rsatiladi:
- qanday kartografik yo‘llanma qo‘llanmalaridan foydalaniladi va nima
uchun?
- xom ashyo zahirasini qanday usullar bilan (baholanadi) aniqlanadi (o‘simliklarning qaysi turlari o‘rganiladi, qaysilari aniq maydonlarni belgilash usuli bilan)?
- aniq maydonlar uchun joy qanday tanlanishi; ularning soni va ular egallagan maydon butun territoriyaning necha foizini tashkil qilishini;
- aniqlash maydonlaridan olingan natijalar ekstropolyasiyasi qanday olib boriladi?
Bundan tashqari, har bir turning hosildorligini aniqlovchi uslubni keltirish, ya’ni quyidagilarni ko‘rsatish lozim;
- hisoblash maydonchalarida qanday turlarga baho beriladi (ular soni, o‘lchamlari, tanlash usuli);
- qaysilari - proektiv qoplanish usulida olingan maydonlarda;
- qaysilari - namunaviy nushalar usulida (har bir turning namunaviy nushalar soni, ular sonini maydon birligida aniqlash usuli);
-ximoyaviy taxlil o‘tkazilganda - qanday usullardan foydalaniladi?
Nazorat savollari 1. Dorivor o’simlik xom ashyosi zaxirasini aniqlashda ma'lum usulni tanlash nimaga asoslangan bo’ladi.
2. Dorivor o’simliklar zaxirasini aniqlash usullari.
3. Biologik zaxira deb nimaga aytiladi va qanday topiladi?
4. Eksplutasion zaxira deb nimaga aytiladi va qanday topiladi?