Ilovalar:
“Dorivor o’simliklar resursshunosligi” FANINING SILLABUSI
(2021/2022 o‘quv yili)
Kafedra nomi:
|
Dorivor o’simliklar va botanika
|
O‘qituvchi haqida ma’lumot:
|
Abduraimov Azizbek
|
Abduraimov2017@inbox.ru
|
Semestr va o‘quv kursining avomiyligi
|
Semestr va jami soat
|
O‘quv soatlari xajmi:
|
jami:
|
112
|
shuningdek:
|
|
Ma’ruza mashg’uloti
|
24
|
Labaratoriya mashg’uloti
|
36
|
Mustaqil ta’lim
|
52
|
Yo‘nalish nomi va shifri
|
Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi
|
5411100
|
|
|
Kursning predmeti va mazmuni: Fanning mazmuni
“Dorivor osimlik resursshunosligi” fani mutaxassislarga O’zbekiston florasiga mansub tabiiy dorivor o’simliklar turlari, ularni tarqalish areali, bioekologiyasi, tabiiy populyatsiyasi va resurslari, ularning muhofazasi hamda ulardan oqilona foydalanish haqida atroflicha ma’lumot beriladi va o’rgatadi. O’zbekiston florasi o’zining xilma-xil nabotot olami bilan alohida ajralib turadi. Shularni inobatga olgan holda ularni zaxiralari va muhofaza choralari alohida belgilanadi. “Dorivor o’simliklar resursshunosligi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 4-kursda o’qitilishi maqsadga muvofiq. Shu bois, ularning zaxirasi va resurslari, yangi dorivor o’simlik turlarini izlab toppish va dorivor o’simliklarni muhofazasi uchun atroflicha o’rganish, ularnu madaniylashtirish va maxsus plantatsiyalarni barpo etishda asos bo’lib xizmat qiladi. Mazkur fan dorivor o’simliklar turlarining bioekologik xususiyatlari va muhofaza qilish usullarini o’rganish va madaniylashtirish usullarini o’rgatishni o’z ichiga oladi.
|
Kursni o‘qitishning maqsadi va vazifalari:
O’zbekiston florasiga mansub dorivor o’simliklar turlari, ularni populyatsiyasi va zaxiralari hamda muhofaza qilish chora-tadbirlarini o’rgatish.
O’zbekiston florasida asosiy dorivor o’simliklar turlarining geografik tarqalishi, bioekologik xususiyatlari va populyatsiyasi hamda zaxiralarini o’rganish va muhofaza choralarini nazariy va amaliy asoslarini o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
|
MAVZU:DORIVOR O’SIMLIK RESURSSHUNOSLIGI FANIGA KIRISH
O‘zbekiston relefini xar-xilligi tufayli, tuprog‘i va o‘simlik olami har xil bo‘ladi. Eng pastki yerlarda asosan cho‘l o‘simliklari tarqalgan. Yerlari qum, taqirlardan iborat. Tuproq tarkibi yuqoriga qarab o‘zgarib boraveradi.
O‘zbekistonda 4150 atrofida o‘simliklar turlari uchraydi. O‘sadigan yovvoyi o‘simliklarni 700 ga yaqin turi dorivor hisoblanadi.
O‘zbekiston florasi o‘simliklar olamida alohida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Muzliklar davridan so‘ng hosil bo‘lgan “Arkto-alpiyskiy” o‘simliklar tog‘ va tog‘ yon bag‘irlarini egallaydi. Bu o‘simliklar tekislikdan tog‘ tomonga 1500-1700 metrgacha etib boradi.
Janubiy pastroq zonalarda efemeroidlarga xos. Efemeroidlarni diferensiatsiyasi va ko‘payishi asosan tuproq tarkibiga qarab boradi. Efemerlar yirik formatsiyalar hosil qiladi. Efemeroidlar formatsiyasi bilan bir qatorda tekislik, dasht, qir (step) formatsiyalari rivojlanib borgan.
Dasht formatsiyalari boshqa yerlardan farqliroq tog‘ va cho‘l zonalariga kirib boradi. Tog‘ o‘simliklari o‘ziga xos farmatsiyalar xosil qiladi. Bu farmatsiyalarda uchraydigan assotsiatsiyalar ko‘proq kserofit o‘simliklardan iborat.
Respublikamizda olib borilgan resursshunoslik ishlarini taxlil qilib, yovvoyi dorivor o‘simliklarga boy 5 ta viloyatlar ajratib olingan: Samarqand, Jizzax, Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari.
Samarqand viloyati respublika markazida joylashgan bo‘lib, Zarafshon sohiliga kiradi. Hozirgi kunda viloyat 14 ta tumandan iborat. Samarqand viloyatini relefi asosida uchga bo‘lish mumkin.
- SHimoliy Nurota tog‘lari yon bag‘ri.
- O‘rtasi-Zarafshon sohillari.
- Janubida-Zarafshon tog‘ini adirlari.
Nurota atrofidagi vodiylar cho‘l zonasiga kiradi. Vodiyga xos farmatsiya- ermon- Artemisia diffusa.
Dostları ilə paylaş: |