MAVZU: KARTOGRAFIK MATERIALLARNI TAYYORLASH
Mahsulot tayyorlashni uyushtirish va amalga oshirish uchun mahsulotni sanoat miqiyosida tayyorlash mumkin bo‘lgan miqdor - ekspluatatsion zapas haqidagi ma’lumotlar sxematik kartalarda aks ettiradi. Bunday kartalar dala sharoitlarida ish olib borganda foydalaniladi va quyidagi kartografik materiallar asosida tuzilishi mumkin. Topografik yirik masshtabli, geobotanik, yer tuzilishini aks ettiruvchi kartalar, o‘rmonlarning joylashishi planlari o‘rmon ho‘jaligi sxemalari, o‘rta va mayda masshtabli adminstrativ kartalar.
Har bir kartalar turi va masshtabiga ko‘ra turli maqsadlar uchun hizmat qiladi. Yirik masshtabli sxematik kartalar va planlar (1:25000; 1:1000) rayon miqyosidagi o‘simlik o‘sadigan maydonlar joylashishini aks ettiradi. Bu kartalarni rayon miqyosida mahsulot tayyorlashda, mahsulot yig‘uvchilarni marshrut yo‘llarini, belgilab chiqishda, xosildor joylarni qidirib topishda, shuningdek tayyorlashda uzoq muddatga mo‘ljallab karta-sxemalar tuzishda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘rta masshtabli sxematik kartalar (1: 600000), viloyat va o‘lka administrativ (kartalarning) kartografiyasi asosida tuzilgan bo‘lib, mahsulot tayyorlashni alohida rayonlar va viloyatlar, o‘lka, Avtonom respublikalari bo’yicha planlashtirishda foydalanish imkonini beradi.
Tayyorlashni rayonlashtiruvchi mayda masshtabli (1:1000000; 1:25000000) kartalar maxsulot tayyorlashni viloyat, o‘lka va avtonom respublikalar bo‘yicha planli taqsimlashga, shuningdek rayonlarni ma’lum bir tur uchun dorivor o‘simlik mahsuloti tayyorlashga ixtisoslashtirishga mo‘ljallanadi.
HAR YILGI TAYYORLOV XAJMINI HISOBLASH
Xom ashyoning ekspluatatsion zahirasi - bu o‘simlik o‘sadigan maydondan bir marta yig‘ilganda qancha xom ashyo yig‘ish mumkinligini ko‘rsatadi.
Faqat xom ashyo sifatida mevasi ishlatiladigan dorivor o‘simliklarningina o‘sha joyining o‘zidan qayta yig‘ish mumkin ekanligi isbotlangan.
Bunday xollarda ekspluatatsion zahiralarning yig‘indisi barcha o‘simliklar yig‘iladigan maydondan har yilgi tayyorlash mumkin bo‘lgan hajimga teng bo‘ladi. Boshqa xollarda, har yilgi yig‘ish mumkin bo‘lgan hajmni hisoblash uchun, tayyorlashdan so‘ng o‘simliklarning yana necha yildan keyin xom ashyo o‘zining boshlang‘ich zahirasiga tenlanishini bilish zarur.
Hozirgi vaqtda faqat 28 tur o‘simliknigina qayta tiklanish muddati tajriba ma’lumotlari asosida aniqlangan. Qolgan turlar uchun bu davrning davom etish belgilanmagan va faqat tayyorlash davrini taxminan quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
- gul tuplamlari vay er ustki qismi (bir yillik o‘t o‘simliklar) bir yilda 1 marta:
- yer ustki qismlari ko‘p yillik o‘t o‘simliklar uchun 4-6 yilda 1 marta: ko’pchilik o‘simliklarning yer ostki qismlari uchun 15-20 yilda kamida 1 marta.
Xom ashyoning yillik tayyorlash hajmi o‘simlik ekspluatatsion zahirasining tayyorlov davriga nisbati bilan aniqlanadi. Tayyorlov davri o‘simlikni yig‘ilgan yili va uning qayta tiklanish muddatini o‘z ichiga oladi. Masalan, agar tog‘rayhonning ekspluatatsion zahirasi 200 kg ni tashkil etsa, u 4 yilda qayta tiklanadi. bunda shu rayhonning har yilgi tayyorlash mumkin bo‘lgan hajm 40 kg dan oshmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |