O ’zbekiston respublikasi o’liy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


MAVZU:O’SIMLIKLARNI SISTEMATIK HAYOTIY VA EKOLOGIK TARKIBI



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə7/43
tarix13.12.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#140194
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Xorijiy mamlakatlardan keltirilgan dorivor oʻsimliklar va ulardan foydalanish

MAVZU:O’SIMLIKLARNI SISTEMATIK HAYOTIY VA EKOLOGIK TARKIBI

A.L.Taxtadjyana (1966) sistemasi bo‘yicha O‘zbekiston o‘simliklar qoplamasi 138 yoki 145 oila turlarini tashkil etadi. Xammasi bo‘lib 1028 turkum, 4230 tur, ulardan 79 oilalardan 492 tasi madaniylashtirilgan yoki ko‘paytiriladigan o‘simliklar xisoblanadi. Shulardan 26 tasiga faqat madaniylashtirilgan yoki ko‘paytiriladigan turlari kiradi. 138 oilasidan qolganlari: 98 tasi bir xil turkumga kiradigan 20 ta oila va 22 ta mono tip turlari kiradi.


Yirik oilalar 1 – jadvalda turlarning kamayib borishi bilan joylashtirilgan. 1 – o‘rinda - Asteraceae (Compositae), 2 – o‘rinda Fabaceae (Leguminosae), 3- o‘rinda Roaseae (Gramineae)
Bizning florada endem foizi juda past – 390 tur yoki 9,2%, O‘rta Osiyo florasida esa endemlar 3336 tur yoki 46% ni tashkil etadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston maydoni yagona floristik hudud emasligini tasavvur etadi. Shuning uchun bu endem ma’lumotlari formalniy xisoblanadi. Endem o‘simliklarining ko‘pchiligini quyidagi oilalar tashki etadi: Asteraceae — 84, Fabaceae — 70, Apiaceae —39, Lamiaceae —35, Polygonaceae — 26, Liliaceae — 23, Caryophyllaceae—16, Poaceae—11.
Bizning florada yovvoyi xolda uchraydigan (begona o‘t o‘simliklar bilan xisoblaganda) umumiy turlar soni quyidagini tashkil etadi:
umumiy soni – 4000 atrofida:
cho‘l (200-350 m) –1100;
adir (350-1400m) -1330;
tog‘ (1400-2600m) -1523;
yaylov (2600-4000m) -555.
Shunday qilib, tog‘da eng ko‘p, yaylovda eng kam tur o‘simliklar uchraydi.
Saxro joylarni qamrab olgan tekisliklar, asosan daryo bo‘ylari va oazislarda juda ko‘p 1100 tur tarkib topgan. SHuni aytish mumkinki, yuqorida ko‘rsatilgan ma’lumotga asoslanib, 400 turi suvda o‘sadigan o‘simliklarga, begona o‘tlarga xamda boshqa nam joylardan kirib kelgan turlarga kiradi. 700 turi esa, asosan saxro ga to‘g‘ri keladi.
Tekis cho‘l zonalarda birinchi o‘rinda Chenopodiaceae; keyin - Poaceae (Gramineae), Asteraceae (Compositae) va Polygonaceae oila turlari uchraydi;
Adirlarda birinchi o‘rinda Fabaceae (Leguminosae), keyin - Poaceae, Apiaceae (Umbelliferae) va Lamiaceae oila turlari uchraydi;
Tog‘larda birinchi o‘rinda Asteraceae, keyin - Fabaceae, Lamiaceae, Poaceae oila turlari uchraydi;
I bo‘lim. Yog‘ochlangan o‘simliklar
1.Tip. Daraxtlar.
Doim yashil, bitta poyali daraxtlar;
O‘rmon-cho‘l yoki mevali daraxtlar;
Barglar faslga qarab to‘kiladigan bargsiz shoxli daraxtlar;
Ser suv daraxtlar.
2.Tip. Butalar
Oddiy butalar
Afil va shaklini o‘zgartirgan barglilar (reduksiyalangan) Seret bargli va seret poyalilar (sukkulentnolistnыe i sukkulentnosteblevыe)
Yotib va chirmashib o‘suvchilar (stelyuщiesya i lianovidnыe)
3.Tip. Butachalar
Oddiy butachalar
Sada butachalar
Afil va shaklini o‘zgartirgan barglilar (reduksiyalangan)
Seret bargli va seret poyalilar (sukkulentnolistnыe i sukkulentnosteblevыe)
II bo‘lim. CHalayog‘ochlangan o‘simliklar
4.Tip. YArimbuta va yarimbutachalar
Oddiy yarimbutachalar
Seret bargli yarim butachalar (sukkulentnolistnыe kustarnichki sklerofilnыe
Seret bargli va seret poyalilar (sukkulentnolistnыe i sukkulentnosteblevыe) polukustarnichki s nadzemnыm golovchatыm kaudeksom
III bo‘lim. Er ustki o‘tli o‘simliklar
5 tip. O‘tli yarim polikarplar
ko‘p boshli o‘q ildizli
bir boshli o‘q ildizli
popuk ildizli
qisqa ildizpoyali
uzun ildizpoyali
zich butali
zich bo‘lmagan butali
uzun ildizpoyali
piyozli
tuganakpiyozli
tuganakli
tuganaksimon qalinlashgan
ildiz otuvchi
saprofitli va parazitli
6 tip. O‘tli monokarplar.
ko‘p yillik
ikki yillik
bir yillik
a) erta gullovchi;
b) kech gullovchi;
v) sersuv etli;
g) qurg‘oqchilikka chidamli dag‘al;
d)parazit.
IV bo‘lim. Suvli o‘simliklar
Nazorat savollari

  1. O’simliklar sistematikasi deganda nimani tushunasiz.

  2. O’simliklarni hayotiy shakllari deganda nimani tushunasiz.

  3. O’simliklarning ekologik tarkibi deganda nimalarni tushunasiz.

  4. Ekologik tarkibiga ta’sir etuvchi faktorlar.




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin