Nazorat turlari:
Talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida hamda mashg‘ulotlardan keyin o‘tkaziladi.
Talabalar mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ishchi fan dasturida belgilangan mavzularning kamida 50 foizini o’zlashtirishlari va baholanishlari shart. Talabalarning mashg‘ulotlarda olgan baholari barchasi qo‘shiladi va olinishi shart bo‘lgan baholar soniga bo‘lgan holda o‘rtacha baho keltirib chiqariladi.
Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar mustaqil ta’limiga alohida e’tibor qaratiladi. Bunda talaba belgilangan TBBM asosida baholab boriladi.
Oraliq nazorat fan o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan yozma ish shaklida semestr davomida bir marta o‘tkaziladi. Yozma ish TBBM asosida baholanadi.
Talabani yakuniy nazoratga kiritilishi o‘quv mashg‘ulotlari (seminar mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim, ma’ruza mashg‘ulotlari yakunida olinadigan oraliq nazoratning yozma ish shakli)da olgan ballari asosida amalga oshiriladi. Bunda talabaning olgan barcha baholari umumlashtiriladi va o‘rtacha baho keltirib chiqariladi.
Talabaning yakuniy nazorat turigacha bo‘lgan o‘rtacha bahosi quyidagicha aniqlanadi:
O‘B =
bu yerda: O‘B- semestrda talabalarning olgan o‘rtacha bahosi;
MO‘B – mashg‘ulotlarda to‘plagan o‘rtacha bahosi;
MTB – mustaqil ta’limdan olgan bahosi;
ONB – oraliq nazorat turining yozma ish shaklida olgan bahosi.
3 – mashg‘ulotlar, mustaqil ta’lim va oraliq nazorat shakllari
Agar talabaning o‘rtacha bahosi 3 bahoga yetmasa yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazorat turi semestr yakunida talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish shakli O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan belgilanadi va ishlab chiqish uchun fakultet dekaniga taqdim etiladi.
Nazorat turlari bo‘yicha materiallar 6 oy mobaynida saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |