Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Maktabgacha ta’limni integratsiyalash” fani asosiy ixtisoslik fani hisoblananib, 3 semestrda o’qitiladi. “Maktabgacha ta’limni integratsiyalash” kursining boshqa fanlar bilan aloqasi: falsafa, mantiq, ruhshunoslik, ijtimoiy ruhshunoslik, yosh psixologiyasi, pedagogika, ijtimoiy pedagogika, fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.
Fanning o’qitilishida qo’llaniladigan vositalar, qurollar, metod va texnologiyalar.
Talabalarning fanni o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg`or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, kompyuter diagrammalari, ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi. O’qitish vositalari bilan ta`minlash jadvallari: ta`lim va tarbiya tamoyillari. O’quv jarayonini tashqil qilish turlari va shakllari; ta`lim va tarbiya metodlari; xalq ta`limini boshqarish tizimi; uslubiy-tarqatma materiallar (treninglar, psixo-pedagogik test topshiriqlari).
“Maktabgacha ta’limni integratsiyalash” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Dostları ilə paylaş: |