Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi.
Sobiq ittifok jumhuriyatlarida, birinchi navbatda Russiyada ijtimoiy psixologiya 20-
yillardan boshlab rivojlana boshladi. Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb
haqli ravishda V. M. Bexterevni ko`rsatish mumkin. U o`zining refleksologiya nazariyasi
doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlari tushunishga o`rganganlardan biridir. Uning
fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashki xulq-atvorda, harakatlarda ifodalanadi,
shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni o`rganish, orqali
shaxsning o`zini bu harakatlarning sabablarini o`rganish, mumkin. Bexterevning xatosi shu
ediki, u o`z qarashlarida sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan
aralashtirib yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining uni versal qonunlarini
topmoqchi bo`ldi.
Bexterevdan keyingi olimlar, Yu. Vasilevning "biologik sotsiologiyasi" ham, M.A.
Reysnerning "ommaviy psixologiya" ham, L.N. Voytolovskiyning "jamoa psixologiyasi"
ham reflekslar qonuni mexanik tarzda ijtimoiy psixologik jarayonlarini tushuntirishga
kuchirish bo`ldi, desak xato bo`lmaydi.
20-30 yillarda bolalar va o`smirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o`rganishga qaratilgan
ikki yo`nalish paydo bo`ldiki, ular ham qator kamchiliklardan xoli bo`la olmaydilar.
Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va
biologik nasliy omillar yetakchi rol o`ynaydi, deb hisoblashsa (E. Arkin, I. Aryamov, va
boshqalar), sotsiologik yoki sotsiogenetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini
nihoyatda ortik ekanligini himoya qilib chiqdilar. (S. Molojaviy, A. Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S. Makarenko, A. Zalujniy, L.S. Vigotskiy, N.K. Krupskaya va boshqa qator
olimlar o`z nazariy qarashlarini marksizm bilan bevosita bog`lab, jamoa va shaxs
nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini,
ta
’lim tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin, 40-60 yillar ijtimoiy psixologiya
taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo`ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan
tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo`k hisob edi. Bu fan Rossiyada va
boshqa Sobiq ittifokdosh jumhariyatlarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi.
Bunda Moskvalik va Leningradlik (hozirgi Sankt-Peturburg) olimlar maktabi katta rol
o`ynadi. Agar Moskva shaxrida asosan ijtimoiy psixologiya bo`yicha fundamental nazariy
tadqiqotlar ko`plab o`tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning
empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo`lsa, Sankt-Peturburgda ko`proq tadbiqiy
ilmiy tadqiqot ishlar olib borildiki, ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar
avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular esa hayotimizga ilg`or fikrlar va dadil tadqiqotlar
bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo miqyosida misli ko`rilmagan darajaga ko`tardilar.
Lekin, yuqorida aytib o`tilganidek, mamlakatimizda ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishida
chet el, ayniqsa AQ SH psixologiyasining ta
’siri ancha sezilarlidir.
|