O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha
MALAKA TALABLARI
I-bob. qoidalar
1-§. Qo‘llanish sohasi
1. O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari (keyingi o‘rinlarda — Malaka talablari deb ataladi) o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarining negizi hisoblanadi va standartlashtirishning umumta’lim fanlarini o‘rganishning bosqichlarini, o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.
2. Malaka talablari ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organlari hamda o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan qo‘llanilishi majburiydir.
3. Malaka talablari asosida ta’lim muassasasining turi va xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv dasturlari, davlat attestatsiyasi uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha nazorat-baholash ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi va vakolatli vazirliklar, idoralar tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
2-§. O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida umumta’lim fanlarini o‘rganish bosqichlari
4. O‘zbekiston Respublikasi o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda umumta’lim fanlarini o‘rganish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Dostları ilə paylaş: |