20-22-mavzu. Cho‘lpon. “Kecha va kunduz”romani(3 soat, B1+:2 soat)
Shoir hayoti va ijodi. Cho‘lpon – yetuk nosir. Uning “Kecha va kunduz” romanida Zebi ishtirokidagi voqealar tasviri va rivoji. Asardagi Mingboshi, Razzoq so`fi, Qurvonbibi va boshqa qahramonlar talqini. “Kecha va kunduz” romanining kasha, bugun,va erta haqida, inson umrining mazmuni to`g`risida fikrlashga undashi. Cho‘lpon ijodining XX asr o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni.
23-24-mavzu. Sharof Rashidov. “Kashmir qo`shig`i” qissasi (2 soat).
Sharof Rashidov hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Uning “Kashmir qo`shig`i” asarining yaratilish tarixi. Asardagi qahramonlarning o`ziga xos sifatlari. Nargiz va Bambur sevgisining, ularning ruhiy iztiroblarining ishonarli tasvirlanishi. Qissaning badiiy-estetik hamda tarbiyaviy ahamiyati.
25-26-mavzu. Erkin Vohidov. She’rlar va “Ruhlar isyoni” dostoni (2 soat, B1+:2 soat)
Shoir hayoti va ijodi haqida ma’lumot. Uning she’riyatiga xos kechinmalar nozikligi va ifoda go‘zalligi, mumtoz she’riyatga xos ilg‘or an’analarning zamonaviy she’riyat an’analari bilan uyg‘unligi. “Inson” qasidasi va uning talqini. Shoir ijodida g‘azalchilik an’analari, she’riy san’atlar va ularning mohiroha qullanishi. “Yaxshidur achchiq haqiqat” g‘azali.
Erkin Vohidov – dostonnavis “Ruhlar isyoni” dostonida ijodkor va millat ozodligi muammosining badiiy-falsafiy talqini. Asarning shoir ijodiy qiyofasini belgilashdagi o‘rni.
Dostları ilə paylaş: |