Microsoft Power Point 98 ishga tushganda quyidagi oynani kо‘ramiz.
«Strelka» orqali kо‘rsatilgan oynachada Power Point prezentatsiya yaratishning tо‘rt xil variantidan birini tanlashni taklif etayapti:
1.Power Point Masteri orqali prezentatsiya hosil qilish; (Bu variant
tanlanganda sо‘rovlar orqali qanday prezentatsiya hosil qilinishi kerakligi master orqali aniqlanib, shu talablarga javob beradigan prezentatsiya hosil qilinadi.)
2.Biror shablon kо‘rinishidagi prezentatsiya hosil qilish; (Bu variantda esa, tayyor prezentatsiyalar shablonidan birortasi tanlanishi talab qilinadi. Tanlangan shablon kо‘rinishida perezentatsiya hosil qilib, foydalanuvchiga havola etiladi. Shablonlarning ham bir nechta turi bor, ular: «Obshiye», «Web-stranitsi», «Prezentatsii», «Dizayni», «Prezentatsiy». Masalan Web-saxifa hosil qilmokchi bо‘lsak, «Web-stranitsi» bandidagi biror shablonni tanlaymiz va hokazo)
3.Bо‘sh prezentatsiya hosil qilish; (1 ta slayddan iborat prezentatsiya hosil qilib beradi)
4.Oldin hosil qilingan prezentatsiyani ochish. (Oldin yaratilgan prezentatsiyalar ruyxatidan keraklisini ochish imkonini beradi.)
3.Bо‘sh prezentatsiya xosil kilish.
Yuqoridagi tartibda bо‘sh prezentatsiya hosil qilish uchun «Pustuyu prezentatsiyu» bandi tanlanib, OK tugmasi bosilsa, Power Point bо‘sh prezentatsiya hosil qilib, uning birinchi slaydining kо‘rinishini taklif etadi.
«Viberite avtorazmetku» bandidan kerakli kо‘rinishdagi slayd tanlanadi. Masalan:
- qatorli matndan iborat bо‘lgan slayd tanlanadi.
- sarlavha, chap tomondan diagramma va о‘ng tomondan matndan iborat bо‘lgan slayd tanlanadi
Agar biz bо‘sh slayd hosil qilmokchi bulsak , bandi tanlanib, OK tugmasi bosiladi. Quyidagi oyna hosil bо‘ladi:
Bu slaydda kerakli kо‘rinishni hosil qilish mumkin.
Yangi slayd qushish lozim bulsa «Standartniy» panelidan
«Sozdat slayd» tugmasi bosiladi, yuqorida aytib о‘tilgan tartibda kerakli turdagi slayd tanlanib, yangi slayd hosil qilinadi
.
Dostları ilə paylaş: |