Obidova shahloxon shuhratjon qizi


Tadqiqot obyekti va predmeti



Yüklə 484 Kb.
səhifə3/20
tarix28.04.2023
ölçüsü484 Kb.
#126049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ilmiy ishim oxirgisi doc

Tadqiqot obyekti va predmeti. Ilm fan va texnnika tarqqiyoti natijasida har bir tilda yangi so’zlar kundan kunga oqib kelib,tilning alohida leksik qatlamini tashkil qilib, yangi qiziqish obyektiga aylanib bormoqda. Biz o’rganadigan o’zbek va ingliz tillari ham bundan mustasno emas. Ko’rinib turibdiki, yangi so’zlar va ular ifodalagan tushunchalar tanish bo’lgunga qadar neologizm sifatida qabul qilinadi,shundan so’ng ular lug’at tarkibiga mustahkam kiradi va yangi so’z sifatida qabul qilinmaydi, chunki ular qabul qilingan tilda barqarorlik tusini oladi.
O’zbek va ingliz tili leksikasining neologizmlar qatlami tadqiqotning asosiy obyekti hisoblanadi.
Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi. Hozirgi o’zbek tilshunosligida uning barcha sohalari bo’yicha, ayniqsa leksikologiya yuzasidan yirik va jiddiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Shunga qaramasdan, bu sohaning barcha muammolari tugal hal etilmagan. S.I.Ojegovning e’tirof etishicha, leksika tilning boshqa sathlariga qaraganda murakkab va ko’p qirralidir. Uning vazifasi , bir tomondan , jamiyat nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan inikos etish bo’lsa, ikkinchi tomondan, leksik, semantik, uslubiy sinonomik so’z yasash va shuning kabi bir qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir4. Tillarning o’zaro ta’siri, bir tildan boshqa tilga lisoniy birliklarning o’zlashishi N.V.Yushmanov tadqiqotlarida ham e’tiborli o’rinda bo’lgan.
Ingliz tilidagi neologizmlar muammosi I.Arnold, V.Eliseev, R.Fisher,I.Galperin ,M.Yanssen, O.Jespersen kabi ko’plab tilshunos va filologlar tomonidan tadqiq qilinadi. Ingliz tili asosan qadimgi tillar ta’sirida bo’lgan oldingi davrlardan farqli o’laroq, xalqaro muloqot vositasiga aylanib, jahon tillariga ta’sir o’tkaza boshlaganligi bilan zamonaviy davr bizning qiziqishimiz uchun ahamiyatlidir. Biroq yuqorida keltirilgan olimlarning tadqiqot ishlarida o’zbek va ingliz tillaridagi neologizmlarning qiyosiy tadqiqi yetarlicha o’rganilmaganligi ham mazkur tadqiqot ishining dolzarbligini oshiradi.

Yüklə 484 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin