Obidova shahloxon shuhratjon qizi


Tadqiqot ishining asosiy maqsadi



Yüklə 484 Kb.
səhifə4/20
tarix28.04.2023
ölçüsü484 Kb.
#126049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
ilmiy ishim oxirgisi doc

Tadqiqot ishining asosiy maqsadi. Mazkur ilmiy ishning maqsadi zamonaviy ingliz tili hamda hozirgi o’zbek tili lug’at tarkibidagi neologizmlarning ayrim leksik-semantik jihatlarini qiyosiy tadqiq etishdir.
Ishning asosiy vazifalari. Yuqorida keltirilgan maqsadga asoslangan holda ushbu magistrlik dissertatsiyasining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • neologizm tushunchasining shaklanishi hamda tilshunoslikda o’rganilishi haqida ma’lumot berish;

  • neologizmlarning ma’nolari va tuzilishiga ko’ra turlarini yoritib berish;

  • neologizmlarning o’ziga xos xususiyatlari va tarjimada qanday ifodalanishini tadqiq etish;

  • neologizmlar paydo bo;lishining ekstralingvistik va intralingvistik omillarini aniqlashtirish;

  • ularning mavzuiy kategoriyalarini yoritib berish.

Tadqiqot ishining ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi quyidagicha: ingliz va o’zbek tillarida nashr qilingan neologizmlarga oid tadqiqotlarda bayon qilingan nazariy asoslarga tayanib, neologizmlar tarkibida alohida guruhni tashkil qiluvchi neologizmlarni tasnif qilish, ularni o’zbek va ingliz tillarida ifodalanishini qiyoslab o’rganishdir. Shuningdek ko’p uchraydigan turli sohalarga oid, ayniqsa ijtimoiy tarmoq neologizmlari lug’atini yaratish hamda boshqa sohalarda uchraydigan neologizmlar lug’atini tuzishdan iborat.
O’zbek va ingliz tillaridagi
Tadqiqot ishning metodologik asosi. Dialektika va uning amaldagi qonun qoidalari sanaladi. Neologizmlarni tavsiflashda sistem-struktur tahlil metodi bilan bir qatorda, ma’noviy-komponent, nominativ-onomosiologik, funksional semantik kabi tahlil usullaridan ham foydalanildi.
Ilmiy izlanishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot ishimizningnazariy va amaliy ahamiyati shundan iboratki, o’zbek va ingliz tillarida bayon qilinayotgan neologizmlarning semantikasi va etimologiyasi bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarning umumlashmasi sifatida inglizcha –o’zbekcha neologizmlarni qiyoslab o’rganayotgan talabalarga nazariy va amaliy material bo’lishi mumkin. Bu esa ishimizning nazariy va amaliy ahamiyatini belgilab beradi.

Yüklə 484 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin