Bundan tashqari, neologizmlar barqarorligi bo’yicha tasniflanadi:
Beqaror - faqat ma'lum bir submadaniyat tomonidan ma'lum va ishlatiladigan juda yangi so’z. Protologizm [yunoncha protos, birinchi + yunoncha logotiplar, soʻz; . prototip, neologizm] - Mixail Epshteyn tomonidan yaratilgan yangi so’z.
Tarqalgan - tarqalish darajasi yuqori bo’lgan va allaqachon ko’p odamlarga ma'lum bo’lgan so’zlar , lekin ular hali ham qabul qilinmaydi (masalan, jargon yoki lingo).
Barqaror - uzoq vaqt davomida odamlar tomonidan tan olingan, ma'lum va qabul qilingan so’zlar. (masalan, bosma lug'atlarga yaqinda qo’shilgan so’zlar, shu jumladan mashhur jargon lug'atlar).
Neologizmlarning tilda paydo boʻlishi va yoʻqolishi uning tilga qabul qilinganligida yoki lug’atlardan joy olganligida namoyon boʻladi. “ Agar neologizmlar jamiyat fuqarolari tomonidan qabul qilinib foydalanilayotgan boʻlsa, bunday neologizmlar lingvistika va lug’atshunoslikda ham qabul qilingan hisoblanadi. Neologizmlarning paydo boʻlishi tilning rivojlanishida, oʻzgarishida oʻzining muhim oʻrniga ega”19. Tilda shu jumladan, o’zbek tilida ham neologizmlarning quyidagi turlari kuzatiladi:
1.Yangi neologizmlar – boshqa tillarda tilimizga kirib kelgan, ammo hali keng tarqalib ulgurmagan yangi soʻzlardir. Bunday neologizmlarga misol qilib stem, hosting, domen, chellench, heshteg, keshbek, kriminal, konkardans, logistika, dispetcher kabilarni koʻrsatishimiz mumkin.
2.Tarqalgan neologizmlar – jamiyat tomonidan ishlatila boshlangan, ammo lingvistik jihatdan hali qabul qilinmagan yangi soʻzlardir. Masalan: radar, miting, migrant, urbanizatsiya, plagiat, delegatsiya, balans, unitar, transfer, primyera kabi soʻzlarni misol qilishimiz mumkin.
3.Turgʻun neologizmlar – barchaga tanish boʻlgan, hamma foydalanadigan va davomiylikka ega boʻlgan neologizmlardir. Bularga kompyuter, naushnik, gegemon, sity, statistika, parlament, departament, smartfon, infeksiya, korzinka, turist kabi soʻzlarni aytishimiz mumkin.
Bundan tashqari, Manbalarda neologizmlarning shakliy, semantik, stilistik, funktsional, ijtimoiy, texnologik kabi turlari farqlanadi (Qurbonova, M., Abjalova, M., Axmedova, N., Toʻlaboyeva, R. 2021).
|