Obligatsiyalar bozori


-jadval Obligatsiyalar tasnifi



Yüklə 412,43 Kb.
səhifə2/5
tarix26.11.2023
ölçüsü412,43 Kb.
#135023
növüReferat
1   2   3   4   5
Obligatsiyalar va qimmatli qog’ozlar bozori

1-jadval
Obligatsiyalar tasnifi

Obligatsiyalarning tasnifiy belgilari

Mos ravishda obligatsiya turlari

Emitent turiga ko’ra

  • Davlat obligatsiyalari

  • Munitsipal obligatsiyalar

  • Korporativ obligatsiyalar

  • Xorijiy obligatsiyalar

Muddatiga ko’ra

- To’lov va so’ndirish muddati qat’iy belgilangan obligatsiyalar




  • Muddatsiz yoki qoplanmaydigan obligatsiyalar

  • Qoplash muddati kelguncha emitent tomonidan

qayta chaqirib olinishi mumkin bo’lgan
obligatsiyalar

  • Qoplash muddati kelguncha investor

obligatsiyaning nominal qiymati bo’yicha to’lovni olish va qaytarish huquqi bilan joylashtiriluvchi obligatsiyalar

  • Emitentga to’lovni uzaytirish huquqini beruvchi qoplash muddati uzaytirilgan obligatsiyalar

Egalik qilish huquqi
bo’yicha

  • Nomi yozilgan, emitent reyestr kitobida va obligatsiya muqovasida obligatsiya egasining nomi kiritiladigan obligatsiyalar.

  • Taqdim qiluvchiga, obligatsiya egasi taqdim etgan hujjat evaziga.

Obligatsiya maqsadiga
ko’ra

  • Oddiy, turli loyihalarda foydalanishi ko’zda tutilgan qo’shimcha moliyaviy resurslar jalb qilish maqsadida emissiya qilingan obligatsiyalar

  • Maqsadli, joylashtirishdan tushgan mablag’lar aniq

investitsion loyihalarni moliyalashtirishga
yo’naltiriladigan obligatsiyalar (infratuzilma
obligatsiyalari)

Joylashtirish shakli
bo’yicha

  • Erkin joylashtiriladigan obligatsiya zayomlari

  • Qat’iy joylashtirish sharti bilan emissiya qilinadigan obligatsiyalar

Nominal qoplanish sharti bo’yicha

  • Nominal summa bir marta qoplanadigan obligatsiyalar

  • Belgilangan vaqt oralig’ida nominal summadan ulushli to’lovli obligatsiyalar

  • Obligatsiyalar umumiy sonidan izchil ravishda qat’iy belgilangan to’lovli obligatsiyalar (lotoreyalar, tirajli zayomlar)

Emitent tomonidan
obligatsiyalar bo’yicha turli to’lovlar amalga oshirilishiga ko’ra

  • Qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi va qoplanish muddati oxirida nominal summa ham qaytarilishi kafolatlanadigan obligatsiyalar

  • Kuponsiz yoki nollik kuponli obligatsiyalar

  • Qoplash vaqtida foiz to’lovlari va obligatsiya nominal qiymati to’lanadigan obligatsiyalar

  • Obligatsiya nominal qiymati qaytariladigan, kupon to’lovlari to’lanishi emitent kompaniya moliyaviy faoliyati natijalariga bog’liq obligatsiyalar

Kupon to’lovlariga ko’ra daromad turlari bo’yicha










bir xil oshib boruvchi (indeksli) obligatsiyalar

  • Minimal yoki nol kuponli obligatsiyalar (daromadlilik joylashtirish (bozor) bahosi nominal qiymatdan keli chiqib belgilanuvchi obligatsiyalar)

  • To’lov tanlovli obligatsiyalar

  • Kupon stavka yoki suzib yuruvchi stavka bo’yicha daromad to’lanuvchi aralash turdagi obligatsiyalar

Muomala xarakteri
bo’yicha

  • Konvert obligatsiyalar

  • Aksiyalarga konvertatsiyalanishi mumkin bo’lgan obligatsiyalar

Qilingan investitsiyalar
himoyalangan darajasi
bo’yicha

  • Yuqori ta’minotga va nufuzga ega kompaniyalar tomonidan emissiya qilingan ishonchli obligatsiyalar

  • Ishonch nihoyatda past spekulyativ xarakterga ega obligatsiyalar

Bundan tashqari obligatsiyalarni ta,minlanganlik darajasi bo’yicha ham tasniflanadi. Bunda ta’minlangan va ta’minlanmagan obligatsiyalar ajratib ko’rsatiladi. Ta’minlangan obligatsiyalarda garov sifatida mol-mulk, kafillik, garov masalalari ko’riladi. Ta’minlanmagan obligatsiyalar bo’yicha esa hech qanday ta’minot ko’rsatilmaydi. Bunday obligatsiyalar odatda bozorda yuqori nufuzga hamda yuqori moliyaviy barqarorlikka ega emitentlar tomonidan muomalaga chiqariladi.
Umumiy holda obligatsiyalar muomalasi emitent uchun ham, investor uchun ham ma’lum bir afzalliklarga va kamchiliklarga ega hisoblanadi (3.2-jadval).


Yüklə 412,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin