Obligatsiyalar bozori


-jadval Obligatsiyalarning ayrim turlari afzalliklari va kamchiliklari



Yüklə 412,43 Kb.
səhifə3/5
tarix26.11.2023
ölçüsü412,43 Kb.
#135023
növüReferat
1   2   3   4   5
Obligatsiyalar va qimmatli qog’ozlar bozori

2-jadval
Obligatsiyalarning ayrim turlari afzalliklari va kamchiliklari

Obligatsiya
turi

Afzal

iklari

Kamc

liliklari

Emitent uchun

Investor uchun

Emitent uchun

Investor uchun

Ta’minlangan
obligatsiyalar

Obligatsiyani joylashtirish bo’yicha muammoning deyarli yo’qligi

Qarz majburiyatni qaytarish kafolati yuqori darajada

Moddiy aktivlarning garov riski

Boshqa
obligatsiyalarga nisbatan foizli
daromadning pastligi

Ta’minlanmagan obligatsiyalar

MablagTarni moddiy aktivlar garovisiz jalb
qilish imkoniyati

Ta’minlangan obligatsiyaga nisbatan yuqori foizli daromad
olish

Qarz zayomi hajmi
kompaniyaning
ishbilarmonlik
nufuzi va moliyaviy
holatga bogTiqligi

Qarz majburiyati qoplanmasligi vaziyati yuzaga kelganda talab
qilish imkoniyati pastligi

Qayta chaqirib
olinadigan
obligatsiyalar

Qoplash muddatidan avval qaytarib olish va qoplash muddat-larini tanlash imkoniyati mavjud



Qaytarib olish va nominal narxlar tafovutidan foyda olish imkoniyati

Qoplash muddatidan avval qaytarib olinganlik uchun tolov

Obligatsiyaga egalikqilish huquqi
cheklanganligi

























Konvertatsiyala
nuvchi
obligatsiyalar

Qarz majburiyati qiymati pasayishi imkoniyati

Qo‘yilmalar xavfsizligining yuqori darajasi

Aksiyadorlar
tarkibining
kengayishi
natijasida
g‘arazli
aksiyadorlar
paydo bodishi

Boshqa
obligatsiyalarga nisbatan daromad pastroq bodishi
mumkin




Umumiy olganda obligatsiyalarning boshqa turlari ham investor yoki emitent nuqtai nazaridan ma’lum bir ustuvorliklarga hamda kamchiliklarga ega hisoblanadi.


3.2. Obligatsiyalar qiymati va daromadliligini baholash
Qarz munosabatini anglatuvchi moliyaviy instrumentlar sifatida obligatsiyalar qat’iy belgilangan daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar toifasiga kiritiladi. Bunday toifaga qat’iy belgilangan miqdorda dividend to’lash belgilab qo’yilgan imtiyozli aksiyalarni ham kiritish mumkin.
Qat’iy belgilangan daromad” umumqabul qilingan atamasini qat’iy ravishda tushunmaslik lozim. Bu atama bunday qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiya o’tkazish vaqtida nazariy jihatdan to’lovlar muddatlari va miqdorlarining oldindan ma’lum qilinishini anglatadi.
Xalqaro tajribaga ko’ra obligatsiyalarning turli xil turlari amal qilishiga qaramasdan ularni daromad to’lash shakllari bo’yicha quyidagicha uchta tur keng qo’llaniladi:

  • kuponli, qat’iy belgilangan yoki suzib yuruvchi kupon stavkali obligatsiyalar;

  • diskontli (kuponsiz), yoki nollik kuponli obligatsiyalar;

  • qoplash vaqtida daromad to ‘lanadigan obligatsiyalar.

Kuponli obligatsiyalar qarzning asosiy summasi qaytarilishi bilan bir vaqtda davriy ravishda pul to’lovlarini ham nazarda tutadi. Bunday to’lovlarning miqdori nominalga nisbatan foizlarda ifodalanadigan k kupon stavkasida belgilanadi. Kuponli to’lovlar odatda bir yil davomida bir, ikki yoki to’rt marta amalga oshiriladi.
Bunday qimmatli qog’ozlar harakati natijasidagi pul oqimlari qat’iy belgilangan kuponda operatsiya muddatining oxirida obligatsiyaning diskontlangan nominal qiymatiga qo’shiladigan annuitetni o’zida aks ettiradi. Soddalashtirish maqsadida diskontlash yagona r stavka bo’yicha amalga oshirilishini shart qilib qilib qo’yamiz. Shunda kuponli obligatsiya qiymati quyidagi formula bo’yicha aniqlanishi mumkin:



bu erda F - qoplash summasi (qoidaga ko’ra nominal); k - yillik kupon stavkasi;
r - bozor stavkasi (diskont me’yori);
n - obligatsiya muddati;
m - bir yilda kuponli todovlar soni.


Misol ko’rib chiqamiz.
Agar daromadlilik me’yori (bozor stavkasi) 12 foizga teng bo’lsa, har chorakda todanadigan yillik kupon stavkasi 8 foiz bodgan 1000 birlik nominalga
ega uch yillik obligatsiyaning joriy qiymatini aniqlang.

Shunday qilib, mazkur operatsiya boʻyicha daromadlilik meʻyori 12 foiz boʻlganda taxminan 900,46 birlikka teng bahoda obligatsiyani xarid qilish mumkin.
Yuqoridagi masala boʻyicha daromadlilik meʻyori (bozor stavkasi) 6 foizga teng boʻlganda obligatsiya qiymatini aniqlaymiz.

Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, obligatsiyalar joriy qiymati talab qilinadigan daromadlilik meʻyori va qoplash muddatiga bogʻliq. Bu bogʻliqlik teskari xususiyatga ham ega. Keltirilgan baholashning bazaviy modelidan isbot talab qilmaydigan quyidagi ikkita aksiomalar guruhini keltirish mumkin.
Birinchi aksiomalar guruhi obligatsiya qiymati, kupon stavkasi va bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻzida aks ettiradi: - agar bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) kupon stavkasidan yuqori boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan past boʻladi, yaʻni obligatsiya diskont bilan sotiladi; - agar bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) kupon stavkasidan past boʻlsa, obligatsiya joriy qiymati uning nominalidan yuqori boʻladi, yaʻni obligatsiya mukofot bilan sotiladi; - bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) va kupon stavkasi teng boʻlganda obligatsiya joriy qiymati va nominali teng boʻladi.
Yuqorida keltirilgan masalalar bunga misol boʻla oladi.
Ikkinchi aksiomalar guruhi obligatsiya qiymati va uni qoplash muddati oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni ifodalaydi: - agar bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) kupon stavkasidan yuqori boʻlsa, obligatsiya boʻyicha diskont summasi qoplash muddatining yaqinlashishiga qarab kamayib boradi; - agar bozor stavkasi (daromadlilik meʻyori) kupon stavkasidan past boʻlsa, obligatsiya boʻyicha mukofot miqdori qoplash muddatining yaqinlashishiga qarab kamayib boradi; - obligatsiyani qoplash muddati qancha uzoq boʻlsa, bozor stavkasiga nisbatan uning bahosi taʻsirchanroq boʻladi.
Kuponli obligatsiya qiymatini aniqlash formulasidagi o’zaro nisbat davriy ravishda qatdy belgilangan daromad keltiruvchi har qanday moliyaviy instrumentning qiymatini baholash uchun asos bodib xizmat qiladi.
Agar kuponli obligatsiyaning qoplash muddati yetarli darajada yuqori, masalan 50 yildan ortiq boʻlsa, tahlil jarayonida bunday muddatlarni muddatsiz sifatida qarash qulay hisoblanadi.
Muddatsiz obligatsiyalar qiymati oʻzida doimiy rentani aks ettiruvchi pul oqimlari harakatiga ega degan farazdan kelib chiqqan holda aniqlanishi mumkin. Shunda uni quydagicha aniqlash mumkin boʻladi:



Agarda bir yil davomida toʻlovlar m marta amalga oshirilsa, obligatsiya qiymatini hisoblash formulasi quyidagicha koʻrinishga ega boʻladi:

Misol ko’rib chiqamiz.
IBM kompaniyasining 100 birlik nominalga ega, qoplash muddati 100 yil bodgan obligatsiya qiymatini talab qilinadigan daromadlilik me’yori 8,5 foiz bodgan holatda aniqlaymiz. Kupon stavkasi 7,72 foiz va har yarim yilda bir marta todanadi.

Muomala muddati bir yildan kam boʻlmagan kuponsiz yoki diskontli obligatsiyalar qiymatini baholash jarayoni F nominal qiymat, r foiz stavka va n qoplash muddati maʻlum boʻlgan holatda elementar toʻlov oqimi hozirgi miqdorini aniqlash orqali ifodalanadi. Qabul qilingan belgilashlardan kelib chiqqan holda bunday aktiv joriy qiymati formulasi quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:



Bundan kuponsiz obligatsiya nominali 100 foiz deb qabul qilinadi, uning kurs qiymati esa quyidagiga teng bodadi:

Misol ko’rib chiqamiz.
Qoplash muddati uch yil, talab qilinadigan daromadlilik me’yori 4,4 foizga teng bodsa nominal qiymati 1000 birlikka teng bodgan kuponsiz obligatsiyani investor qanchaga sotib olishi mumkin?
1000/(1+0,044)3=878,82 birlik.
Nol kuponli obligatsiyalar aniq belgilab qo’yilgan vaqt gorizonti bo’yicha odkaziladigan operatsiyalar nuqtai nazaridan investorlar qiziqishiga sabab bodadi.
Ular foiz stavkalarining vaqtinchalik tarkibini belgilab beruvchi investitsion tahlilda muhim rol o’ynaydi.
Keltirib oʻtilgan oʻzaro bogʻliqliklar va misollardan koʻrinib turibdiki, koʻrib chiqilgan obligatsiyalar tiplari qiymati r bozor stavkasi va n qoplash muddati oʻrtasida teskari bogʻliqlik mavjud.
Uzoq muddatli qoplash vaqtida foizlar toʻlanadigan obligatsiyalar bahosi talab qilinadigan daromadlilik meʻyori (bozor stavkasi) boʻyicha daromad olish imkonini beruvchi amal qiladigan toʻlovlar oqimining hozirgi qiymatiga teng. Bunda k – eʻlon qilingan toʻlov foiz stavkasi. Qabul qilingan belgilashlar ni hisobga olgan holda obligatsiyaning V haqiqiy qiymati va K kurs qiymati talab qilinadigan daromadlilikdan kelib chiqqan holda quyidagiga teng boʻladi:

Obligatsiyalarga investitsiyalar samaradorligi umumiy oʻlchovi sifatida qoplash muddatigacha daromadlilik (Yield To Maturity – YTM) koʻrsatkichidan foydalaniladi.
Qoplash muddatigacha daromadlilik investorning qimmatli qogʻozni qoplash muddatigacha saqlashi natijasida olishi mumkin boʻlgan daromadlilik darajasini oʻzida aks ettiradi. Bunda obligatsiyaning joriy bahosi va uning bozor bahosi (P) oʻrtasidagi nisbatning foizdagi ifodasi olinadi.
Bir yilda bir marta toʻlanadigan qatʻiy belgilangan kuponli obligatsiyalar uchun belgilangan tenglikdan kelib chiqqan holda YTM quyidagicha aniqlanadi:

bu erda F – qoplash bahosi (qoidaga koʻra nominal bahosi).
Keltirilgan matematik ifodadan YTM ni aniqlash mumkin. Qayd etib oʻtish kerakki, formula boʻyicha hisoblanadigan YTM koʻrsatkichi investitsiya ichki daromadlilik meʻyorini oʻzida aks ettiradi. Bu erda eʻtibor talab qiladigan jihat shuki, obligatsiyani qoplashgacha real daromadlilik quyidagi shartlar bajarilgandagina aniqlanadi: - obligatsiya qoplash muddatigacha saqlanishi lozim; - olinadigan kuponli daromadlar darhol r = YTM stavka boʻyicha qayta investitsiyalanishi kerak.
Shunday qilib, qoplashgacha boʻlgan daromadlilik YTM va kuponli daromadni reinvestitsiyalash stavkasi r oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik amal qiladi. Yaʻni r pasayishi bilan YTM ham pasayadi, r oʻsishi bilan YTM ham oʻsib boradi.
YTM koʻrsatkichiga obligatsiyaning xarid bahosi ham taʻsir koʻrsatadi. Kuponli obligatsiyaning qoplashgacha daromadliligi YTM ning uning bozor qiymati P ga fundamental bogʻliqligi quyidagi rasmda keltirilgan (16-rasm). Qayd etish kerakki, bu erda teskari bogʻliqlik amal qiladi.


Yüklə 412,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin