3. Boshlang’ich matematik ta’limda ko’rgazmalilikning roli.
Ko‟rgazmalilikning turli xil manbalaridan foydalanish o‟quvchilarni
faollashtiradi, ularning diqqatini oshiradi va rivojlantiradi, o‟quv materialini
mustahkam o‟zlashtirishni ta‟minlaydi va vaqtni tejash imkonini beradi.
Tabiiy fanlarga qaraganda matematikadan ko‟rgazmalilik va
ko‟rgazma manbai tubdan farq qiladi. Tabiat fanlarida narsalarning aynan
o‟zini ko‟rsatish imkoni bo‟lsa matematikada esa abstrakt xarakterga ega,
bo‟layotgan hodisaning o‟zini aynan ko‟rsata olish imkoni kam.
Matematikada ko‟rgazmalilik
a) ko‟rsatilayotgan obyektlar to‟plamining elemenlari sifatida qaraladi, ular
ustida ba‟zi amallar bajarish mumkin. Masalan, o‟quvchi savatdagi olma,
daraxtdagi qushlar haqida to‟xtalmaydi, balki ularning soni va sonli
munosabatini aniqlaydi;
b) u yoki bu narsa haqida gap yuritilganda uning shaklini yoki narsaning
miqdori sonli xarakterini tekshirish mumkin. Narsalarning sonli
munosabatini o‟z holicha va shakllarini ko‟rishda ko‟pincha hodisaning
aynan o‟zidan foydalanib bo‟lmaydi. Shuning uchun o‟qituvchiga turli xildagi
ko‟rgazmalilik, 1 - navbatda modellar, chizma, sxemalar yordam beradi.
Matematika o‟qitishning turli xil bosqichlarida va uning turli xil bo‟limlarida
ko‟rgazmalilikda bir xilda foydalanish kerak emas.
Ko‟rsatmali qo‟llanmalar ko‟rsatmalilikning quyidagi har xil turlari bilan
foydalaniladi.
1. Tabiiy ko‟rsatmalilik o‟quvchilarni mavjud ob`yektlar, o‟simliklar,
hayvonlar, minerallar va hakozalar bilan tanishtirishni taqoza etadi;
2. Hajmli ko‟rsatmalilik – mavjud olamning hajmi ask etishidir. Bu esa
fotosurat, rasm, diafilm va diapozitivlardan iboratdir;
3. Ovozli ko‟rsatmalilik – tovush obrazlarini ifodalash uchun ovozli
vositalardan foydalanish. Gramplastinkalar, magnitafon yozuvlarini eshitish, ovozli
kino;
4. Simvolik va grafik ko‟rsatmalilik – xaritalar, rejalar, sxemalar, chizmalar
va diagrammalar. Ular mavjud voqyelikni shartli umumlashgan simvolik
ko‟rinishda aks ettirishi sababli fikrlashni rivojlantiradi.
Maktabda birinchi sinfdan tortib, barcha sinflarda ko‟rsatmalilikning ana
shu turlaridan foydalaniladi, lekin tabiyki yoshini hisobga olib, ularga bevosita
kuzatishlarini topshirish kerak.
Ko‟rsatmalilik ayniqsa o‟quvchilar o‟rganiladigan u yoki bu narsalar
to‟g‟risida muayyan tasavvurga ega bo‟lmagan paytda juda zarurdir. Ammo shuni
ham unitmaslik lozimki, ko‟rsatmali qo‟llanmalarni namoyish etishga
tayyorlanmaslik yoki ularni noto‟g‟ri tanlash faqat zarar keltiradi.
Matematika darslarida ko’rgazmalilik prinsipini amalga oshirishda bir
tomondan o’quvchilarning idrok etishlariga, ikkinchi tomondan ularning
tasavvurlariga tayaniladi. Birinchi holda ko’rsatma qurollar zarur. Ikkinchi
holda ko’rsatmali qo’llanmalarsiz ish olib borish mumkin, bu holda
bolalarning tajribalarini, ilgari to’plagan tasavvurlarini aktivlashtirish kerak.
Masalan, o’qituvchi bolalarni uchburchak bilan tanishtirar ekan,
bunday formadagi figuralarning muhim alomatlarini (3 ta uchburchak, 3 ta
tomon) ta’kidlovchi turli uchburchaklarning modellaridan foydalaniladi. Shu
bilan birga o’qituvchi bolalarga qanday predmetlar uchburchaklar shaklida
bo’lishini eslab ko’rishni taklif qiladi.
Shunday qilib matematika o’qitishda bevosita idrok etish bilan
o’quvchilarning tasavvurlaridan birgalikda foydalaniladi.
Matematika predmetlarning o’zini va atrof hayotimizdagi hodisalarni
emas, balki borliq dunyoning fazoviy formalari va miqdoriy munosabatlarini
(F.Engels) o’rganadi. Shuning uchun matematika o’qitishda huddi ana shu
tomonlarni ajratib olishga harakat qilinadi, predmetning sifat alomatlari
muhim bo’lmay qoladi.
|