Mobodo daltonik ayol normal ko`radigan yigit bilan turmush qursa, u holda uning qizlari normal ko`radigan, lekin retsissiv daltonik genini tashuvchi hisoblanadilar. O`gillari esa daltonik bo`lib tug`iladilar.
fen daltonik normal ko`radigan
gen XdXd x XD Y
gameta Xd Xd XD Y
F1 fen normal (tashuvchi) daltonik
g en XDXd Xd Y
Xuddi shu yo`sinda odamlarda qon ivimaslik (gemafiliya) kasalligi ham avloddan avlodga beriladi.
Jins bilan cheklangan irsiylanish
Jins bilan cheklangan irsiylanish deganda ayrim belgilarning bir xil jinsda rivojlanib,ikkinchi jinsda rivojlanmasligi yoki bir belgining ikki xil jinsda har xil ifodalanishi tushiniladi. Bunday belgilarning genlari autosomalarda ham jinsiy xromosomalarda ham joylashgan bo`lishi mumkin.
Chunonchi, erkaklarga xos belgi yuzda soqol,mo`ylovni, tanadi yunglarni miqdori va tarqalishini belgilovchi gen allellar ham erkakda,ham ayolda mavjud. Bunday belgilar erkaklarda namoyon bo`lsada, ayol jinsi bu belgilarni fenotipida nomoyon bo`lishini cheklab qo`yadi. Jins bilan cheklangan belgiga yana bir misol odamlardagi kallik hisoblanadi.
Kallik sust yoki kuchli va u yoshlik yoki katta yoshda paydo bo`lishi bazan esa qalaon usti bezining funksiyasi buzilishi yoki yuqimli kasallik oqibatida bo`lishi mumkin. Ko`pchilik hollarda kallik irsiylanadiga belgi sanaladi. Chunki, u ikki jinsda ham paydo bo`ladi,biroq unung ifodalanishi erkaklarda ko`proq namoyon bo`ladi.
1.Jinsni aniqlashning qaysi xilida jins urug’lanish davrida ma’lum bo’ladi?
1.Jinsni aniqlashning qaysi xilida jins urug’lanish davrida ma’lum bo’ladi?
A)Progam
B)Epigam
C)Singam
D)A va C
2.Odamdagi ikkilamchi jinsiy belgilarni aniqlang.
A)Ichki va tashqi jinsiy organlar.
B)Erkaklardagi soqol,mo’ylov,skelet va gavdaning yirikligi.
C)Erkak va ayollarning jinsiy organlari tomonidan ajralgan gormonlar.
D)Jinsiy xromosomalar, gomo va getero gametalar.
3.Odamlarda jinsiy xromosomalar orqali irsiylanadigan belgilarni aniqlang.