Odam jinsi va belgilarning jins bilan birikkan holda irsiylanishi



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə3/11
tarix14.12.2022
ölçüsü0,94 Mb.
#121002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
6-prezintatsiya

  • Jadvaldagi malumotlarga Mendel qonunlari nuqtayi nazaridan yondashib, organizmlardagi qarama qarshi jinslarning biri gomogametli, ikkinchisi geterogametali degan xulosaga kelish mumkin. Bunday mantiqiy xulosaning to`g`riligini dastlab olimlardan Karl Korrens genetik ekspriment asosida isbotlab berdi. U qovoqdoshlar oilasiga kiruvchi bir uyli Abujahil va ikki uyli tarvuzpalak o`simliklarni chatishtirib,tajriba o`tkazdi. Agar ona o`simlik sifatida Abujahil tarvuzi, ota o`simlik sifatida tarvuzpalak olinsa, birinchi avlod ikki uyli bo`lib, ularning 50 foizi urg`ochi,50 foizi erkak o`simlik bo`ladi. Agar ikki uyli o`simlik tarvuzpalak ona sifatida, Abujaxil tarvuzi ota sifatida chatishtirilsa, duragaylarning hammasi urg`ochi organizmlar bo`ladi.Bu tajriba natijasiga asoslanib ikki uyli o`simlik tarvuzpalak o`simliklarning erkak o`simligi geterogameta, onalik o`simligi esa gomogametali ekan degan xulosaga kelindi.
  • Keyinchalik sitologlar spermatagenezda xromosomalarning bir jufti hajmi va shakli jihatdan bir xil emasligini aniqladilar. Ana shu xromosomaning bittasi urg`ochi organizmning boshqa xromosomalarga o`xshash ekanligi malum bo`ldi.

  • Uni iks- X xromosoma deb nomladilar. Shakli va hajmi bo`yicha farq qilgan o`sha xromosoma juftining ikkinchisini igrek- Y xromosoma deb atay boshladi. Bir juft xromosoma deb atalib, u ayollarda XX, erkaklarda XY bo`ladi. Binobarin,ayollar jinsiy ko`payish davrida bir xil gametalar (22 A+X) ni hosil qilsa, erkak organizm ikki xil (22 A+X) va (22 A+Y) gametalarni hosil qiladi. Morgan va uning shogirdlari drozofila meva pashshasida jins bilan birikkan belgilarni o`rganins natijasida jinsni aniqlashning xromosoma nazariyasini yaratdilar. Bu nazariyaga ko`ra xromosomalar ota-ona belgi xossalarining avloddan avlodga o`tishini ta`minlovchi irsiyatning moddiy asosigina bo`lib qolmay, shu bilan birgalikda bo`lajak organizmlarning jinsini ifodalashda ham asosiy o`rinni belgilaydi.
  • xullas odamlarda X xromosoma nechta bo`lishidan qat`iy nazar, Y xromosoma erkak jinsini belgilashi malum bo`ldi.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin