X jinsiy xromosoma autosomalar singari genlarga boy va genetik jihatdan faol. Y xromosomada genlar nihoyatda kam va u genetk jihatdan faol emas.uning ko`pchilik qismini geteroxromatin tashkil etadi. Y xromosomada odam hayoti uchun unchalik ahamiyatli bo`lmagan ayrim, chunonchi quloqda yung bo`lishi, ba`zi bir allergik kasalliklarning genlari joylashgan xolos. Bunday belgilar odatda otadan o`g`il farzandga beriladi va golondrotip deb nomlanadi.
Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar tasirida belgiarning avloddan avlodga berilishini dastlab T.Morgan drozofila meva pashshasida o`rgandi va jins bilan bo`g`liq irsiylaninsh qonunini kashf etdi.Bu qonun o`z mohiyatiga ko`ra umumbiologik ahmiyatga ega va odanlar nikohida o`z tasdig`ini topdi.
Daltonik kasallikni keltirib chiqaruvchi retsessiv gen-d X xromosomada joylashgan bo`lib, u erkaklar fenotipida nomoyon bo`lsa-da,ayollarning ikkita X xromosomasining birida uchragan hollarda yani geterozigota individlarda yashirin holda bo`lib fenotipda o`z tasirini ko`rsatmaydi.
Daltonizm kasalligining avloddan avlodga qanday o`tishini quyidagi misollarda ko`rib chiqamiz.
fen normal ayol daltonik
P gen XDXD x XdY
gameta XD XD Xd Y
F 1 fen normal (tashuvchi) normal
gen XDXd XD Y
Keltirilgan misoldan malum bo`ladiki nikohlangan qiz ranglarni normal farqlantiradigan, yigit esa daltonikdir. Ular nikohidan tug`ilgan qizlar ham, o`g`illlar ham ranglarni normal ajratadi lekin qizlarning yarmisi genotipida daltonizm geni borligi uchun ular shu genni kelgusi avlodlaraga tashuvchisi hisoblanadi.
Mobodo, shunday o`z genotipida retsissiv genni saqlovchi qizlar daltonik yigitga turmushga chiqsalar u holda farzandlar orasida daltonizm bilan faqat o`g`il bolalar emas balki qizlar ham kasallanishi mumkin.
fen normal (tashuvchi) daltonik
gen XDXd x XdY
gameta XD Xd Xd Y
F1 fen normal (tashuvchi) daltonik normal daltonik