2-mantiqiy savolga javob:
Bodo Shefer aytgan ekanki: maqsad aniq bo`lsa rejaning bajarilisi ham aniq muddatda
bo`ladi deb, bu albatta to`g`ri maqsad sari intilganimiz sayin rejalarimizga aniq vaqtlar belgilay
boshlaymiz, shu rejalarni ayni vaqtida qilmasak halovatni yo`qotganday bo`lib qolamiz, balki shu
maqsadimiz hayot mazmuniga aylanib qolganidandir. Bu maqsadlarimizga erishish uchun o`zimizga qatiy
tartib-intizom qo`ya boshlaymiz. Butun fikrimizni jamlab, shu maqsad yo`lida intizom bilan harakat
qilamiz. Birinchi galda aniq maqsadimizni belgilab olishimiz kerak. Maqsadsiz inson bo`lmasa kerak deb
o`ylashiz mumkin, biroq maqsadi yo`q insonlar ham bor bo`lishi mumkin. Qachon unday bo`ladi
deysizmi? Masalan qachonki bir kishi rejalashtirib qoygan maqsadiga yetganda yangi rejalar yangi
maqsad qoyish vaqtida maqsadini tanlay olmay qoladiganlar bo`lish mumkin, maqsadsizlik esa bu juda
yomon. Hayotda maqsad bilan yashaydi har bir inson, maqsadsiz shaxs hayotni zerikali deb qabul qiladi.
Aslini olganda har bir tirik jonni maqsadi bo`lishi lozim. Maqsadsizlik yomon illatlarga, xulqida, yurish-
turishida, yomon tarafga o`zgarishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun hozirda biz yoshlarni
maqsadlari yaxshi yo`lda shakllanishi uchun har bir oilalar hatto vatanimiz harakat qilmoqda. Yaxshi
maqsadlari bor inson jamiyatga, atrofdagilarga yordam beradi, maqsadsiz insonni boshqarish oson, turli
xil yomon, nopok yo`llarga yo`naltiradigan yomon insonlar yo`q deb ayta olmaymiz afsuski. Darhol
maqsadlarimizni bir o`rganib chiqaylik maqsadsizlik ko`p yomon oqimlarga olib ketishi mumkinligini
hamma bilsa kerak shundoq ham. Maqsadni to`g`ri shakllantirish bu – omad, maqsadsizlik esa bu –
kulfat.
Dostları ilə paylaş: |