Odatning qudrati



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.02.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#123610
1   2   3
Huquqiy ko`nikmalar va metodologiya yakuniy nazorat.

Xulosa:
Xulosa qilib aytadigan bo`lsam odat va qiziqishlar insonda doim bo`lishi kerak. 
Insonda maqsad bor ekan uni bajarish uchun ma`lum bir vazifalarni belgilab oladi, shu vazifalarni amalga 
oshirish yo`lida inson ruhan shunga harakat qilish kerak. Eng asosiysi shu maqsad yo`lidagi vazifalarni 
amalga oshirish uchun xohish bo`lishi zarur. Odat va qiziqishlar ayni shu vazifani bajaradi, misol uchun 
kimdadir odat va qiziqishlari mavjud bo`lsa, hayotga qiziqishi bo`ladi va maqsadga erishish xohishi kuchli 
bo`ladi, mana nimaga kerak odat va qiziqishlar, aynan shunga kerak bo`ladi.O`zimni oladigan bo`lsam 
ilgari universitetga kirish uchun tayorlanib yurgan vaqtlarim futbol o`ynash va futbol yulduzlarini o`yinini 
kuzatishga qiziqardim va buni kuniga yoki haftasiga ma`lum vaqtga rejalab, odatga aylantirgandim. Bu 
menga katta yordam berdi deb ham ayta olaman, chunki doimiy o`qish ham miyyani toliqtiradi ham 
o`zingiz zerikib qolishingiz mumkin. Shu uchun vaqtni to`g`ri taqsimlash kerak. Ayni damda bir odatni 
shakllantirmoqchiman. Bu odat 4 yilda 4 ta til o`rganish, bu qanaqasiga odat bo`lishi mumkin desangiz, 
masalan 1 yilda 1 ta til o`rgansangiz keyingi yil yana bitta til o`rganishni davom ettirsangiz bu odatga 
aylanib qoladi. To`g`ri g`alati tuyulishi mumkin, lekin til qancha ko`p o`rgansangiz shuncha 
madaniyatingiz va dunyoqarashingiz o`sadi. Buyuk mutafakkir, olimlarimiz 5 ta 6 ta tilni bemalol 
bilishgan. Hattoki buyuk olimlarimizdan Abu Nasr Farobiy 70 dan ortiq tilni bilganlar, buni tasavvur qilish 
qiyin, ammo bu fakt axir. Nahot 70 ta tini bilishganu biz atigi 4-5 ta tilni mukammal egallay olmasak. 
Doim yaxshi odat va qiziqishlarimiz bardavom bo`lsin, shundagina maqsad va orzularimizga yetishga 
ishtiyoq so`nmaydi.

1-mantiqiy savolga javob

Shifokorlarning ta`kidlashicha inson o`ziga vaqt ajratishi uning sog`lig`ni va kayfiyatini 
ko`taradi degan gap to`g`ri deb o`ylayman, buni hayotiy misollar orqali ham ko`rishimiz mumkin. 
Kundalik yuritish masalasiga keladigan bo`lsak turli olimlar bu haqida aytib o`tishgan. Biz hayotimizda 1 
kunni, haftani, oyni, yilni va yillarni rejasini tuzib uni yozib borsak bu rejalar yanada aniqlashadi. Avvalo 
kundalik yuritishdan oldin uni nima uchun kerakligini o`ylab ko`rish kerak. Bundan asosiy maqsad 
rejalashtirgan ishimizni ayni muddatlarda bajarishimiz va ayni bir tartibda keyingi ishni davom 
ettirishimizdir. Birinchi navbatda 1 daqiqadan keyin nima bo`lishini albatta Xudo biladi, biz o`zimizcha 
ertaga mana bu, mana bu ishlarni bajaraman deyolmaymiz faqatgina bajarishga harakat qilamiz deb 
aytishimiz mumkin. Shu o`rinda ayrim kundalik tutishni noto`g`ri tushunib, noto`g`ri talqin etadiganlar 
ham bor, 1 yildan keyin men bu yerda bo`laman, 10 yildan keyin bu ishni qilayotgan bo`laman 
deydiganlar ham yo`q emas, avvalo Xudo, biz harakat qilsak to`g`ri rejalashtirib ishimizni qilsak, aytish 
shart bo`lmay qoladi, faqat va faqat harakat ikkinchidan ishlarimizni to`g`ri yo`naltirsak ya`ni 
rejalashtirsak shu maqsadimiz holatida o`zimizni tasavvur etsak kifoya. Men 5 yildan keyin mana bu 
yerda bo`laman, 10 yildan keyin bu yerda ishlayman deb boshqalarga aytib yurishni yaxshi deb 
o`ylamayman. Meni tushundingiz degan umiddaman, mutaxasis kabi har bir inson kundalik yuritib, 
rejalar tuzishi zarur deb o`ylayman lekin uni boshqalarga aytib yurish shart emas, o`zi malum vaqtdan 
keyin keladigan rejasidagi holatni o`zi tasavvur qilsa kifoya. O`zini o`zi ruhan ko`tarish uchun. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin