Oddiy moddalar


Vodorod bogʻlanish va London dispersiya kuchi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə7/8
tarix26.11.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#135323
1   2   3   4   5   6   7   8
Kimyoviy bogʻlanish haqidagi ta

Vodorod bogʻlanish va London dispersiya kuchi
Kovalent va ionli bogʻlanishlar ikkisi ham odatda kuchli bogʻlanish hisoblanadi. Ammo atomlar yoki molekulalar oʻrtasida boshqa vaqtinchalik sodir boʻladigan bogʻlar ham bor. Koʻpincha biologiyada kuzatiladigan kuchsiz bogʻlarning ikki xil turi bu vodorod bogʻlanish va London dispersiya kuchidir.
Juda mubolagʻa boʻlib tuyulsa ham, biroq bu ikki turdagi bogʻlanishlar boʻlmaganida edi, biz bilgan bu jayot mavjud boʻlmagan boʻlar edi. Masalan, vodorod bogʻlanishlar suvning tiriklik xususiyatini taʼminlab, hujayralar asosini tashkil qiluvchi oqsil va DNK tuzilishini barqarorlashtiradi.
Vodorod bogʻlanish
Vodorodni oʻz ichiga oluvchi qutbli kovalent bogʻda (masalan, suv molekulasidagi O-H bogʻlanishi) vodorod biroz musbat zaryadga ega boʻladi, chunki bogʻ elektronlari boshqa elementlarga koʻproq tortiladi. Ushbu biroz musbat zaryad tufayli har qaysi qoʻshni manfiy zaryad vodorodni oʻziga tortadi. Ushbu oʻzaro taʼsir vodorod bogʻlanish deyiladi.
Vodorod bogʻlanish tabiatda, ayniqsa, suv molekulalarida koʻp uchraydi. Vodorodning alohida bogʻlari kuchsiz va oson uziluvchi boʻlib, bir nechta vodorod bogʻlari bilan juda kuchli boʻla oladi.
London dispersiya kuchi
Vodorod bogʻlanish kabi London dispersiya kuchi molekulalar orasida sodir boʻluvchi kuchsiz taʼsirlashuvdir. Lekin, vodorod bogʻlanishdan farqli ravishda, istalgan turdagi atomlar va molekulalar orasida hosil boʻla oladi va bu elektron taqsimotidagi vaqtinchalik nomutanosiblikka bogʻliq boʻladi. 
Bu qanday yuzaga keladi? Elektronlar doimiy harakatda boʻlganligi sababli baʼzida biror-bir atom yoki molekulaning elektronlari birgalikda molekulaning bir qismida qisman manfiy zaryad (va boshqasida qisman musbat zaryad) hosil qilib birlashadi. Agar ushbu nomutanosib zaryadga ega molekula boshqa molekulaga juda yaqin boʻlsa, natijada bu ikkinchi molekulada ham oʻxshash zaryadlarning qayta taqsimlanishiga va ikki molekulaning vaqtincha musbat va manfiy zaryadlari bir-biriga intilishiga sabab boʻlishi mumkin.\[^2\]
odorod bogʻlanish ham, London dispersiya kuchi ham van der Vals kuchiga misol boʻladi. Van der Vals kuchi bu kovalent va ionli bogʻlanishlardan tashqari molekulalararo taʼsirlashuvlarni ifodalovchi umumiy atamadir. \[^3\] Baʼzi darsliklarda London dispersiya kuchini taʼriflash uchun "van der Vals kuchi" atamasidan foydalanilgan, shuning uchun darsligingiz yoki oʻqituvchingiz qaysi taʼrifdan foydalanayotganiga eʼtibor bering.

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin