OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
ODOB-AXLOQ KODEKSI
SHAHRISABZ - 2023 “TASDIQLAYMAN” Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori v.b. ________________J.Shonazarov “____” _____________2023-yil Shahrisabz davlat pedagogika institutining ODOB-AXLOQ KODEKSI
1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasi “Ta'lim toʻgʻrisida”gi qonuni, boshqa qonun va qonunosti hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, Shahrisabz davlat pedagogika instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) pedagog va boshqa xodimlari, talabalari, doktorantlari (keyingi oʻrinlarda - xodim, talaba va doktorant) kasbiy odob-axloqining tamoyillari, normalari, ta'lim jarayoni va xizmatdagi xulqatvorining asosiy qoidalari bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Odob-axloq kodeksining maqsad va vazifalari
Odob-axloq kodeksining maqsadlari:
Xodim, talaba va doktorantlarda umumiy madaniyatni rivojlantirish;
Institut xodim, talaba va doktorantlarining zamonaviy imijini shakllantirish; xodim, talaba va doktorantlarni Institut va uning qadriyatlariga hurmat ruhida tarbiyalash; ta'lim muassasasi odob-axloqi tushunchasini łakomillashtirish va Institutda tashqi koʻrinish va xulq-atvorga boʻlgantalablarga oid yagona yondashuvni ishlab chiqishdan iboratdir.
Odob-axloq kodeksining vazifalari quyidagilardan iborat:
huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, xodim, talaba va doktorantlar orasida odob-axloq qoidalarini buzish bilan bogʻliq boʻlgannomaqbul xatti-harakat, jumladan, zoʻravonlik, shafqatsizlik va hayosizlikni targʻib va tashviq qilish, shuningdek, turli salbiy illatlar va milliy mentalitetimizga yot boʻlgangʻoya va qarashlar, ekstremizm, separatizm, fundamentalizm va "ommaviy madaniyat”ning ta' sir hamda xurujlaridan himoya qilish;
mazkur nomaqbul xatti-harakatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va ulami bartaraf etish;
xodim, talaba va doktorantlarni yuksak huquqiy ong, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga qat'iy rioya qilish ruhida tarbiyalash;
xodim, talaba va doktorantlarda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini doimo hurmat qilish va himoya qilish koʻnikmasini shakllantirish va yuksaltirish;
xodim, talaba va doktorantlarda vatanparvarlik, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va ularni milliy qadriyatlarimizga hurmat qilish, xotin-qizlar sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga nisbatan nomaqbul xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik ruhida tarbiyalash;
Institutda sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish va rivojlantirish;
Institut xodim, talaba va doktorantlarida tashqi koʻrinishga oid madaniyatni shakllantirish uchun sharoitlar yaratish;
Institutning davlat va jamiyat hayotidagi hamda ta'lim tizimidagi nufuzi, obroʻe'tiborini asrab-avaylash va yanada oshirish.
3-modda. Kodeksning amal qilish doirasi
Ushbu Kodeks Institutning barcha xodim, talaba va doktorantlariga nisbatan tatbiq etiladi.