Odob-axloq kodeksi


-bob. Kodeksning prinsiplari



Yüklə 69,72 Kb.
səhifə2/11
tarix13.05.2023
ölçüsü69,72 Kb.
#126896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
odob-axloq

2-bob. Kodeksning prinsiplari
4-modda. Institut xodim, talaba va doktorantlari xulq-atvorining asosiy prinsiplari
Mazkur Kodeks qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, vatanparvarlik, xizmat va oʻqish burchiga sodiqlik, adolat, halollik va xolislik, samaradorlik va tejamkorlik prinsiplariga asoslanadi.
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Institut xodim, talaba va doktorantlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga soʻzsiz rioya qiladilar hamda oʻz xizmat va oʻqish majburiyatlarini lavozim yoʻriqnomalari, mehnat shartnomalari, ushbu Kodeks qoidalari, Institut Ichki tartib qoidalari hamda ta'limga oid boshqa meyoriy hujjatlarga muvofiq bajaradilar.
6-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi prinsipi
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari Institutining oliy qadriyati boʻlib hisoblanadi. Institut xodim, talaba va doktorantlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yoʻl qoʻymaydilar va bunday buzilishlar roʻy bergan hollarda ularni tiklashga koʻmaklashadilar.
7-modda. Vatanparvarlik, xizmat va oʻqish burchiga sodiqlik prinsipi
Institut xodim, talaba va doktorantlari oʻz oʻqish va xizmat faoliyatlarini ma'naviy-axloqiy qadriyatlar, Vatanga sadoqat, xizmat va oʻqish burchiga sodiqlik asosida jamiyatning Institutga boʻlgantalabi va ishonchini ifodalagan holda amalga oshiradilar. Xodim, talaba va doktorantlar oʻz oʻqish va xizmat burchlarini oʻzaro xayrixohlik, oʻz manfaatlari va mafkuraviy qarashlaridan qat'iy nazar lozim darajada bajaradilar.
8-modda. Adolat, halollik va xolislik prinsipi
Institut xodim, talaba va doktorantlari oʻz xizmat va oʻqish faoliyatlarini amalga oshirishda adolatli, halol va xolis boʻlishlari hamda Institutga, unga tegishli boʻlgansaytlar va ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu prinsip talablari asosida munosabatda boʻlishlari shart.
9-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi
Institut xodim, talaba va doktorantlari oʻz faoliyati samaradorligini innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va boshqa yoʻllar bilan doimiy ravishda oshirib boradilar.
Institut xodim, talaba va doktorantlari, oʻz navbatida Institutning mulkiga, oʻzining va boshqa shaxslarning vaqtiga mas'uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.

Yüklə 69,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin