Ogohlantirish



Yüklə 16,19 Kb.
tarix19.09.2023
ölçüsü16,19 Kb.
#129082
OGOHLANTIRISH


OGOHLANTIRISH
Men___________________________________________________________ ish faoliyatim davomida korrupsiyaviy harakatlar sodir etmaslik bo‘yicha quyidagilarga majburligim to‘g‘risida ogohlantirildim:
mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarimni bajarayotganda, korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zimning yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida pora taklif qilmaslik, va’da bermaslik, pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik va pora olmaslik, biron-bir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik, mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik, shuningdek, o‘z vakolatlarini suiste’mol qilmaslik;
atrofdagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zimni tiyish;
qonunchilik hujjatlari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining ichki lokal hujjatlariga muvofiq manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishini oldini olish choralarini ko‘rish va manfaatlar to‘qnashuvi yoki uning kelib chiqish ehtimoli haqida o‘zimga ma’lum bo‘lishi bilan darhol ish beruvchini yoki uning o‘rnini bosadigan shaxslarni xabardor qilish;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti xodimlari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etilishi rejalashtirilayotgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi faktlar aniqlansa, ushbu ma’lumotlarni aloqa kanallari orqali universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida ko‘rsatilgan tarkibiy bo‘linma va shaxslarga taqdim etish;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining ichki lokal hujjatlari va qonunchilikka binoan konfidensial deb belgilangan ma’lumotlarni va axborotlarni oshkor qilmaslik, tarqatmaslik bo‘yicha tartib-qoidalarga qat’iy amal qilish.
Shu bilan birga, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etgan taqdirimda, menga nisbatan egallab turgan lavozimimdan ozod etishgacha bo‘lgan intizomiy jazo choralari, shuningdek, tegishli tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildim.

____________________________________ ______ _______


(F. I. Sh.) lavozim imzo (sana)
Yüklə 16,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin