Ohalik qishloqining tarixiy manzilgohlari va kelib chiqish tarixi Ohalik qishloqi Samarqand shahridan 20 km janubda Zarafshon tog etaklari joylashgan.Bu hudud tarixi bevosita Samarqand shahri tarixi bilan bogliq .Qadimgi Ohalik togidagi ohak konlarida ohak tayyorlanib Samarqand shahridagi qurulishda ishlatilgan.
Ohalik qishlog’I hududidan qadimgi Ipak yo’lining bir tarmog’i o’tgan. Qadimda Afg’oniston, Hinduston, Eron savdogarlari tamonidan bog’lar tashkil etilgan. Ohalik hududida tarixi bir necha asrlarga borib taqaladigan tarixiy joylar mavjud . Ularga Ko’lbobo , Sangijumon Sugal mozor ,Oqtoshbobo va boshqalarni misol keltirish mumkun .Ko’lbobo ziyoratgohi buyuk bobokalonimiz Amir Temur Xoja Ahrori Vali kabi tarixiy shaxslarning ham sevimli dam olish
maskanlari bolgan . Ko’lbobo ziyoratgohi yaqinida ,Sovuq buloq nomli ziyoratgoh mavjud. Ushbu buloq
suvi shifobaxshlik xususiyatiga . Jazirama issiqda
ham buloq suvini qol bilan olib ichish juda qiyin chunk
suv juda sovuq . Lekin inson istemol qilganda u shamollash va turli kasaliklarni keltirib chiqarmaydi . Ushbu buloq suvidan ovqat tayyorlaganda ovqat tez pishadi .Ohalikda qabristonlar rus sayyjhlari va olimlari tamonidan o’rganilganda ularning yoshi ming yildan oshishi e’tirof etiladi . Ohalikdagi bazi bir tarixiy ziyoratjoylar bugungi kunda ham Samarqand tumani ,Toyloq tumani , Urgut tumani , Qashqadaryo viloyatining Samarqandga qoshni bolgan hududlari
aholinig sevimli ziyoratgohi sanaladi . Ohalikda yana tarixiy joy bu Sangi shoh yani toshlar shohi nomi bilan ataluvchi joydir. Bu yerda kata bir tosh quziqorin shaklida bolib uning ostida yoginli kunlarda yoki jazirama issiqda unlab odamlar dam olishi mumkun
Ushbu tosh yaqinida Sugal mozor nomli ziyoratgoh mavjud .Bu yerda qadimdan odamlar turli xil kasalliklarga shifo topib kelishgan .Mozor ilohiy ega sanaladi .Hozirgi vaqtda ham bu yerni ziyorat qilib shifo topayotganlar mavjud. Bizning fikrimizcha bu hudud tarixi kop tarixchilar tomonidan urganilishiga qaramasdan ochilmagan qirralar urganilishi lozim bolgan jihatlar mavjud.