Oila, mahalla, maktab hamkorligi



Yüklə 68,15 Kb.
səhifə1/12
tarix11.10.2023
ölçüsü68,15 Kb.
#129993
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Oila, mahalla, maktab hamkorligi


MAVZU: BOLA TARBIYASIDA MAHALLA VA MAKTABNING ROLI.


MUNDARIJA::
KIRISH
I BOB TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA "OILA, MAHALLA, MAKTAB HAMKORLIGI" KONTSEPTSIYASINING O’RNI VA AHAMIYATI.
1.1. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati.
1.2. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
1.3.O`zbеk xalq pеdagogikasida ta'lim-tarbiya masalasining ijtimoiy xaraktеri
I I. BOB OILA JAMIYAT IJTIMOIY TUZUMINING BIRLAMCHI BO‘G‘INI
2.1.Bola tarbiyasida mahalla, maktab va oila hamkorligi
2.2. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar tarbiyasida sharqona odatlar.
2.3Maktabdan tashqari jimoniy tarbiya va sport ishlari
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


KIRISH
Mavzuning dolzarblligi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutgan. Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish — davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. O’zbekistan
Respublikasi Prezidentining 1999 yil 3 sentabrdagi «Respublika ma’naviyat va
ma’rifat kengashini qo’llab-quvvatlash to’g’risida»gi Farmoni zamiridagi g’oyalar,
ulardan kelib chiqadigan asosiy maqsadlar ma’naviyatning ustuvorligini yana bir
karra tasdiqlaydi.
Boshqacha aytganda, biz o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bilayotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning samaradorligi avvalo xalq, ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o’rganilishi, an’analarimizning saqlanishi madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog’liqdir», — deb ta’kidladi
Respublikamiz hukumati tomonidan mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog'lom, ma’nan yetuk shaxs yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi. Birgina o’tayotgan yillarning atalishida ham buning isbotini ko’rishimiz mumkin. 1997 yil — Inson manfaatlari yili: albatta jamiyatdagi fuqarolar manfaati himoya qilinmagan, ularning ehtiyojlari qondirilmagan davlat hech qachon qudratli bo’lolmaydi. SHu bois ham avvalo inson qadr-qimmati oliy darajaga ko’tarildi. 1998 yil — Oila yili: xalqimiz azaldan oilani muqaddas bilib, uni «Vatan ichra vatandir» deya ulug’lab kelgan. Unda ulg’aygan har bir farzand avvalo o’z oilasi aksini, ular birlashib esa mamlakat qiyofasini butun dunyoga tanitadi.
O’zbekistonda ro’y berayotgan bunday o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv
bilim yurti hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla,
o’quv bilim yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq
etishni taqozo qiladi. Ayniqsa, sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro
xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi
uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari
o’z kuzatishlari, oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa,
undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib
tegishli xulosalar chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi
rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib
bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p
qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha
turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik
bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi. Yuqorida keltirilib o’tilgan
fikrlardan ma’lum bo’ladiki, shaxsni tarbiyalashda oila, maktab va mahallaning
hamkorlik usullarining xilma-xilligini ko’rsatadi va bu esa mavzuning dolzarbligini asoslaydi.


I BOB TARBIYAVIY ISHLARNI AMALGA OSHIRISHDA "OILA, MAHALLA, MAKTAB HAMKORLIGI" KONTSEPTSIYASINING O’RNI VA AHAMIYATI.
1.1. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati
.
Yoshlar tarbiyasi hamma davrlar, har qanday jamiyat uchun ham eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lib kelgan.
Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida o‘ziga xos va mos milliy, diniy qadriyatlarga asoslangan xalqimizning tarbiya borasidagi azaliy an’analari “ommaviy madaniyat”, mentalitetimizga yot g‘oya va qarashlar ta’sirida asl mohiyatini yo‘qotib borayotgani barchamizni tashvishga soladi. Ushbu jarayonga, ya’ni tarbiya masalasiga o‘z vaqtida jiddiy e’tibor qaratmasak, ertaga kech bo‘lishi, tuzatib bo‘lmas darajadagi oqibatlarga olib kelishi mumkin. Zero, tarbiya borasida taniqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir” degan so‘zlarini aslo unutmasligimiz lozim.
Xo‘sh, bugun yoshlar tarbiyasi borasida nimaga erishyapmiz, qanday yutuq va muammolarimiz bor? Ertangi kunimiz egalarining odob-ahloqi, bilim va salohiyati, ma’naviyati, bir so‘z bilan aytganda, tarbiyasidan ko‘nglimiz to‘lyaptimi?
To‘g‘ri, mamlakatimizda farzandlarimizning bolalar bog‘chasidan tortib, maktab, kollej, oliy o‘quv yurtidagi tahsil davrigacha bo‘lgan jarayonlarda juda katta hajmdagi ishlar olib borilmoqda. Biroq, bu borada xato-kamchiliklarimiz, nuqsonlar ham borki, ular turli shakl va ko‘rinishlarda bo‘y ko‘rsatib, yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ayrim yoshlarning yurish-turishi, ayniqsa, kiyinishini ko‘rib, o‘ylanib qolaman. Nahotki shu qiz yoki yigit bizning farzandimiz, bizning tarbiyamizni olib o‘sgan bo‘lsa? Ba’zi qizlarimiz millatimizga xos bo‘lmagan liboslarni kiyib yurishini men aslo oqlamayman. To‘g‘ri, qanday kiyinish har kimning shaxsiy ishi. Biroq kiyinishda madaniyat, xalqimizning qadim qadriyatlariga hurmat bo‘lishi kerak. Bu borada keng jamoatchilik, ayniqsa, oilada ota-onaning nazorati muhimdir.

Bugun aksariyat yoshlarimiz bo‘sh qoldi deguncha darrov qo‘l telefoni bilan mashg‘ul bo‘lishi odatiy holga aylanib qoldi. Qandaydir o‘yin o‘ynaydi, qo‘shiq eshitadi, film tomosha qiladi, ijtimoiy tarmoqlardagi turli-tuman ma’lumotlar bilan tanishadi. Buning nimasi yomon, texnika davri, taraqqiyot dersiz? To‘g‘ri, buning yomon tomoni yo‘q. Tan olishimiz kerak, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ayniqsa, internet taraqqiyot darajamizni bir necha pog‘onaga ko‘tardi, uzog‘imizni yaqin, ishimizni yengil qildi.


Lekin yoshlarimizning uyali telefonga asir bo‘lib qolayotgani, internet va ijtimoiy tarmoqlardan, ulardagi ma’lumotlardan oqilona foydalanishlari borasida jiddiy o‘ylab ko‘rishimiz kerak bo‘lgan jihatlar talaygina.
Yoshlarimizning mobil telefon, internetga bu qadar bog‘lanib qolishlarini aslo oqlab bo‘lmaydi. Bu eng avvalo, ularning salomatligiga, ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Internet tarmoqlarida aldov va g‘arazli maqsadlar yo‘lida tarqatilayotgan turli ma’lumotlarga ayrim yoshlarimiz osongina ishonmoqda. Natijada oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata olmay, kimlarningdir qurboniga aylanayotir.
O‘tmishga, bobo-momolarimizning hayotiga nazar tashlasak, oilada o‘g‘il bola tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. Bolaligidan oilaning suyanchi, kattasi, opa-singillarining himoyachisi bo‘lishini, qolaversa, Vatanning tayanchi ekanini uqtirib, shu asosda tarbiya berilgan. To‘g‘ri, ayol oilaning chirog‘i, iqboli. Farzandning sog‘lom, barkamol tug‘ilib voyaga yetishi ko‘p jihatdan unga bog‘liq. Shunday bo‘lsa-da, tarbiyada e’tiborni ikki jinsdagi farzandga ham teng qaratish zarur. Hatto, o‘g‘il bolalarga ko‘proq ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. Chunki ayolning ayolday yurishini ta’minlaydigan erkaklar ekanligini hech qachon unutmasligimiz kerak.
Ming afsuski, bugun jamiyatimizda ana shu tamoyil biroz izdan chiqdi. Ba’zi oilalarda otaning o‘rni va roli pasayganday nazarimda.
Shu o‘rinda, ota oilani ta’minlamasa, farzandlar tarbiyasi buziladi, degan aqidani unutib qo‘ymasligimiz lozim. Biror bir ish bilan mashg‘ul bo‘lmay xotini, farzandlari topgan pulga choyxonalarda o‘tirib osh yeydigan va bundan aslo xijolat bo‘lmaydigan erkaklar oramizda, afsuski bor. Ana shunday muhitni ko‘rib o‘sayotgan farzandlar yoki faqat onasi orqali ta’minlanayotgan bola otasining gapini gap o‘rnida qabul qilmaydi. Yoxud ota kuni bilan bekor yursayu ovqat paytida dasturxonda hozir bo‘lsa? Bunday otalar farzandlariga qanday ibrat bo‘la oladi?
Bu kabi holatlar yuzaga kelishining asosiy sababi yurtimizga ommaviy tarzda kirib kelayotgan, mentalitetimizga yot seriallar, videokliplar, internet, qo‘l telefonlaridagi videoyozuvlar, umuman, globallashuv davrining turli “mahsulot“laridir. Ayni kunda mamlakatimizda “ommaviy madaniyat“, u keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan illatlarga qarshi zarur ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Andijonda mahallalar, ta’lim muassasalarida viloyat, tuman, shahar xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda milliy qadriyatlarimizga, ma’naviyatimizga, tarbiya mezonlarimizga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga qarshi keng ko‘lamli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning sog‘lig‘i va davomiyligini ta’minlaydigan, milliy qadriyat va urf-odatlarimizni asrab-avaylab kelgusi avlodlarga qoldiradigan, shu bilan birga, kelajak avlod qanday inson bo‘lib kamol topishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan tarbiya o‘chog‘i hisoblanadi.
Xo‘sh, bugun oilani mustahkamlash, ayniqsa, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash borasida olib borayotgan ishlarimiz qay darajada samara bermoqda? Kelin-kuyovlar oilaviy hayot haqida yetarli tushunchaga ega bo‘lib turmush qurdimi? Ular ro‘zg‘or aravasini tortib keta olyaptimi? Umuman, mustahkam oilalarni shakllantira olyapmizmi? Ochig‘i, bugun bu kabi savollarning barchasiga ijobiy javob berishga biroz o‘ylanib qolamiz.
Ayrim oilalarda to‘ydan hech qancha o‘tmay, turli muammolar yuzaga kelmoqda. Kuyovning tayinli biror ishi yo‘qligi, oilaga bosh bo‘lish, oilani moddiy ta’minlash layoqatiga ega emasligi, kelinning esa oila tutumlarini yaxshi bilmasligi ularning oila deb atalmish muqaddas qo‘rg‘onga yuzaki qarashlari qator muammolar keltirib chiqarmoqda. Shu bois ham viloyatimizda qayd etilayotgan ajrimlarning aksariyatini yosh oilalar tashkil etayotir.
Ajrimlarga sabab bo‘layotgan yana bir jihat bu – mol-dunyoga hirs qo‘yayotganimiz. Qizlarimizga hamma narsani muhayyo qilyapmiz, bekamu ko‘st turmushga uzatyapmiz. Lekin ayrim qizlarimizning uquvsizligi, oilaviy hayotga tayyor emasligi, yangi oilaga, uning muhitiga ko‘nika olmayotgani sabab turli nizolar kelib chiqayotgani ham bor gap. Kasallikni o‘zimiz yaratib, so‘ng unga davo izlashga majbur bo‘lyapmiz.
Yuqoridagi kabi holatlar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha hali juda ko‘p ishlar qilishimiz kerakligini ko‘rsatadi. Viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida yuqoridagi kabi illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ajrimlarning oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, “Baxtli va sog‘lom oila sari” shiori ostida mehnat jamoalari, mahallalar, ta’lim muassasalarida oilaning muqaddasligi, oilalarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, nikohning ahamiyati xususida sud, FHDYo bo‘limlari mutaxassislari, imom-xatiblar, otinoyilar ishtirokida muloqot va davra suhbatlari muntazam o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.
Haftaning chorshanbasi – “Oilalarni mustahkamlash kuni” deb belgilangan bo‘lib, joylarda “Mening mahallamda har bir oila mustahkam bo‘lishi kerak” g‘oyasi asosida oilaviy munosabatlarda turli kelishmovchiliklari bo‘lgan oilalarni murosaga keltirish, oilada erkaklarning o‘rni va mas’uliyatini oshirish, sog‘lom va barkamol farzandlar tarbiyasi borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, FHDYo bo‘limlari qoshida tashkil etilgan “Yosh kelin-kuyovlar maktabi”, “Yigitlar maktabi”, “Oila dorilfununi“da nikohlanuvchi yoshlar maxsus dastur asosida o‘qitilib, ularning nikoh, oila haqidagi bilim va tushunchalari boyitilmoqda. Bundan tashqari, turmush qurmoqchi bo‘lgan yoshlar bilan alohida-alohida mutaxassis, mahalla oqsoqoli, imom, otinoyi ishtirokida suhbatlar o‘tkazilib, yoshlarning oila qurishga qay darajada tayyorligi o‘rganilmoqda. Shu bilan birga, umumta’lim maktablari, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlari hamda mahallalarda faoliyat yuritayotgan “Qizlarjon“ klublari mashg‘ulotlari orqali xalqimizning qadim an’ana va urf-odatlarini keng targ‘ib etish, qizlarimizning oilaviy hayot, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning faolligini, pazandalik, orastalik, shuningdek, erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari xususidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Yoshlarimizni ona vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida, yuksak ma’naviyatli va salohiyatli qilib tarbiyalash har birimizning ishimiz. Ayniqsa, internet tarmoqlarida tarqatilayotgan diniy aqidaparastlik, terrorizm g‘oyalarini yoyish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlarini yoshlar ongiga singdirish, ularning turmush tarziga aylantirishga bo‘layotgan urinishlarga, yoshlarimizning ana shu illatlar ta’siriga tushib qolmasliklari, yuqoridagi kabi aldovlarga ko‘r-ko‘rona ergashmasliklari uchun eng avvalo, ularning bilim va tafakkurini boyitish, internet ma’lumotlaridan o‘rinli va oqilona foydalana bilish ko‘nikmasini shakllantirishimiz zarur. Yoshlarimizda yot g‘oyalarga, illatlarga qarshi ma’naviy immunitet, tushuncha shakllanmas, qachonki, ularning o‘zlarida “bu yaxshi, bu yomon” degan fikr paydo bo‘lmas ekan, axborot xurujlari xavfidan, hayotimizga, mafkuramizga kirib kelayotgan illatlardan aslo qutila olmaymiz.
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida
1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi"
Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol,
vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish
borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi. Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori Pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi. Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir,
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan oliy maqsad va vazifalarni singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya — milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda
O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash;
to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash;
beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari
ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash
ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb
masalasidir.
Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman
mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga;

Yüklə 68,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin