Oila, mahalla, maktab hamkorligi



Yüklə 68,15 Kb.
səhifə11/12
tarix11.10.2023
ölçüsü68,15 Kb.
#129993
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Oila, mahalla, maktab hamkorligi

Xulosa.
Mamlakatimizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining
"Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun
hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir
va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning
mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan
uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu
bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur buginiga ham aylantiradi.
Xalq - tarix va madaniyatni, moddiy va ma`naviy boyliklarni yaratuvchi buyuk kuch. Har bir xalq asrlar davomida juda katta hayotiy tajriba to`playdi, shu tajribani esa turli vositalar bilan kelajak avlodlarga meros qoldiradi. Bular avloddan avlodga o`tib, xalq og`zaki ijodiga aylanib, sayqallanib boraveradi. Rivoyat va afsonalarimiz ham shunday bebeho merosimiz hisoblanadi.
Tarixning guvohlik berishicha, tafakkurning bunday durdonalari xalqimiz asrlar osha ko`z qorachig`iday asrab avaylab, sayqal berib, turli zamon qarshiliklaridan eson-omon o`tib olgan. Uzoq yillardan buyon og`izdan og`izga, nasldan naslga ko`chib, pishib, xalq donoligi singib, yanada sayqal topib kelgan rivoyatlar va afsonalar muhim ahamiyat kasb etai. Binobarin, u yoki bu rivoyat ewitgan o`quvchida ana shu rivoyatda aks etgan voqea- hodisaga nisbatan aniq munosabat yuzaga keladi. Natijada rivoyatlar kishiga g`oyaviy yo`nalish beradi, shuningdek, ijobiy ideallarning shakllanishiga, rivojlanishiga yo`l ochadi va shaxsni o`z ideallari uchun kurashga chorlaydi.
Modomiki, shunday ekan xalq og`zaki ijodi asarlarini asrab – avaylash, o`rganish hamda kelajak avlodlarga yetkazish, davlat ahamiyatidagi ishdir.
Chunki ota – bobolarimizdan qolgan bu muqaddas merosda bizdan avval o`tgan necha – necha avlodlarning beqiyos ma`naviy va madaniy boyliklari jamlangan bo`lib, ularsiz o`zbek xalqining ma`naviy hayotini va uning rivojini tasavvur etib bolmaydi.
Xalqning ma`naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir.
Haqiqatan ham, mustaqilligimizning mustahkamlanishi va barqaror bo`lishi ma`naviyat sohasida ana shu bosh vazifaning qanday bajarilishiga bevosita bog`liqdir.


Yüklə 68,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin