Oila pedagogikasining ilmiy tadqiqot metodlari Reja Oila pedagogikasi fanining predmeti maqsad va vazifalari



Yüklə 23,67 Kb.
səhifə6/12
tarix23.03.2022
ölçüsü23,67 Kb.
#114947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ilmiy tadqiqot metodlari (1)

Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy «Odob as-solixan» asarida uylanadigan yigit nikohdan oldin uylanmoqchi bo‘lgan qizini ko‘rmog‘i, uylanadigan qizining bokira bo‘lmog‘i hamda to‘rt narsa umrda, qomatda, molda va nasabda erdan past va to‘rt narsada, husnda va jamolda, xulqda, adabda va iffatda erdan yuqori bo‘lishi zarurligini, ta’kidlaydi. Bu fikr turmushda tinch va totuv yashash, oilada er-xotin munosabatlarida katta ahamiyatga ega.

Davoniyning fikricha: «Ota-ona bolaga jamiyatda mavjud bo‘lgan xulq-odob qoidalarini singdirishga, yurish-turishga, eyish-ichish, o‘z qilmishi uchun ma’suliyatni sezish, shirinsuxand bo‘lish, yaxshilik, ezgulik kabi axloq qoidalarini egallashiga yordam berishi lozim».

Rudakiy oilada bola tarbiyasi, yosh avlod kamolotda ota-onaning burchi haqida ham muhim fikrlarni ilgari suradi. Chunonchi, ruboiylari zamonasidagi aksariyat odamlar, hatto ma’rifatli zotlar ham farzardlarining tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qarab, donishmandning bolasi joxil bo‘lib qolayotganligidan afsuslanadi.

Buning uchun oila muhitida ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida o‘zaro hurmat bo‘lgandagina tarbiyada yaxshi natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. Inson tug‘ilgan paytidanoq tarbiyaga muhtojdir. Uning ilk tarbiyachilari albatta ota-onasidir.

Ma’rifatparvar Munavvar Qorining «Oila a’zolari» nomli darsligininig bo‘limlarida ota-onani hurmatlash, aka-uka qarindosh urug‘ini e’zozlash kabi g‘oyalar alohida o‘rin egallaydi.

 

Kishining bor ersa ota-onasi



G`‘animatdir unga olarning rizosi

Xudoni qoshida qabul ekandir

Ota va onaning baloga duosi

 

Oilada farzand dunyoga kelgandan boshlab oilaning jamiyat oldida javobgarligi kundan kunga ortib boradi. Chunki o‘sib kelayotgan avlodning taqdiri ana shu muammoning hal qilinishi bilan uzviy ravishda chambarchas bog‘langandir.




Yüklə 23,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin