Oilada farzandlarda fazilatlarni shakllantirish



Yüklə 35,63 Kb.
tarix26.11.2023
ölçüsü35,63 Kb.
#135114
29 Oilada farzandlarda fazilatlarni shakllantirish

Oilada farzandlarda fazilatlarni shakllantirish


Oilada farzand tarbiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari ochib berilib, farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim о‘rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qо‘pol, dag‘al sо‘zlar eshitib, kaltak yeb katta bо‘lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa о‘z navbatida oiladagi nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “ma'naviy kasal” insonlar shakllanadi. Kalit so‘zlar: ota-onaning muomalasi, qо‘pol-dag‘al sо‘zlar, oiladagi nosog‘lom muhit, “ma'naviy kasal”, odobli bо‘lib ulg‘ayish, mahalla-kuy. Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola shaxsining kamoloti oilada shakllanadi. Oila — jamiyat hayotining kichik bir debochasi bо‘lib, har tomonlama sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bо‘lgan g‘oyat muhim tarbiya о‘chog‘dir. О‘zbek oilasi a`zolarning barchasini savodxon, ma’lumotli deb atasak, xato qilmagan bо‘lamiz, ana shu imkoniyatlar ta’sirida о‘g‘il va qizlar bilimli, fikrmulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bо‘lib voyaga etmoqdalar. Oiladagi bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota-onalar farzandlariga ahloq-odob, ruhiyat va ma’naviyatga oid bilimlardan saboq berish bilan qanoatlanib qolmasliklari, balki о‘zlari ham tarbiyaning о‘ziga xos sirsinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va ma’nosiga doir eng yangi ma’lumotlardan xabardor bо‘lib turishlari kerak bо‘ladi. Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak, degan savol kо‘pchilikni о‘ylantiradi. Kо‘pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, deb javob bergan. Oila, odob-axloq va ta'lim-tarbiyaga e'tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. “Bir bolaga yetti qо‘shni ota-ona” degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning о‘zi ham farzand tarbiyasi, oilaparvarlik biz uchun nechog‘lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar kо‘chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo о‘tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib tо‘g‘ri yо‘lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, gо‘zal xulqli bо‘lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi. 18 Oiladagi muhit ota-ona о‘z ma'suliyatlarini his qilishi bilan barqaror bо‘ladi. Bolalarning odobli bо‘lib ulg‘ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahalla-kuy ham katta ibrat maktabidir. “Qush uyasida kо‘rganini qiladi”, deb bejiz aytmagan xalqimiz. Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan о‘zaro munosabatida olijanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bо‘ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari о‘z odatlari bilan ba'zan о‘zlari sezmagan holda ularga ta'sir qiladilar. Oiladagi qо‘pol munosabatlar, kо‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta'sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi. Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim о‘rin tutadi. Bola otaona tomonidan qо‘pol, dag‘al sо‘zlar eshitib, kaltak yeb katta bо‘lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta'sir qiladi. Bu esa о‘z navbatida oiladagi nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan “ma'naviy kasal” insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma'naviyatiga ham salbiy ta'sir kо‘rsatadi. Oilada ota-onalar “ommaviy madaniyat” ta'siriga berilib ketishi oqibatida farzandlarning tarbiyasiga ham salbiy ta'sir kо‘rsatmoqda. Istiqlol tufayli xalqimiz chet-el yurtlarini kezib yangi xalq va urf-odatlarni guvohi bо‘lib qaytmoqdalar. Shu jumladan Yevropa davlatlariga sayr qilib kelayotgan fuqarolarimiz bugungi kunda g‘arb о‘smirlari orasida boshqa mamlakatlar yoshlariga qaraganda uyushgan jinoyatchilik va zо‘ravonlikka berilish holati yuqori. Bunga sabab bolalarga keragidan ortiq erkinlik berilgani ekan. Ularni hozirdan aysh-ishratga berilib, turli axloqsiz hatti-harakatlarga ruju qо‘yishdan hech kim qaytarmasligini aytib berishmoqda. Inson hayoti davomida biror shaxsni о‘ziga о‘rnak deb biladi, bundan inson u kabi hayot kechirishni, u erishgan yutuqlar kabi muvaffaqiyatlarga erishishni, yuksak chо‘qqilarga chiqishni kо‘zlaydi. Bugun jamiyatning yosh a'zolari о‘z hayotlari uchun boshqa madaniyat vakillarining fikrlash va hayot tarzini о‘rnak qilib olishlari kо‘p muammolarni keltirib chiqarmoqda. XXI asrda turli hayot tarzlari va g‘oyalar raqobatga kirishdi. Bunda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir davlat о‘zligini saqlagan holda diniy va milliy qadriyatlarini boshqalarga anglatishni asos qilgan mafkuraga ega bо‘lishi lozim. Aks holda, о‘zlikni yо‘qotish, bebaho qadriyatlardan voz kechish kishini taraqqiyotdan ajratib, uni tobe, mustaqil fikri yо‘q manqurtga aylantirib qо‘yadi. Hozirgi kunda g‘arazli maqsadlarni amalga oshirish uchun zimdan olib borilayotgan fitnalar ba'zi millatlarning о‘zligini yо‘qotishga qaratilganini sezish 19 mumkin. Bunda e'tibor xududlarini egallash emas, balki inson ongini egallashga yо‘naltirilgan. Аlbatta bola tarbiyasi о‘ta murakkab va ma'suliyatlidir. Bu har bir otaonadan о‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma'lumotlardan baxobar bо‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy kо‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki о‘z ichiga diniyaxloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir. Bugungi kunda oilaviy tarbiyaning qiyinlashuvi shundaki, birinchidan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har tomonlama yetuk insonni shakllantirish talablari ortib boraveradi. Bu esa oilada bolaga estetik, jinsiy tarbiya, axloqiy tarbiya berish sifati va kо‘lamini oshirish talabini qо‘yadi. Ta'lim-tarbiya, odob-axloq bolalikdan berilgani ma'qul. Rasululloh (a.s.): “Birontangiz о‘z farzandlaringizni tartib-intizomga о‘rgatsa, bu har kuni sadaqa bergandan yaxshiroqdir”, deya marhamat qilganlar. Bolalarni intizomga о‘rgatish oila mustahkamligiga asos bо‘ladi. Islom shu ma'noda ota-onalarni о‘z farzandlariga sog‘lom tarbiya berishga rag‘batlantiradi. Hadisi sharifda “Farzandlaringizni hurmat qiling va ularni yaxshi xulq bilan xulqlantiring” deb ta'kidlangan. Farzand tarbiyasi jarayonida bola huquqlarining kamsitilmasligi talab etiladi. Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta'sir kо‘rsatadi. Taniqli pedagog A.S.Makarenko besh yoshgacha bо‘lgan tarbiya bolaning shaxsiyati shakllanishida о‘ta muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib о‘tgan. Bu haqda u shunday deb yozgan: “...tarbiyaning bosh asosi besh yoshda nihoyasiga yetadi, demak, siz besh yoshgacha nima qilgan bо‘lsangiz, bu tarbiyaviy jarayonning 90 foizini tashkil etadi, keyingi tarbiya esa qayta tarbiyalash negizida davom etadi”. Mana shu jarayonda bola tarbiyasiga о‘ta e'tiborli bо‘lish lozim. Yoshlarning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirishda, har jihatdan barkamol etib tarbiyalashda buyuk mutafakkir ajdodlarimiz merosi katta ahamiyat kasb etadi. Zero, hayotning asl mazmun-mohiyatini anglab yetishga о‘z umri va salohiyatini bag‘ishlagan allomalarimizning asarlarida sog‘lom avlod tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarga alohida о‘rin berilgan. Sharq allomalari о‘z asarlarida farzandlarga tarbiya va ta'lim berish, uni ma'rifatu madaniyatga yetaklash muammolariga e'tibor berganlar. Buyuk mutafakkirlar farzand tarbiyasi, gо‘zal axloqning inson kamolotiga sabab 20 bо‘luvchi yuksak fazilat ekanini ta'kidlaganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “alAdab al-mufrad hadislar tо‘plami, Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul g‘ofiliyn” asarlarida farzandlarga yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirish tarannum etilgan. Yurtimiz ulamolari о‘z asarlarida farzandining chiroyli odobidan umid qilgan ota-ona, uni muntazam ravishda husni xulq asosi bо‘lgan muomala odobining quyidagi qirralari bilan tanishtirib borishi muhim ekanini alohida ta'kidlaganlar: - farzandingiz odamlar bilan muomalada shirinsо‘z, muloyim, bosiq va kamtar bо‘lishiga e'tibor qarating; - odamlar xursandchiligini baham kо‘rish, g‘am-anduhidan qayg‘urish, molmulkiga xiyonat qilmaslik, yaxshilikka chorlab, yomonlikdan qaytarish husni xulq egalariga xos fazilatlardandir. Shuning uchun farzandingizga ana shu xislatlarni bolalikdan singdirish payida bо‘ling; - farzandingizga о‘zgalar bilan muomala chog‘ida boshqalarni g‘iybat qilish, о‘zgalarni mensimaslik, obrо‘si, boyligi yoki mansabiga qarab munosabat kо‘rsatish ham odobsizlik ekanini uqtirib boring; - yoshi ulug‘ kishilar, ustozlar bilan muomalada ularning kо‘ziga tik boqmay, gaplarini jim tinglash, savollarigagina javob qaytarish, buyruqlarini sidqidildan bajarish ham bolalar qalbiga jo qilishga e'tibor bering. Mamlakatimizda sodir bо‘layotgan iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy о‘zgarishlarning xalq milliy ruhiyatining negizi bо‘lmish oilaviy munosabatlarda aks etishini tadqiq etish muhim masaladir. Oilaviy munosabatlar tizimi juda murrakkab va ancha teran mazmunga ega bо‘lib, о‘z ichiga er-xotin о‘rtasidagi, ota-ona va farzandlar, aka-uka va opa-singillar о‘rtasidagi va shu kabi qator munosabatlar tizimini oladi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar shaxs shakllanishining muhim omili hisoblanadi. Oilaning eng muhim vazifalaridan biri shaxs rivojlanishi uchun munosib sharoitni yaratishdir. Psixologik amaliyotda eng kо‘p tо‘qnash kelish mumkin bо‘lgan masalalardan biri – ota-onalarning voyaga yetgan farzandlari bilan bо‘ladigan munosabatlariga doir muammolardir. Odatda bunday muammo bilan kо‘pincha ona murojaat qiladi, biroq ota-ona, ba’zan otaning о‘zi yordam sо‘raydigan holatlar ham uchraydi. Ota-onalarning farzandlari borasidagi munosabatlarini shartli ravishda tо‘rt guruhga bо‘lish mumkin (albatta, mazkur shikoyatlar birbirini inkor qiladigan emas, balki taqozo etadigan muammolar bilan bog‘liq bо‘ladi): 21 1. Farzandlar bilan muloqotning yо‘qligi: ularning qanday yashayotganlari, qiziqishlari, intilishlarini bilmaslik, bolalari bilan «ochilib» gaplashmaslik, ota (ona) sifatida begonaligini his etish va h.k. Bunday muammolarga ega mijozlar uchun farzandlari tо‘g‘risidagi quyidagi fikr-mulohazalar xos bо‘ladi: «Men uni umuman tushunmayman», «Men uning qaerlarda bо‘lishi, dо‘stlari xususida hech narsa bilmayman», «U menga о‘zi haqida hech narsa demaydi, menga ishonchsizlik bilan qaraydi» va sh.k. 2. Farzandlarning ota-onaga nisbatan hurmatsizlarcha, keskin munosabati; arzimagan sabablar bilan doimiy nizoga borishi, janjallashishi. Bunday holga «U doim menga qо‘pollik qiladi, men bilan hisoblashmaydi, menga biror narsada kо‘maklashmaydi, yordam bermaydi» qabilidagi shikoyatlar xosdir. Jamiyatimizda olib borilayotgan barcha о‘zgarish va ma’naviy islohotlar jamiyatda komil-barkamol shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir, bu esa о‘z navbatida yaxshi fuqaro, jamiyatning barkamol a’zosini tarbiyalash hamdir. Shuning uchun oila muhitida ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarni tо‘g‘ri tashkil etish bilan oilada yuz berishi mumkin bо‘lgan nizolarning oldini olinadi.
Bizga mustaqillik qila oladigan odam kerak axloqiy tanlov o'z e'tiqodlari va ideallarini himoya qilishga qodir. Haqiqiy fuqaro tarbiyasi bolaning ongli ravishda ezgulikka intilishi, unda mehr-oqibat, mehr-oqibat, mehr-oqibat uyg‘onishi bilan uzviy bog‘liqdir. V.Belinskiy bejiz ta’kidlagani yo‘q: “Kimki eng avvalo odam bo‘lmasa, u yomon fuqarodir”. Bola ijtimoiy o'zaro munosabatlarning zamonaviy sivilizatsiyalangan shakllarini o'zlashtirmasdan, hamdardlik, samarali ishtirok etish, boshqalarga rahm-shafqat va g'amxo'rlik ko'rsatish qobiliyatining muhimligini anglamasdan shaxs, fuqaro va professional bo'la olmaydi. Men o'z ishimda rahm-shafqat kabi axloqiy sifat haqida gapiraman. Ushbu sifat tushunchasining o'zi bugungi kunda juda kam farqlanadi. Ko'pgina ota-onalar rahm-shafqatni tarbiyalash uchun farzandlarining yaxshi kitoblarni o'qishlari, ota-onalariga uy ishlarida yordam berishlari, hayvonlarga g'amxo'rlik qilishlari kifoya qiladi, deb hisoblashadi. Ba'zi ota-onalar bolalar hali fidoyilikka qodir emasligiga ishonishadi, samimiy hamdardlik, samarali yordam yoshning etukligi tufayli. Xo'sh, rahm-shafqat nima? DA " izohli lug'at" VA. Dalya ushbu tushunchaga quyidagi ta'rif berilgan: "Rahm-shafqat, hamdardlik, hammaga yaxshilik qilishga tayyorlik, ishda sevgi ...". Rahm, boshqacha qilib aytganda, boshqalarning dardiga javob berish qobiliyatidir. Bunday xususiyatga ega bo'lgan odamlar o'zaro yordam, o'zaro tushunish hissi bilan ajralib turadi. Ular boshqalarga fidokorona yordam berishga, rahm-shafqat, xayrixohlik tufayli ularni kechirishga tayyor. Bunday odamlarda yetimga, nogironga, og‘ir kasalga, zaif cholga, musibatga uchragan odamga mehr-shafqat tuyg‘usi bor. Mehr-shafqat integral axloqiy sifat sifatida insonning hamdardlik, hamdardlik, ma’naviy saxiylik, boshqalarga fidokorona yordam ko‘rsatish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan rahmdil va faol sevgidir. Mehr-shafqatni umuminsoniy qadriyat sifatida tushunish tarbiya markazida insonning his-tuyg'ulari, qiziqishlari va muammolariga e'tibor beradi, bolalarda insonga dunyodagi eng oliy qadriyat sifatida munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Odamlarga mehr-muhabbat, mehr-shafqat mehr-shafqatning namoyon bo'lishining asosiy ko'rsatkichidir. Shu bilan birga, ularning namoyon bo'lishining quyidagi belgilarini ko'rib chiqish mumkin: boshqa odamning holatiga hamdardlik (javobgarlik), hamdardlik, boshqa odamni qo'llab-quvvatlashga bo'lgan ichki xohish, samimiylik, boshqalarga nisbatan qarshi hissiy munosabat, samarali ishtirok etish. ularning taqdirlari.

U insonni yuksaltiruvchi, uning odamlarga munosabatini yuksak axloqiy darajaga ko‘taradigan ma’naviy mehnat bilan birga keladi. Muhabbatda boshqalarning farovonligi, ular uchun quvonch yaratish istagi alohida kuch bilan rivojlanadi. B.T. nuqtai nazaridan. Lixachevning sevgisi boshqa mavjudotni o'zi kabi his qilishdir. Shaxsning axloqiy o'zagi undagi barcha tirik mavjudotlarga muhabbat va mehr-shafqatni o'z-o'zini rivojlantirishni rag'batlantiradi. Ajoyib olimning fikriga ko'ra, bolani boshqa shaxsni, uning azobini chuqur his qiladi. Mehribonlik va muruvvatni shaxsning yetakchi axloqiy fazilatlari sifatida belgilab, B.T. Lixachev bolaning ma'naviy dunyosining shakllanishi ularga bog'liqligini ta'kidlaydi. Shuni esda tutish kerakki, bola o'zida ko'p narsalarni baham ko'rsa, mehribon emas. Bunday sharoitda ko'zga ko'rinadigan saxiylik, xayoliy mehribonlik bilan maqtanish rivojlanishi mumkin. Haqiqiy mehribonlik boshqa birovni rozi qilish uchun o'z tinchligi va zavqidan voz kechish qobiliyatidadir. Mehribonlik tarbiyasi muammosi chuqur tarixiy ildizlarga ega. O'tmish mutafakkirlari inson idealini yaratish va aks ettirishga intilib, uning shaxsiyatining asosi sifatida mehr-muhabbat, mehr-shafqat, qo'shniga va muhtojlarga yordam va g'amxo'rlik qilishni, sabr-toqatli bo'lishni ko'rgan. asosida odamlarni tarbiyalash masalalari umuminsoniy qadriyatlar va fazilatlar ko'p axloqiy tushunchalarda ko'rib chiqilgan. Rossiya tarixida yoshlarni insonparvarlik va rahm-shafqat bilan tarbiyalashda mustahkam nazariy va amaliy tajriba mavjud. Zamonaviy rus jamiyati sharoitida, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy beqarorlik tufayli, mehribon, hamdardlik va quvonishni biladigan, qo'shni va muhtojlarga mehr va g'amxo'rlik qilishni biladigan, xayrixohlik tufayli kechirishga tayyor insonni tarbiyalash muammosi. , mehribonlik, har qachongidan ham muhimroq bo'ladi. Bugungi kunda rahm-shafqat asoslarini shakllantirish, bolaning hissiy va axloqiy tajribasini o'zlashtirish muammosi ayniqsa dolzarbdir. Zero, kichik yoshdagi o‘quvchilarni tarbiyalashda qadriyat yo‘nalishlarini shakllantirish hissiy jarayonlar faoliyatining umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Shuni hisobga olib hissiy idrok Aslida, u yosh maktab o'quvchilari orasida etakchi o'rinni egallaydi, his-tuyg'ularga o'zgartirilgan ta'sir va turli xil faoliyatlar orqali axloqiy bilimlar doirasini kengaytirish uchun ish kerak. axloqiy qadriyatlar ularni o'ziga xos shaklda taqdim etish va ularni bolalar uchun ochiq bo'lgan faoliyatda assimilyatsiya qilish tavsiya etiladi. Shunday qilib, bu muammo kompleks sifatida hal qilinadi: vazifalar, mazmun va tashkil etish usullarining birligida. tayyorlanishda zamonaviy qarashlar Bolalarda rahm-shafqatni tarbiyalash va rivojlantirish muammosida yosh avlodda munosib pozitsiyani shakllantirish, boshqalar bilan zo'ravonliksiz munosabatda bo'lish bilan bog'liq muammolarni hal qiladigan zo'ravonliksiz pedagogika va psixologiya g'oyalari qimmatli rol o'ynaydi. bola faoliyatining har qanday turida. Nozo'ravonlik pedagogikasi asosiy e'tiborni odamlar o'rtasida ziddiyatsiz munosabatlarni o'rnatishga qaratadi va atrofdagi jamiyatda yuzaga keladigan nizolarni konstruktiv hal qilish misollarini keltiradi. Ta'limda muhim va zarur deb hisoblanadi shaxsiy fazilatlar integratsiyalashuvi insonning alohida hayotiy pozitsiyasi sifatida zo'ravonlik qilmaslikning paydo bo'lishi va rivojlanishi uchun old shart-sharoitlarni yaratadigan bolalarda. Ular orasida tinchlik va bag‘rikenglik alohida ajralib turadi. Shaxsning xatti-harakatlarida, uning reaksiyalari va kechinmalarida ifodalangan hamda faoliyat va muloqotda shakllangan mehrni subyektiv munosabat deyish mumkin. Men rahm-shafqatni ijtimoiy deb hisoblayman - muhim sifat pedagogik jarayonda shakllanadigan shaxs. Yoshlikda maktab yoshi xulq-atvorning o'zboshimchaligi his-tuyg'ular sohasiga tarqaladi. Hissiy jihatning eng muhim xususiyati insonning empatiya qobiliyatidir. Empatiya insonning boshqa odamlarning tajribasiga hissiy munosabatda bo'lish qobiliyati sifatida rahm-shafqat sifatini tarbiyalash va rivojlantirish mexanizmi sifatida ko'rib chiqilishi kerak. Empatik tajribalar buning asosidir ijobiy munosabat bola kattalar va tengdoshlari bilan ijtimoiy shakllanadi qimmatli fazilatlar shaxsiyat. Olimlarning faoliyati shundan dalolat beradi axloqiy tuyg'ular boshlang'ich maktab o'quvchisi uni rag'batlantirish insoniy munosabat boshqalarga, hamdardlik va hamdardlik namoyon bo'lishini rag'batlantirish, o'zaro munosabatlarning befarq shakllarini shakllantirishga hissa qo'shish, muhtojlarga yordam berish, ya'ni. rahm-shafqatni tarbiyalash va rivojlantirishning manbai va harakatlantiruvchi kuchidir. Yuqorida aytilganlar boshlang'ich maktab yoshining o'ziga xos xususiyati insoniylik, rahm-shafqat, ijobiy his-tuyg'ularning ustunligi, shaxsiy faollik va boshqalarga nisbatan tabiiy qiziqishning namoyon bo'lishidir. Shuning uchun bu yosh axloqiy fazilatlarni shakllantirish uchun eng qulaydir. Allaqachon oxirigacha maktabgacha yoshdagi davr bola o'zini boshqa odamning o'rniga qo'ya boshlaydi, sodir bo'layotgan voqealarga boshqa odamlar nuqtai nazaridan qaraydi, ularning harakatlarining sabablarini tushunishga harakat qiladi. Motivatsion, xulq-atvor, irodaviy sohalarda sodir bo'layotgan o'zgarishlar maktabgacha yoshdagi bolalarda mehr-oqibatni erta bolalikdan shakllantirishga imkon beradi. Bolani shakllantiruvchi uch omil
Bolani shakllantiruvchi uch omil
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Ma'lumki, hayot davomida inson jismoniy va ruhiy jihatdan o'zgarib boradi. Lekin bolalik, o'smirlik va o'spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo'ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan o'sishi, o'zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin.
Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz. Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari. Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi.
Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi. Bixeviorizm yo'nalishi – bu oqimga amerikalik pedagog va psixolog E.Torandayk asos soldi. 
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari, jumladan, ong va aqliy xususiyat ham nasldan naslga o'tadi. Bu bilan E.Torandayk tarbiyaning shaxs rivojlanishiga ta'sirini butunlay inkor etadi va uni shaxsning xususiyatlariga ta'sir etishdan ojiz deb biladi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri  sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz.
Bolaning shakllanishida tarbiyaning ahamiyati Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi.
Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir”. Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra(roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz. O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar.
Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to'xtalib: “Bola tug'ilgach, avvalo, ota unga yaxshi nom qo'yishi, so'ng uni yaxshilab tarbiya qilishi kerak... Agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo'ladi” degan fikrni ilgari suradi. Bolaning shakllanishida irsiyat (nasl)ning ahamiyati Bola shaxsining rivojlanishida naslning ta'siri deganda ota-onadan bolaga meros bo'lib o'tadigan jismoniy xususiyatlari (tananing tuzilishi, sochining, ko'zining, terining rangi, bo'y-basti) shuningdek, tananing vertikal holdagi harakati, tafakkur va nutq rivojlanishi, mehnat qilish qobiliyati, tug'ma holatda o'tadigan qobiliyatlar va xususiyatlar tushuniladi. Islom dinida naslga alohida e'tibor qaratiladi. Chunki nasl pokiza va ota-ona ma'rifatli, axloqli bo'lsa, bu xususiyatlar tug'ma holatda bolaga o'tadi va kelajakda komil insonga aylanadi. Agar ota-ona ma'rifatdan yiroq va axloqsiz bo'lsa, ulardan tug'iladigan farzand jamiyatga zarar keltirishi mumkin. Lekin ota-onadan tug'ma holatda o'tadigan qobiliyat va xususiyatlar o'z holicha rivojlana olmaydi, go'yo u “mudroq” holda bo'lib, uning uyg'onishi – rivojlanishi uchun qulay muhit va muttasil tarbiya kerak. Bolaning shakllanishida muhitning ahamiyati
Bola kamolotiga ta'sir etadigan omillardan biri tashqi muhit hisoblanadi. Muhit deganda kishiga tabiiy ta'sir etadigan tashqi voqealar majmui tushuniladi. Bunga tabiiy muhit, oila muhiti va ijtimoiy muhit kiradi.
Tabiiy (geografik) muhit – insonning hayot tarziga, xarakteri va mehnat faoliyatiga ta'sir etadi.  Masalan, shimolda istiqomat qilayotgan inson, janubda yashayotgan insondan nafaqat jismoniy ko'rinishi, shu bilan birga ruhiyati, dunyoqarashi va xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.
Oila muhiti – insonning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Chunki bola ko'z ochib ota-onasini, qarindosh-urug'ini ko'radi. Uning jismoniy va ruhiy rivojlanish davri oila ta'sirida shakllanadi. Agar oilada islomiy muhit mavjud bo'lsa, bolaning axloqi go'zal va fazilatli bo'lib ulg'ayadi.
Ijtimoiy muhit – ishlab chiqarish munosabatlari va ularni tartibga solib turadigan ijtimoiy qonun-qoidalar insonga alohida ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy aloqa, ya'ni insonlararo o'zaro munosabatlar natijasida odam bolasi hayotga va mehnatga tayyorlanadi, kerakli tajriba va bilimlarni egallaydi. 
Jamiyatda ma'naviy muhit yaxshi, adolat ustuvor bo'lsa, inson faoliyatiga ijobiy ta'sir qilishi va aksincha bo'lsa, salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Demak, insonning kamolotga yetishiga ta'lim-tarbiya, muhit va irsiyat muhim hisoblanadi. Nega bugungi kunda o'tmishda yashab o'tgan Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy va G'azzoliy kabi olimlarga o'xshagan insonlarni uchratmaymiz? Chunki ularning irsiyati toza, ota-onalari solih va soliha bo'lishgan, ular yashagan davrda ilm, ma'rifat va taraqqiyot o'zining cho'qqisiga chiqdi, ya'ni muhit yaxshi bo'lgan va eng asosiysi, ajdodlarimizning tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ota-onalari va ustozlari o'z vazifalarini a'lo darajada bajarishgan, tarbiyalarida nuqson bo'lmagan. Agar farzandlarimizning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi bu omillardagi nuqsonlarni bartaraf etsak, albatta kelajak avloddan Imom Buxoriy, 
G'azzoliyga o'xshagan zabardast olimlar yetishib chiqadi.
Yüklə 35,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin