1) muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni;
2) o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etilib, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni.
Tarbiyalanganlik - o‘quvchida axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikmalari hamda hayotiy tajribaning shakllanganligi yoki rivojlanganligi. Shaxsning tarbiyalanganlik darajasi – o‘quvchining axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining muayyan ko‘rsatkichi.
Shaxs tarbiyalanganlik darajasining ko‘rsatkichi– o‘quvchining muayyan darajada axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining o‘lchovi.
Pedagogik jarayonda, shuningdek, tarbiyaning faoliyat sifatidagi darajasi ham belgilanadi. Mohiyatiga ko‘ra, tarbiyaning muayyan darajasi – o‘qituvchi, otaonalar, kattalar yoki mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan pedagogik faoliyat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sanaladi.

Shaxsning muayyan yosh davrlari tarbiyaning ma’lum darajasini ifodalaydi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchisi muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lsa ham hali ularda mehnat ko‘nikmalari yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Ammo u shu yoshda kattalar va tengdoshlari bilan ijobiy munosabatda bo‘lish, salomlashish, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish, o‘ziga yoqmagan holatlarni ayta olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.